3. Midiya podsholigi. Midiya Eronning shimoli-g`arbida joylashgan qadimiy o`lkalardan biridir. Bu o`lkada qadim zamonlardan boshlab midiya qabilalari yashaganlar. Miloddan avvalgi IX asrda Midiya hududida mayda davlatchalar mavjud bo`lib, ossurlar bu yerga tez-tez hujumlar uyushtirib turganlar. Ossurlar midiyaliklarni talab, ulardan xiroj undirganlar.
Miloddan avvalgi VIII asr oxirida Midiyaga kimmeriylar, VII asr boshlarida esa skif qabilalari bostirib kirganlar. Ular Urmiya ko`li atrofidagi Sakasana viloyatiga kelib o`rnashadilar. Skiflar shu yerdan turib Ossuriya va Urartu ustiga bosqinlar uyushtirib turganlar. Skiflar va kimmeriylar mohir chavandoz, usta merganlar bo`lib, otlari katta tezlikda ketayotgan vaqtda ham dushmanlari ustiga o`q yog`dirib borar edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |