Miloddan avvalgi 329–327-yillarda Iskandar Turonning bir qismini, 327–325-yillarda esa Hindistonning g`arbiy viloyatlarini bosib oladi. U 325-yili Ikki daryo oralig`iga qaytib, Bobilni buyuk saltanatining markaziga aylantiradi. Iskandar buyuk saltanatni ikki yildan oshiqroq boshqaradi. Qadimgi dunyoning buyuk sarkardasi va shohi tez orada betob bo`lib, ehtimol zaharlanib miloddan avvalgi 323-yilda vafot etadi. Iskandar tuzgan bu ulkan davlat mustahkam emas edi. Ayni paytda bu davlatni boshqara oladigan Iskandarzodalar ham yo`q edi. Shu tufayli bu ulkan davlat parchalanib, uning o`rnida bir qancha mayda davlatchalar tashkil topdi. Ularni Iskandarning lashkarboshilari bo`lib oladilar. Eronda esa Salavkalar davlati tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |