Miloddan avvalgi III–II mingyilliklarda Eron, xususan Elam va Midiyada dehqonchilik va chorvachilik yanada rivoj topgan. Dehqonlar tog` va soy daralariga to`g`on, suv omborlari, korizlar qurib, kanallar qazib, ularning suvidan tejab-tergab foydalanganlar.
Qadimgi Eronda chorvachilik ham yaxshi rivoj topgan edi. Chorvadorlar ot va tuya sutidan shifobaxsh ichimlik qimiz va qimron tayyorlaganlar. Eron qo`shinlarining asosiy qismini ot va tuya mingan suvoriylar tashkil etgan. Eron qo`shinlari tarkibida ot qo`shilgan jang aravalari alohida ahamiyatga ega bo`lgan.
Shuni ta`kidlamoq kerakki eron qo`shinlari qismlarida o`rgatilgan jangovar fil minib urushga kiradigan jangchilar ham bo`lgan. Shunday qilib, dehqonchilik va chorvachilik Qadimgi Eron xalqlari xo`jalik hayotida alohida ahamiyatga ega edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |