Qadimgi Eronning xo`jaligi va madaniyati
1. Dehqonchilik va chorvachilik. Miloddan avvalgi VIII–VI mingyilliklar orasida Eronning ibtidoiy qabilalari termachilikdan dehqonchilikka, ovchilikdan esa chorvachilikka o`ta boshlaganlar. Miloddan avvalgi IV mingyillikdan boshlab esa Kamn, Kerxa va boshqa daryo vodiylarida yashovchi aholi sug`orma dehqonchilik bilan shug`ullana boshlaganlar. Dehqonlar omoch bilan yer haydab, motiga – ketmonchalar bilan ekinlarga ishlov berganlar. Dehqon va bog`bonlar arpa, bug`doy, tariq, sabzavot, olma, nok, olxo`ri, uzum kabi mevalar ekib, ulardan mo`1 hosil olganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |