Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan


Kichik qon aylanish doirasi



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Kichik qon aylanish doirasi
. Kichik qon aylanish doirasi tomirlari gaz 
almashinuvida ishtirok etadilar. Kichik qon aylanish doirasiga o‘pka stvoli, chap 
va o`ng o‘pka arteriyalari va uning shoxlari, o`ng va chap o‘pka venalari va ularni 
hosil qiluvchi venalari kiradi. 
O‘pka stvoli
perikard ichida to`liq joylashgan, venoz 
qonni o‘pkalarga olib boradi. Uzunligi 5-6 sm, diametri 3-3,5sm. Aorta yoyi 
ostida, IV-Vko‘krak umurtkasi ro`parasida o‘pka stvoli chap va o`ng 
o‘pka 
arteriyalarga
ajraladi va ulardan har biri tegishli o‘pkalarga boradi. Qon o‘pka 
arteriyalari orqali o‘pkaga boradi. O‘pkada qon bilan havo o`rtasida gaz 
almashinuvchi ro`y beradi va qon kislorodga to`yinadi. So`ng, o‘pkalarda 
kapillyarlardan 
o‘pka venalari
yig`ilib, har bir o‘pkadan ikkitadan o‘pka venalari 


74 
chiqadi va yurakning chap bo‘lmachasiga arterial qonni olib keladi. Har bir o‘pka 
venasi alohida teshik orqali chap bo‘lmachaga ochiladi. Kichik qon aylanish 
doirasining xususiyatlaridan biri shundan iboratki, arteriyalarda venoz qon oqadi
venalarda esa arterial qon okadi (ilova: 24 А- rasm). 
Katta qon aylanish doirasi.
Aorta yurakning chap qorinchasidan
boshlanadi. Aorta tananing o`rta chizig`idan chaproq joylashib, o`z shoxlari bilan 
butun organizmni qon bilan ta’minlaydi (ilova: 24 А-rasm). Uni yuqoriga 
ko`tariluvchi qismining uzunligi 6 sm bo‘lib, to‘g‘ri yurakdan boshlanadi. Aorta 
boshlanishida bir oz kengayib, piyozchani hosil qiladi. Aorta piyozchasidan chap 
va o`ng toj o‘pka arteriyalari chiqadi. Yuqoriga ko`tariluvchi qismi chapga burilib,
aorta yoyini hosil qiladi. Aorta yoyidan uchta yirik tomir: yelka-bosh stvoli, chap 
umumiy uyqu va chap o`mrov osti arteriyalari chiqadi. Pastga tushuvchi aorta ikki 
qismga - ko‘krak va qorin aortasiga bo`linadi. Aortaning ko‘krak qismi umurtqa 
pog`onasida asimmetrik joylashib, o`rta chiziqdan chaproq, qon bilan ko‘krak 
qafasining devorlarini va ichida joylashgan a’zolarni qon bilan ta’minlaydi. 
Ko‘krak qafasidan diafragmaning aortal teshigidan aorta qorin bo‘shlig‘iga tushadi 
va qorin aortasi deb nomlanadi. Qorin aortasining parietal va visseral shoxchalari 
qorin bo‘shlig‘ining devorlarini va qorin bo‘shlig‘ida joylashgan juft va toq 
a’zolarni qon bilan ta’minlaydi. IV bel umurtqasi ro`parasida qorin aortasi chap va 
o`ng umumiy yonbosh arteriyalarga ajraladi. Bu arteriyalarning shoxlari tos 
devorini va bo‘shlig‘ini, oyoqlarni qon bilan ta’minlaydi.Agar aorta va uning 
shoxlaridan qon yurakdan chetga yoki markazdan periferiyaga harakatlansa, 
yuqorigi va pastki kovak venalarga qon tananing pastki va yuqorigi yarmidan 
yig`ilib, qon chetdan markazga - yurakka qarab harakatlanadi. Yuqorigi va pastki 
kovak venalardan venoz qon harakatlanadi va ikkala yirik vena yurakning o`ng 
bo‘lmachasiga quyiladi. Qon tomirlari funksiyasiga qarab quyidagi tiplarga 
bo‘linadi: magistral, rezistiv, sfinkter-tomirlar, kapillyarlar (almashinuv tomirlari), 
hajmli, shuntlovchi (ilova: 29- rasm). 
Magistral 
(elastik) qon tomirlarga aorta
o‘pka arteriyasi va yirik qon tomirlarning o‘pkaga yondosh bo‘lgan qismlari kiradi. 
Ularning o‘rta pardasida elastik elementlar ko‘p bo‘ladi. Bunday moslashuv 


75 
tufayli, muntazam sodir bo‘ladigan sistola vaqtida paydo bo‘ladigan arterial qon 
bosimining ko‘tarilishi silliq o‘tadi. 
Rezistiv 
(qarshilik ko‘rsatuvchi) qon 
tomirlarga oxirgi arterial va arteriolalar kiradi. Ularning devori yo‘g‘on silliq 
mushaklardan iborat bo‘lib, qisqarish paytida ko`ndalang kesimini o‘zgartirishi 
mumkin. Bu esa, turli a’zolarni qon bilan ta’minlash mexanizmini boshqarishning 
asosi hisoblanadi. 
Sfinkter-tomirlar
prekapilyar arteriolalarning oxirgi qismi 
hisoblanadi. Ular, rezistiv qon tomirlar kabi, o‘zining ichki diametrini o‘zgartirish 
qobiliyatiga ega bo‘lib, funksiya qiluvchi kapillyarlar sonini va mos ravishda 
almashinuv yuzasini aniqlashi mumkin.
Almashinuv qon tomirlariga
qon va 
to‘qima suyuqligi o‘rtasida turli moddalar va gazlarni almashinuvi sodir bo‘ladigan 
kapillyarlar kiradi. Kapillyarlarning devori bir qavat epiteliy va yulduzsimon 
hujayralardan iborat. Bu kapillyarlarda qisqarish qobiliyati bo‘lmaydi, ularning 
ko`ndalang kesimi retsessiv qon tomirlardagi bosimga bog‘liq bo‘ladi. Yurak-
tomir tizimining 
hajmli
zvenosini postkapillyar venulalar, venalar va yirik venalar 
tashkil qiladi. Venalar tuzilishi bo‘yicha arteriyalarga o‘xshash, lekin ularning o‘rta 
qobig‘i ancha yupqadir. Ularda, venoz qonni orqaga oqishiga qarshilik qiladigan 
klapanlar ham mavjud. Venalar katta hajmdagi qonni o‘ziga sig‘dirishi va chiqarib 
yuborishi mumkin bo‘lib, shu tufayli, organizm bo‘yicha qonni taqsimlashga 
yordam beradi. Eng hajmi katta venalar jigarda va qorin bo‘shlig‘ida bo‘ladi. 
Shuntlovchi
(ulovchi) qon tomirlar tananing ayrim qismlarida (quloq, burun, tovon 
va boshqa a’zolarning terisida) bo‘lib, arterial qon yo‘lini kapillyarlarni chetda 
qoldirib venoz qon yo‘li bilan (arteriolalar va venulalar) o‘zaro bog‘lovchi 
anastomoz ko‘rinishidadir. Ushbu qon tomirlari ochiq holatda bo‘lganda, qon 
kapillyarlardagi qon oqimini keskin kamaytirib yoki to‘liq to‘xtatib venoz qon 
yo‘liga qarab intiladi. Shuntirlovchi qon tomirlar regionar periferik qon oqimini 
boshqarish funksiyasini bajaradi. Ular termoregulyasiya, qon bosimini boshqarish 
va uni taqsimlashda qatnashadilar. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish