Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan


Arterial tomirlarda qon bosimi



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Arterial tomirlarda qon bosimi.
Qonning, qisilish darajasi bilan 
belgilanadigan, arteriyalar devoriga ko‘rsatadigan bosimi - arterial bosim deyiladi 
(ilova: 31 - rasm). Qon bosimini belgilaydigan omillarga - yurak faoliyati (qonni 
haydashi), tomirlar devorining cho‘zilishiga taranglik bilan qarshilik ko‘rsatish, 
qon oqimiga nisbatan periferik qarshiliklar yig‘indisi, qonning yopishqoqligi va 
gidrostatik bosimi kabilar kiradi. Arteriyalardagi qon bosimi o‘rtacha bir 
miqdordan ko‘tarilib-tushib turadi, ya’ni doim bir xilda turmaydi. Har bir sistola 
vaqtida ma’lum miqdordagi qon arteriyalarga chiqib, ularning elastik cho‘zilishini 
oshiradi. Me’dachalar sistolasi vaqtida aorta va o‘pka arteriyasiga keladigan qon 
miqdori, ketadigan qon miqdoridan ko‘p bo‘ladi, shuning uchun ularda qon bosimi 
ko‘tariladi. Diastola vaqtida qorinchalardan arterial tizimga qon chiqishi to‘xtaydi, 
yirik arteriyalardan esa qon oqishi davom etadi, arteriyalarning cho‘zilishi 
kamayadi va qon bosimi pasayadi. Sistola natijasida arteriyalarda bosimning 
ko‘tarilishi sistolik bosimni ifodalaydi. O‘rta yoshdagi odamning aortasidagi 
sistolik bosim 110-125 mm s.u. ga teng, arteriyaning oxirgi shoxlarida va 
arteriolalarda bu bosim 20-30 mm s.u. gacha pasayadi va bu tomirlarning yuqori 
gidrodinamik qarshiligi bilan bog‘liqdir. Diastola vaqtida qon bosimining 


79 
pasayishi esa, eng kam yoki diastolik bosimni ifodalaydi. Sistolik bosim bilan 
diastolik bosim orasidagi farq, ya’ni bosimning o‘zgarish amplitudasi - puls bosim
deb ataladi. Periferik qarshilik - arterial bosimni belgilovchi ikkinchi omil bo‘lib, 
asosan prekapillyar tomirlar - mayda arteriyalar va arteriolalarning diametriga 
bog‘liq. Shuning uchun ham, ularni qarshilik (rezistiv) tomirlari deb ataladi. 
Arteriolalar silliq mushakli qalin devorga ega bo‘lib, o‘z bo‘shlig‘ining hajmini 
oson o‘zgartiradi (ilova: 24b-rasm). Bo‘shliq hajmini torayishi arteriyalarda qonni 
ushlab qolinishiga olib keladi va mos ravishda, sistolik va diastolik bosimning 
ortishi kuzatiladi, natijada ushbu tomirlar tomonidan oziqlantiriladigan sohada 
mahalliy qon aylanishining yomonlashuvi sodir bo‘ladi. Arteriolalar bo‘shlig‘ining 
kengayishi paytida esa reaksiyalarning yunalishi teskari tomonga o‘zgaradi. 
Tomirlar dassirkulyasiya qiluvchi qonning miqdori va yopishqoqligi - arteriyadagi 
qon bosimini belgilovchi uchinchi omil bo‘lib, ko‘p qon yo‘qotish qon bosimining 
pasayishiga va ko‘p qon quyish uni ortishiga olib keladi. 
Arterial bosim
- yurakka 
venoz qonning oqib kelishiga bog‘liq, masalan mushaklarning ishlashi paytida. 
Bunda, Frank-Starling qonuniga binoan, qonning yurakka oqib kelishi sistolik 
qisqarishni kuchaytiradi va oqibatda, uni tomirlarga oqib chiqishini kuchaytiradi. 
Qon bosimini aniqlash ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi, birinchisi, to‘g‘ridan-
to‘g‘ri, ya’ni hayvonlarda tajriba o‘tkazish paytida, ikkinchisi - bilvosita, ya’ni 
odamda qon bosimini o‘lchash paytida. Arterial bosimning ortishini - gipertenziya, 
pasayishini - gipotenziya deb ataladi. 
Arterial puls
- yurak qisqarishlari paytida 
yuzaga chiqadigan, tomirlar devorining va ularga yondosh to‘qimalarning 
turtkisimon tebranishlaridir. Puls to‘lqini, ya’ni bosimning ko‘tarilish to‘lqini 
aortadan arteriolalarga va kapillyarlarga muayyan tezlik bilan tarqaladi va 
kapillyarlarda so`nadi. Puьs to‘lqinining tarqalish tezligi qon oqishi tezligiga 
bog‘liq emas. Arteriyalarda qon oqimining chiziqli tezligi 0,2-0,3 m/s dan 
oshmaydi. Yosh va o‘rta yoshli odamlarda puls to‘lqinining tarqalish tezligi 
aortada 5,5-8 m/s, periferik arteriyalarda esa -6-9,5 m/s ga etadi. Aorta va yirik 
arteriyalarning puls egri chizig‘ida (sfigmogrammada) ikkita asosiy qism: 
ko‘tarilish- anakrota va tushish - katakrota tafovut qilinadi. Katakrota qismida 


80 
insizura (chuqurcha) va dikrotik ko‘tarilishni ko‘rish mumkin. Insizura va dikrotik 
ko‘tarilishning kelib chiqishi qorinchalar diastolasining boshida qonning teskari 
oqishi, yarimoysimon klapan yopilib, orqaga qaytishiga bog‘liq bo‘ladi. Pulsni 
paypaslab tekshirish juda keng qo‘llaniladi. Bunda uning bir qancha 
xususiyatlariga: chastotasi, tezligi, amplitudasi, tarangligi va ritmiga ahamiyat 
beriladi.

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish