Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan


Ekstrakardial boshqaruv mexanizmlari



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Ekstrakardial boshqaruv mexanizmlari.
Yurak ishini boshqarishda MAT 
dan sayyor va simpatik asablar orqali keladigan impulslar etakchi ro’l o‘ynaydi. Bu 
impulslar yurak urishini chastotasi (xronotrop ta’sir), kuchi (inotrop ta’sir) va 
atrio-ventrikulyar tugun orqali o‘tkazuvchanligini (dromotrop ta’sir) o‘zgartirishi 
mumkin. Tabiiy sharoitda yurak asablarining qo‘zg‘alishi faqat atrioventrikulyar 
tugundan o‘tish tezligiga ta’sir qiladi. Simpatik asablar atrioventrikulyar 
o‘tkazishni tezlashtiradi, bo‘lmachalar va qorinchalar qisqarishi o‘rtasidagi 
intervalni kamaytiradi. Buni - musbat dromotrop samara deb ataladi. Sayyor 
asablar ta’siri ostida manfiy dromotrop samara vujudga keladi. Yurak 
qo‘zg‘aluvchanligi qaysi bir sababdan pasaygan bo‘lsa, simpatik tolalar uni 
oshiradi va buni, musbat dromotrop deb hisoblasa bo‘ladi. Yurakka sayyor va 
simpatik asablarning tonik ta’siri mavjud bo‘lib, ko‘pchilik sut emizuvchilarda, 
jumladan odamlarda ham qorinchalar faoliyatini faqat simpatik asab nazorat qiladi. 
Bo‘lmachalar va sino-atrial tugunga esa simpatik va sayyor asablar doim 
antogonist ta’sir o‘tkazib turadi. Bu antogonizm asablarni jarohlik yoki 
farmakologik yo‘l bilan qirqilganda yoki ta’sir qilinganda namoyon bo‘ladi. 
Parasimpatik asabning ta’siri yo‘qotilganda yurakning urish sonlari 40-50 % 
tezlashadi. Simpatik asablar ta’siri yo‘qotilsa, yurak urish sezilarli darajada 
siyraklashadi. Simpatik va parasimpatik asablarning yurakka o‘tkazadigan doimiy 
ta’siri ularning tonusi deb ataladi. Mutlaqo deasabatsiya qilingan yurakning urish 
chastotasi, tinch holatdagi mo‘tadil yurakning chastotasidan yuqori. Bu holat
parasimpatik asab tonusini simpatik asab tonusidan ustunligini ko‘rsatadi. Yurak 
faoliyatini boshqarishda gipotalamusning ishtiroki muhimdir, orqa va uzunchoq 
miyadan tashqari (sayyor asab markazi va simpatik markazlardan tashqari), 


72 
gipotalamik markazlar ham nazorat qilib turadi. Gipotalamusning ma’lum 
sohalarini stimullashtirish yurak faoliyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni sezilarli 
darajada o‘zgartiradi. Bu o‘zgarishlar yurakning urish tezligini ortishi yoki 
kamayishi, chap qorinchaning qisqarish kuchini oshishi yoki kamayishi sifatida 
namoyon bo‘lishi mumkin. Paraventrikulyar, ventromedial, preoptik yadrolar va 
mamillyar tana yurak faoliyatini boshqarishda bevosita ishtirok etadigan 
gipotalamik yadrolarga kiradi. Gipotalamus - integrativ markaz bo‘lgani tufayli,
barcha faoliyatlarni, jumladan yurak faoliyatini ham organizmning har zumdagi 
ehtiyojlariga, xatti-harakatlariga moslashishini ta’minlaydi. Bu vazifani bajarishda 
gipotalamusga limbik tizim va katta yarim sharlar po‘slog‘i uzluksiz ta’sir 
ko‘rsatib turadi. Bosh miya po‘slog‘ining yurak faoliyatiga ta’sirini o‘rganishda, 
bosh miya po‘slog‘i ruhiy faoliyatlar a’zosi ekanligi e’tiborga olinishi zarur. Ruhiy 
holatning o‘zgarishi (quvonch, qo‘rqish, hayajonlanish, g‘azablanish, hujum qilish, 
himoyalanish) visseral faoliyatlarning o‘zgarishini ta’lab qiladi va bu 
o‘zgarishlarning sababchisi bo‘ladi. Odam qo‘rqqanida yoki quvonganida yurak 
dukkillab urib ketadi va miya po‘slog‘i gipotalamo-gipofizar tizimni va buyrak usti 
bezlarining mag‘iz qismini faollaydi. Bir tomondan yurakka simpatik tizim ta’siri 
kuchayadi, ikkinchi tomondan qonda adrenalin va noradrenalinning miqdorlari 
oshadi, natijada yurakning urish sonlari va qisqarish kuchi ortadi. Yurak faoliyatini 
o‘zgartiruvchi shartli reflekslar hosil qilish mumkinligi ham, miya po‘stlog‘ini, bu 
faoliyatning boshqarilishida ishtrok qilishidan dalolat beradi. Bunday reflekslar, 
kundalik hayotimizda ham hosil bo‘lib turadi, masalan, musobaqalarda ko‘p 
ishtirok qilgan sportchilarning yuragi ular startga chiqishi bilanoq zo‘riqib ura 
boshlaydi. Yurak faoliyatining bu xildagi shartli reflektor o‘zgarishi, organizmni 
bo‘lajak faoliyatga (yugurishga) oldindan tayyorlaydi. Yurak faoliyatining 
reflektorli boshqarilishi o‘rganilganda, MAT ning deyarli hamma qismlari 
boshqarishda ishtirok etishi ko‘rinadi. Ammo, bu markazlarda, yurak faoliyatini 
o‘zgartiruvchi impulslar hosil bo‘lishi uchun sabab kerak. Bunday sabablar juda 
xilma-xil bo‘lib, ularning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi axborotni MAT ga turli 
retseptorlardan keladigan afferent impulslar etkazadi. Markazlarda, ularga javoban, 


73 
yurak faoliyatini o‘zgartiruvchi efferent impulslar shakllanadi. Demak, yurak 
faoliyati reflektor yo‘l bilan boshqarilib turadi. Yurak reflekslarining efferent 
yo‘llari ikkita - sayyor va simpatik asab tolalaridan iborat. Afferent yo‘llari juda 
ko‘p bo‘lib, ular turli interoretseptorlar va eksteroretseptorlardan boshlanadi. 
Yurak faoliyatini, birinchi galda, tomirlarning refleks hosil qiluvchi sohalaridagi 
retseptorlarda vujudga keladigan reflekslar o‘zgartiradi. Bunday refleksogen 
sohalardan biri, kovak venalarni yurak bilan birikkan qismida joylashgan. Sohada 
uchraydigan A va B tipdagi cho‘zilish retseptorlari kovak venalarda qonning hajmi 
ko‘payishi bilan qo‘zg‘aladi va Beynbrij refleksini yuzaga chiqaradi. Bu refleks
kovak venalarda bosim ortganda vujudga kelib, tonusni oshiradi. Natijada, yurak 
ishi tezlashib, kovak venalarda yig‘ilib qolgan qon arterial tomirlarga o‘tkaziladi.
Yurak faoliyatining gumoral boshqarilishida ko‘pchilik biologik faol moddalar, 
asosan gormonlar va ba’zi kationlar ishtrok qiladi. Bunda adrenalin juda muhim 
ahamiyatga ega bo‘lib, buyrak usti bezlaridan qonga o‘tar ekan, hayajonlanish, 
jismoniy va ruhiy zo‘riqish jarayonlari tezlashadi. Gormon, kardiomiotsitlarning 
beta-adrenoretseptorlariga ta’sir qilib, hujayraning adenilatsiklaza enzimini 
faollaydi. Natijada, faol bo‘lmagan fosforilazani faol holatga o‘tishi uchun zarur 
bo‘lganssAMF hosil bo‘lishi tezlashadi. Fosforilaza esa, glikogenni glyukozaga 
parchalab, miokardni energiya manbai bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari, 
adrenalin ta’sirida membranalarning kalsiy uchun o‘tkazuvchanligini tezlashtiradi.

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish