Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan


Kapillyarlarda qonning oqishi (mikrotsirkulyasiya)



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Kapillyarlarda qonning oqishi (mikrotsirkulyasiya).
Organizmdagi qon 
va to‘qimalar o‘rtasidagi modda almashinuvi kapillyarlar devori orqali sodir 
bo‘ladi. Kapillyarlar devori faqat bir qavat endoteliy hujayralaridan iborat, qondagi 
erigan moddalar shu hujayralar orqali diffuziya bo‘ladi (ilova: 24 b-rasm). Qon 
aylanishning katta doirasidagi jami kapillyarlar bir necha milliarddan oshadi va shu 
sababli, kapillyarlar sohasida qon yo‘li ancha kengaygandir. Kapillyarlardagi 
modda almashinuvi venulalarda ham kuzatiladi. Venulalar arteriolalar, 
metarteriolalar (met - o‘rta) kapillyarlar orqali qon oqimini boshqarishda ishtrok 
qiladi. Shuning uchun, bu tomirlar umumiy faoliy birlik hisoblanadi. Arteriola, 
metarteriola, kapillyarlar va kichik venulalar mikrotsirkulyasiya tomirlar
havzasini tashkil qiladi. Kapillyarlarning diametri 4,5-30 mkm atrofida o‘rtacha 
uzunligi 750 mkm ga teng. Odam organizmida 40 milliardga yaqin kapillyar 
bo‘lib, ular orqali modda almashadigan samarali yuza 1500 m
2
ga teng. 1 mm
3
to‘qimada 600 ga yaqin kapillyar bor. 100 g to‘qimaga to‘g‘ri keladigan 
kapillyarlar yuzasi 1,5 m
2
ga teng. Massa birligiga to‘g‘ri keladigan kapillyarlar 
soni to‘qimalarning faolligiga bog‘liq. Yurak mushagida kapillyarlarning soni 
skelet mushagidagidan ikki baravar ko‘p. Miyaning kulrang moddasi oq moddaga 
nisbatan kapillyarlarga boyroq. Ko‘pincha «chin» kapillyarlar arteriolalarni 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri venulalar bilan bog‘lamaydi. Kapillyarlarning arteriolalardan 
ajralishi joylarida silliq mushaklar hujayralari prekapillyar sfinkterlarni hosil 
qiladi. Ularning qisqarish darajasiga qarab, kapillyarlar orqali qonning qaysi qismi 
o‘tishi belgilanadi. Kapillyarlarning qolgan qismlarida qisqartiruvchi elementlar 
butunlay bo‘lmaydi. Kapillyarlarning devori yarim o‘tkazuvchi membrana bo‘lib, 
funksional va morfologik jihatdan atrofdagi birlashtiruvchi to‘qima bilan yaqindan 


81 
bog‘liqdir. U, ikkita pardadan tashqil topgan: ichki - endotelial va tashqi - bazal. 
Uch tipdagi - somatik, visseral va sinusoid kapillyarlar farqlanadi. Birinchi turdagi 
kapillyarlarning devori jips joylashgan endotelial hujayralardan iborat. Endotelial 
hujayralar membranasidagi teshiklar juda kichik. Bunday kapillyarlar devori orqali 
suv, elektrolitlar va kichik molekulali moddalar almashadi. Organizmda juda ko‘p 
tarqalgan bo‘lib, ular, silliq va targ‘il mushaklarda, yog‘da va o‘pkada ko‘p 
bo‘ladi. Ikkinchi turdagi visseral kapillyarlar devorida diametri 0,1 mkm li 
teshikchalar (rombchalar, fenestrlar) bor. Bu xildagi kapillyarlar, so‘rilish jarayoni 
juda jadal o‘tadigan a’zolarda, masalan, buyrakda va ichakning shilliq pardasida 
ko‘p uchraydi. Uchinchi turdagi sinusoid kapillyarlar devori ko‘p yerda uzilgan 
bo‘lib, bu joylardan suyuqlik, molekulalari katta moddalar va qon hujayralar 
o‘tishi mumkin. Bu tip kapillyarlar ko‘mikda, jigar va taloqda uchraydi. 
Mikrotsirkulyator havzasida modda almashinuvi diffuziya yo‘li bilan sodir bo‘ladi. 
Qon va to‘qimalar suyuqligi o‘rtasida suv va modda almashinuvida ikki taraflama 
diffuziyalanishning roli juda katta bo‘lib, uning tezligi juda yuqori. Qon 
kapillyardan o‘tguncha plazmadagi suyuqlik to‘qimalararo suyuqlik bilan 40 
marotaba almashadi. Bir daqiqada hamma kapillyarlar orqali 60 l, bir kecha-
kunduzda 85000 l suyuqlik diffuziyalanib o‘tadi. Natriy, xlor va glyukozaga 
o‘xshagan suvda eruvchi moddalar, suv bilan to‘lgan g‘ovak orqali diffuziyalanadi. 
Kapillyarlarning turli moddalarni o‘tkazuvchanligini 1 ga teng deb qabul qilinsa,
uning glyukoza uchun o‘tkazuvchanligi 0,6, albumin molekulalari uchun esa 
0,0001 dan kam bo‘ladi. Albuminning kapillyar devori orqali o‘tishi juda qiyin 
bo‘lganidan, uning qon plazmasi va to‘qimalararo suyuqlikdagi miqdorida farqi 
katta. Buning ahamiyati juda muhim. Molekulalari yirik bo‘lib, kapillyar 
teshiklardan o‘ta olmaydigan moddalar kapillyar devori orqali pinotsitoz yo‘li 
bilan o‘tadi. Kislorod va karbonat angidridning diffuziyalanishiga kapillyar devori 
to‘sqinlik qilmaydi.

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish