74
chiqadi va yurakning chap bo‘lmachasiga arterial qonni olib keladi. Har bir o‘pka
venasi alohida teshik orqali chap bo‘lmachaga ochiladi. Kichik qon aylanish
doirasining xususiyatlaridan biri shundan iboratki, arteriyalarda
venoz qon oqadi,
venalarda esa arterial qon okadi (ilova: 24 А- rasm).
Katta qon aylanish doirasi.
Aorta yurakning chap qorinchasidan
boshlanadi. Aorta tananing o`rta chizig`idan chaproq joylashib, o`z shoxlari bilan
butun organizmni qon bilan ta’minlaydi (ilova: 24 А-rasm). Uni yuqoriga
ko`tariluvchi qismining uzunligi 6 sm bo‘lib, to‘g‘ri yurakdan boshlanadi.
Aorta
boshlanishida bir oz kengayib, piyozchani hosil qiladi. Aorta piyozchasidan chap
va o`ng toj o‘pka arteriyalari chiqadi. Yuqoriga ko`tariluvchi qismi chapga burilib,
aorta yoyini hosil qiladi. Aorta yoyidan uchta yirik tomir: yelka-bosh stvoli, chap
umumiy uyqu va chap o`mrov osti arteriyalari chiqadi. Pastga tushuvchi aorta ikki
qismga - ko‘krak va qorin aortasiga bo`linadi. Aortaning ko‘krak qismi umurtqa
pog`onasida
asimmetrik joylashib, o`rta chiziqdan chaproq, qon bilan ko‘krak
qafasining devorlarini va ichida joylashgan a’zolarni qon bilan ta’minlaydi.
Ko‘krak qafasidan diafragmaning aortal teshigidan aorta qorin bo‘shlig‘iga tushadi
va qorin aortasi deb nomlanadi. Qorin aortasining parietal va visseral shoxchalari
qorin bo‘shlig‘ining devorlarini va qorin bo‘shlig‘ida joylashgan juft va toq
a’zolarni qon bilan ta’minlaydi. IV bel umurtqasi ro`parasida qorin aortasi chap va
o`ng umumiy yonbosh arteriyalarga ajraladi. Bu arteriyalarning shoxlari tos
devorini va bo‘shlig‘ini, oyoqlarni qon bilan ta’minlaydi.Agar
aorta va uning
shoxlaridan qon yurakdan chetga yoki markazdan periferiyaga harakatlansa,
yuqorigi va pastki kovak venalarga qon tananing pastki va yuqorigi yarmidan
yig`ilib, qon chetdan markazga - yurakka qarab harakatlanadi. Yuqorigi va pastki
kovak venalardan venoz qon harakatlanadi va ikkala yirik vena yurakning o`ng
bo‘lmachasiga quyiladi. Qon tomirlari funksiyasiga qarab quyidagi tiplarga
bo‘linadi: magistral, rezistiv, sfinkter-tomirlar, kapillyarlar (almashinuv tomirlari),
hajmli, shuntlovchi (ilova: 29- rasm).
Magistral
(elastik)
qon tomirlarga aorta,
o‘pka arteriyasi va yirik qon tomirlarning o‘pkaga yondosh bo‘lgan qismlari kiradi.
Ularning o‘rta pardasida elastik elementlar ko‘p bo‘ladi. Bunday moslashuv
75
tufayli, muntazam sodir bo‘ladigan sistola vaqtida paydo bo‘ladigan arterial qon
bosimining ko‘tarilishi silliq o‘tadi.
Rezistiv
(qarshilik ko‘rsatuvchi) qon
tomirlarga oxirgi arterial va arteriolalar kiradi. Ularning devori yo‘g‘on silliq
mushaklardan iborat bo‘lib, qisqarish paytida ko`ndalang kesimini o‘zgartirishi
mumkin. Bu esa, turli a’zolarni qon bilan ta’minlash mexanizmini boshqarishning
asosi hisoblanadi.
Sfinkter-tomirlar
prekapilyar arteriolalarning
oxirgi qismi
hisoblanadi. Ular, rezistiv qon tomirlar kabi, o‘zining ichki diametrini o‘zgartirish
qobiliyatiga ega bo‘lib, funksiya qiluvchi kapillyarlar sonini va mos ravishda
almashinuv yuzasini aniqlashi mumkin.
Almashinuv qon tomirlariga
qon va
to‘qima suyuqligi o‘rtasida turli moddalar va gazlarni almashinuvi sodir bo‘ladigan
kapillyarlar kiradi. Kapillyarlarning devori bir qavat epiteliy va yulduzsimon
hujayralardan iborat. Bu kapillyarlarda qisqarish qobiliyati bo‘lmaydi,
ularning
ko`ndalang kesimi retsessiv qon tomirlardagi bosimga bog‘liq bo‘ladi. Yurak-
tomir tizimining
hajmli
zvenosini postkapillyar venulalar, venalar va yirik venalar
tashkil qiladi. Venalar tuzilishi bo‘yicha arteriyalarga o‘xshash, lekin ularning o‘rta
qobig‘i ancha yupqadir. Ularda, venoz qonni orqaga oqishiga qarshilik qiladigan
klapanlar ham mavjud. Venalar katta hajmdagi qonni o‘ziga sig‘dirishi va chiqarib
yuborishi mumkin bo‘lib, shu tufayli, organizm bo‘yicha
qonni taqsimlashga
yordam beradi. Eng hajmi katta venalar jigarda va qorin bo‘shlig‘ida bo‘ladi.
Shuntlovchi
(ulovchi) qon tomirlar tananing ayrim qismlarida (quloq, burun, tovon
va boshqa a’zolarning terisida) bo‘lib, arterial qon yo‘lini kapillyarlarni chetda
qoldirib venoz qon yo‘li bilan (arteriolalar va venulalar) o‘zaro bog‘lovchi
anastomoz ko‘rinishidadir. Ushbu qon tomirlari ochiq holatda bo‘lganda, qon
kapillyarlardagi qon oqimini keskin kamaytirib yoki to‘liq to‘xtatib venoz qon
yo‘liga qarab intiladi. Shuntirlovchi qon tomirlar regionar periferik qon oqimini
boshqarish funksiyasini bajaradi.
Ular termoregulyasiya, qon bosimini boshqarish
va uni taqsimlashda qatnashadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: