Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan


Gemodinamikaning asosiy qonunlari



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Gemodinamikaning asosiy qonunlari. 
Gemodinamika -qonning qon 
tomirlardagi harakatini o‘rganadi va gidrodinamikaning bir qismi hisoblanadi 
(ilova: 30- rasm). Gidrodinamikaning qonuniyatiga binoan, naylarda suyuqlikning 


76 
oqishi ikki kuchga: suyuqlik harakatini yuzaga keltiruvchi bosim, ya’ni nayning 
boshi va oxiridagi bosim farqiga va oqayotgan suyuqlikka ko‘rsatiladigan 
qarshilikka bog‘liq. Bu kuchlarning birinchisi - gidravlik qarshilik- suyuqlik 
harakatiga to‘sqinlik qiladi. Bosimlar farqining qarshilikka nisbati, vaqt birligida
naylardan oqayotgan suyuqlik hajmini, ya’ni suyuqlik oqimining hajm tezligini 
belgilaydi. Bu bog‘lanish quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: 
Q Q = (R1 - R2)/ 
R.
Qon tomirlarda qon oqishiga ko‘rsatiladigan qarshilik tomirlarning uzunligi
diametri, qonning yopishqoqligiga bog‘liq. Turli tomirlardagi qarshilikni ularning 
uchi va oxiridagi qon bosimi farqidan bilish mumkin: qon oqimiga qarshilik 
qancha katta bo‘lsa, tomirda qonning harakatiga shuncha ko‘p kuch sarflanadi, 
binobarin, bu tomirdagi bosim shuncha ko‘p pasayadi. Tomirlardagi qon bosimini 
bevosita o‘lchash yirik va o‘rta arteriyalarda uning atigi 10 %, arteriyalarda va 
kapillyarlarda esa 85 % pasayishini ko‘rsatadi. Qon oqishining ikki tezligi 
o‘rnatiladi. Birinchisi - chiziqli tezlik - qon zarrachalarining tomirda siljish 
tezligini ifodalaydi, o‘lchash birligi- mmg‘s yoki smg‘s.da ifodalanadi. Ikkinchisi - 
hajm tezligi - qon tomirdan vaqt birligida oqqib o‘tgan qonning hajmini ko‘rsatadi 
va ml/s da o‘lchanadi. Aorta yoki kovak venalar orqali, o‘pka arteriyasi yoki o‘pka 
venalari orqali bir daqiqada oqib o‘tadigan qon hajmi bir xil bo‘ladi. Yurakdan 
kelayotgan qonning miqdori unga kelayotgan qon miqdoriga teng. Katta va kichik 
qon aylanish doirasining butun arterial tizimi yoki barcha arteriolalar, barcha 
kapillyarlar, yoki butun venoz tizimi orqali bir daqiqada o‘tgan qon hajmi bir xilda 
bo‘ladi. Tomirlar tizimining har qanday umumiy ko`ndalang kesimidan o‘tgan qon 
hajmi doimiy bo‘lgan holda, qon oqimining chiziqli tezligi bir xil bo‘lmasligi 
kerak. Chiziqli tezlik tomirlarning umumiy kengligiga, ya’ni eniga bog‘liq. Qon 
tomirlar tizimining eng tor joyi aorta. Arteriyalar shoxlanganda, har bir tarmoqlar 
yig‘indisining kengayganligi kuzatiladi. Kapillyarlar turi hammadan keng, chunki 
barcha kapillyarlar diametrining yig‘indisi aorta diametridan taxminan 600-800 
barobar katta. Shunga binoan, aortadagi qon, kapillyarlardagiga qaraganda juda 
ham tez harakatlanadi. Qon yurakdan uzluksiz ravishda oqib chiqmay, balki otilib-
otilib chiqqani uchun, arteriyalardagi qon oqimi pulsli tabiatga ega bo‘ladi. Ammo 


77 
arteriola, kapillyar va venalarda qon oqimi uzluksiz, ya’ni doimiydir. Buning 
sababi arteriyalar devorining tuzilishidadir. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish