Yurakni chiniqtirish uchun qanday mashqlar bajarish kerak



Download 50 Kb.
Sana13.12.2022
Hajmi50 Kb.
#884968

16-bilet

  1. Yurakni chiniqtirish uchun qanday mashqlar bajarish kerak

Yurakni chiniqtirish. Uyqu organizmning eng tinch holati bo‘lib, bu holatda hujayralarning kislorodga va oziq moddalarga bo‘lgan ehtiyoji juda kamayadi. Bu vaqtda yurakning ishi ham susayadi: yurak qisqarishi sekinlashadi va har qaysi qisqarishda haydaladigan qonning miqdori ham kamayadi. Odam birinchi harakatidayoq yurak ishi kuchayadi. Odam ishi zo‘raygan sari yurak ishi ham tobora ortadi. Yurak ishi ikki yo‘l bilan: 1) qisqarishlarning tezlanishi va 2) ularning zo‘rayishi yo‘li bilan kuchayadi, shu tufayli, yurakning har bir qisqarishida haydab chiqariladigan qon hajmi ham ortadi. Yurakning o‘z ishini oshirish xususiyati jismoniy mehnat vaqtida hujayralarning kislorodga va oziq moddalarga bo‘lgan ortib boruvchi ehtiyojini qondiradi. Yurak ishining eng yuqori chegarasi har bir kishida har xil bo'ladi. Jismoniy mehnat bilan shug‘ullanadigan odamda yurak o‘z ishini olti hissa oshiradi, chunki bunday odamning yuragi qisqarishlar sonini ikki marta, har bir qisqarishda haydab chiqariladigan qon hajmini esa uch marta ko‘paytirish xususiyatiga ega. Aqliy mehnat bilan shug‘ullanib, jismoniy ish bilan shug‘ullanmaydigan kishilarning yuragi ham har daqiqaga qisqarish sonini ikki marta oshiradi. Ammo bunday yurak haydab chiqariladigan qon hajmini faqat bir yarim marta oshira oladi, shuning uchun yurak ishi uch marta ortadi. Odam kasal bo‘lganda va harorati ko‘tarilganda ham yurakka qo‘yiladigan talab kam bo‘lmaydi. Yurakni chiniqtirish, ya’ni yuqori zo‘riqishni bajarishga o‘rgatish zarur. Jismoniy mehnat, ertalabki badantarbiya, sayr qilish, yurish, yugurish, yurakni chiniqtirishning eng yaxshi xillaridir. Yurakni chiniqtirish sistemali ravishda sekin-asta ortadigan tarzda olib borilishi kerak. Kundalik mashqlar va ularning davom etish vaqti yurakning holatiga bog‘liq. Shuning uchun yurakni chiniqtirish shifokor nazorati ostida bo‘lishi kerak. Agar gavdadagi barcha arteriya, vena va kapillarlar diametrlarining alohida-alohida olingan yig‘indilari bir-biri bilan taqqoslab ko‘rilsa, venalarning qon oqadigan yo‘li arteriyalarning qon oqadigan yo‘lidan ikki marta, kapillarlarning qon oqadigan yo‘li yuz marta keng. Tomirlarning qon oqadigan yo‘li qanchalik keng bo‘lsa, qon ham bu yo‘ldan shuncha sekin oqadi. Qonning oqish tezligi yirik arteriyalarda (sekundiga 50 sm ga yaqin) bo‘lib venalarda (sekundiga 20 sm ga yaqin), kapillarlarda esa juda ham kichik (sekundiga 0,5 sm chamasida) bo‘ladi. Arteriyalarda qonning oqish tezligi katta bo‘lganligida qon organizmga tez tarqaladi, natijada organlar kislorod va oziq moddalar bilan normal ravishda ta’minlanadi.

  1. Bilak muskullarini tushuntiring.

Odam organizmida 600 dan ortiq muskul bo‘lib, ular katta odam tanasi og‘irligining 45—50% ini tashkil qiladi. Odamning tashqi muhitdagi harakatlari, mehnat faoliyati, nutq funksiyasi, nafas harakatlari va boshqa fiziologik funksiyalari muskullarning reflektor harakati natijasida sodir bo‘ladi. Muskullar* tevarakatrof muhitdagi turli ta’sirlarning sezgi organlariga ta’siri va bu ta’sirning markazga intiluvchi nervlar orqali bosh miyaga borib, u yerdagi analiz-sintez jarayoni natijasida markazdan qochuvchi nervlar orqali muskullarga kelishi tufayli harakatlanadi. Muskullar harakatlanish organi bo‘lib, muskul, nerv tolalari va biriktiruvchi to‘qimalardan tuzilgan. Muskul to‘qimasi hujayralardan iborat, hujayra ichidagi qisqaruvchi tolalar miofibrillar deb ataladi. Muskul to‘qimasi tuzilishi va funksiyasiga ko‘ra, ko‘ndalangtarg‘il va silliq muskullarga bo‘linadi. Ko‘ndalang-targ‘il muskullar, asosan, skelet muskullaridir, silliq tolali muskullar esa ichki organlar, qon tomirlar devorida uchraydi. Muskul — muskul to lalarining yiglndisidan tuzilgan bolib, bu tolalar biriktiruvchi to'qima yordamida o‘zaro birlashgan. Muskul tashqi tomondan ham biriktiruvchi to‘qima bilan o‘ralgan. Muskul to‘qimasi hujayralari kimyoviy va elektr energiyasi ta’sirida shu bilan birga nerv sistemasi yordamida qo‘zg‘aladi. Muskul hujayrasi, qanday yol bilan qo‘zg‘alishidan harakatga keladi. Buni esa oqsil tolalaridan tarkib topgan miofibril tolalar o‘z vazifasini bajaradi. Muskul to‘qimasi organizmdagi energiyani tejashda katta rol o‘ynaydi. Organizmdan ajralgan issiqlik energiyasini ana shu mushaklar ta’minlaydi. Muskullarning umumiy strukturasi boshqa to‘qima hujayralariga o‘xshash boladi. Lekin ba’zi bir muskul hujayralari fibra, ya’ni tolalardan iborat bolib uzunligi 20 sm gacha yetadi. Bunday muskul hujayralari muskul fibrillalari deyiladi. Bunday alohida e’tiborga molik hujayralar oqsil tabiatli bolgan miofibrillalardan iboratdir. Miofibrillalar o‘z navbatida miofilamentlardan tarkib topgan. Miofilamentlar qalin va yupqa miozin filamentlarga bolinadi: Muskul to‘qimasi o‘z ichida 2 ga bolinadi: 1. Silliq tolali. 2. Ko‘ndalang yolli. Silliq tolali muskul to‘qimasi to‘qimalararo qismning ko‘p joyini tashkil etadi. Masalan: ichki organlarning ichki devorini hosil qiladi (oshqozon ichak, siydik ajratish sistemasi, jinsiy organlar, qon tomir sistemasi). Silliq tolali muskulni avtonom nerv sistemasi, ya’ni vegetativ nerv sistemasi boshqaradi. Lekin ko‘p organlar miyogen stimulatsiya orqali ham boshqariladi, bu passiv jarayon hisoblanadi. Silliq tolali muskul tuzilishi urchuqsimondir, uzunligi 25 millimikron keladi. Uning markazida ingichka devor bilan ajratilgan yadro joylashgan. Homiladorlik davrining so‘ngida tug‘ruq jarayonlarini osonlashtirish vaqtida bu tolalar 0,5 mm uzayishi mumkin (1 mm=1000 millimikron). Miofibrillalar sitoplazmasi hamma jarayonlarni boshqarib tartibga solidi. Har qanday muskulning boshlanish qismi, boshi va birikish qismi — dumi bo‘lib, keng tanasi, ya’ni qorni muskul tolalaridan tuzilgan. Muskul boshi bilan tanaga yaqin suyakka, dumi bilan tanadan uzoqroq suyakka birikib, qisqarganda bo‘g‘imda harakat bajariladi. Muskul tolalarining yo‘nalishiga ko‘ra muskullar duksimon, yarim patsimon, ikki yoqlama patsimon, tasmasimon va ikki qorinchali bolishi mumkin. Har qaysi muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan yupqa parda bilan o‘ralgan bolib, bu parda fassiya deb ataladi. Fassiya alohida muskulni, bir qancha muskulni yoki muskullarning hammasini o‘rab turishi mumkin. Fassiya bilan paylar orasida harakatni yengillashtiradigan sinoviyal suyuqligi boladi. Muskullar uzun, kalta, keng va yumaloq bolishi mumkin. Uzun muskullar ko‘proq qo‘l-oyoqlarda uchrab, keng qulochli harakatlarda qatnashadi. Kalta muskullar harakat qulochi kam bo‘lgan qismlarda uchraydi. Masalan, ular qovurg'alar, umurtqalar orasida boladi. Keng muskullar gavda atrofida joylashgan, masalan, ko‘krak, qorin muskullari va boshqalar. Ularning muskul to ­ lalari har tomonga yo‘nalgan bolib, boshlanish va birikish joyida keng pay — aponevroz hosil qiladi. Yumaloq muskullar og‘iz va ko‘z atrofida joylashgan. Organizmdagi muskullar har xil nomlanadi, masalan, boshlanish, birikish joyiga ko£ra yelka-bilak muskuli; funksiyasiga ko'ra chaynash muskuli, bukuvchi muskullar va boshqalar; birikish boshiga qarab ikki boshli, uch boshli va hokazo; tuzilishiga ko‘ra yarim pay, yarim parda muskullar; shakliga ko‘ra trapetsiyasimon, rombsimon muskullarga ajratiladi.

  1. Quloqni qanday extiyojlash kerak.

Quloq — odam va umurtqali hayvonlarning eshitish hamda muvozanat organi; eshitish analizatorining periferik qismi. Tashqi, oʻrta va ichki quloq farq qilinadi. Tashqi quloqqa quloq suprasi va tashqi eshituv yoʻli kiradi. Quloq suprasi usti teri bilan qoplangan elastik togʻaydan tuzilgan. Supraning pastki yumshoq qismida togʻay boʻlmaydi. Tashqi eshituv yoʻli ancha keng boʻlib, uz. 30—35 mm. oʻrta qismi toraygan (boʻyin). Tashqi eshitish kanalini qoplagan teri sertuk boʻlib. yogʻ bezlari oltingugurtga boy modda ishlab chiqaradi. Quloq sarigʻi deb shunga aytiladi. U himoya vazifasini bajaradi; odatda u qatqaloqqa aylanadi va chaynash, gapirish paytida oʻz-oʻzidan tashqariga ajralib chiqadi. Quloq sarigʻi koʻp ishlansa, sera tiqini (probkasi)ni hosil qilib, tashqi eshituv yoʻlini bekitib qoʻyadi. Bu yoʻlning old devori pastki jagʻ boʻgʻimi bilan chegaradosh, shuning uchun uning yalligʻlanish kasalliklarida ogʻiz ochilsa, quloqda ogʻriq paydo boʻladi. Tashqi eshituv yoʻliga pastda quloq oldi bezi tegib turadi. Oʻrta quloq nogʻora boʻshligʻi (ichi havo bilan toʻla), eshituv suyakchalari (bolgʻacha, sandon, uzangi) va halqum (yutqin) bilan tutashgan Yevstaxiy nayiyaan tashkil topgan, u oʻrta quloq boʻshligʻidagi havoni almashtirib, bir muvozanatda saqlab turish vazi-fasini bajaradi. Oʻrta quloqning tashqi devori — quloq pardasi yupqa, ammo pishiq plastinkadan iborat. Kishi yutinganda Yevstaxiy nayi ochilib, havo burun-halqumdan oʻrta quloqqa oʻtadi. Nogʻora boʻshligʻining devori bosh miya, yirik qon tomir va yuz nerviga yaqin joylashgan. Oʻrta quloqdan ichkarida spiral shaklidagi va tashqi koʻrinishi chigʻanoqqa (eshitish organi) oʻxshash, yarim halqasimon kanallar bor; ichki quloq chakka suyagining piramida qismi ichida joylashgan boʻlib, suyak va parda labirintdan iborat. Suyak labirint bilan parda labirint orasidagi boʻshliq perilimfa suyuqligi bilan toʻla. Ichki quloq vestibulyar apparat va chigʻanoq qismlari yordamida tovush tebranishi hamda gavda muvozanatining oʻzgarishini qabul qilish vazifasini bajaradi. Chigʻanoq ichida sezgir eshituv hujayralari bor. Quloq suprasi, tashqi eshituv yoʻli, quloq pardasi va eshituv suyakchalari bu hujayralarga tovush toʻlqinlarini yetkazib berib, ularni taʼsirlaydi; taʼsirot sezgir eshituv hujayralarining oʻsigʻidan tashkil topgan eshituv nervi orqali bosh miya poʻstlogʻiga keladi; tovush asosan shu yerda analiz qilinadi va eshitish funksiyasi vujudga keladi. Tovush manbai qaysi quloqqa yaqin boʻlsa, shu quloq oldin va kuchli eshitadi, shunga qarab tovush manbaini aniqlash mumkin. muvozanat aʼzosi (vestibulyar apparat) yarim halqasimon kanallardan tashkil topgan; bular turli sathda joylashgan boʻlib, ichida endolimfa suyukligʻi bor. Kanallarning bir uchi ampula shaklida kengaygan; ampula va xaltachalar ichida nerv hujayralari joylashgan; ular fazoda tana oʻz holatini oʻzgartirganda va bosh tez harakat qilganda taʼsirlanadi. Vestibulyar apparat holati har kimda har xil. Ayrim kishilarning vestibulyar apparati tez qoʻzgʻaluvchan boʻladi, bunday kishilar avtomashinada uzoq yurolmaydi. Baʼzi kishilarda, shuningdek, maxsus mashqlarni oʻtganlarda vestibulyar apparat hatto samolyot va kosmik kemada uchishdek kuchli taʼsirlarda ham sust qoʻzgʻaladi. Vestibulyar apparat koʻz soqqasini harakatlantiruvchi, yurak qisqarishi, terlash kabi funksiyalarni bajaruvchi nervlar bilan bogʻlangan.
Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish