Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Odamda gaz almashinuvi
uchun zarur bo‘lgan alveolalar ventilyasiyasi, 
nafas olish (inspiratsiya) va nafas chiqarish (ekspiratsiya) ning navbat bilan o‘tishi 
oqibatida amalga oshadi. Nafas olish paytida alveolalarga kislorod bilan to‘yingan 
atmosfera havosi kelib tushadi, nafas chiqarish paytida esa atrof-muhitga, kislorodi 
kam bo‘lgan, lekin karbonat angidridga boy bo‘lgan havo chiqib ketadi. Nafas 
olish va chiqarish paytida havoning harakatlanishi ko‘krak qafasi hajmini ketma-
ket kattalashishi va kamayishi bilan belgilanadi. Ko‘krak qafasining kengayishini 
chaqiruvchi ikkita mexanizm mavjud: 1) qovurg‘alarning ko‘tarilishi; 2) 
diafragmaning yassilanishi (ilova: 33- rasm). O‘pkadagi gazlar almashinuvi doimiy 
tarkibga nisbatan, gazli qorishma bilan to‘lgan alveolalarning kelish - qaytish 
ventilyasiyasi yo‘li bilan amalga oshadi. Bunda asosiy rolni diafragmaning qat’iy 
ixtisoslashgan inspirator mushagi o‘ynaydi, bu esa nafas olish funksiyasini ma’lum 
darajadagi muxtorligini amalga oshiradi. Markaziy nafas olish mexanizmi, miya 


87 
ustunining qator ixtisoslashgan neyronlar populyatsiyasi bilan namoyon bo‘lgan va 
shu bilan birga, yuqorida joylashgan asab tuzilmalarning modullashgan ta’siriga 
uchraydi, bu esa uning funksiyasiga, labillik bilan solishtirganda, sezilarli darajada 
turg‘unlik beradi.
Gazlarning parsial bosimi -
deb, gazlar aralashmasi umumiy 
bosimining aralashmadagi ma’lum gaz ulushiga to‘g‘ri keladigan qismiga aytiladi. 
Masalan: barometrik bosim 760 mm simob ustuniga teng bo‘lgan atmosfera 
havosining tarkibida O
2
21% bo‘lsa, parsial bosimi 159,03 mm simob ustunini 
tashkil etadi. CO

0,03%-0,30 mm, N 79,04%-596-600,7 mm, simob ustuniga teng. 
Alveola havosi, qondagi gazlarning miqdori va parsial bosimi O
2
ni alveola 
havosidan qonga, CO
2
qondan alveolaga o‘tishini ta’minlaydi, chunki alveola 
havosida O
2
ni parsial bosimi 101,2 mm, vena qonida O
2
parsial bosimi 20-40 mm 
simob ustuniga teng, CO
2
esa alveola havosida 38-45 vena qonida 40-60,0 mm 
simob ustunini tashkil qiladi ya’ni kam farq qiladi. Bu farq alveola havosidan 
qonga O
2
ni CO

esa alveolalarga o‘tishini ta’minlaydi. Shuningdek tashqi muhitga 
nisbatan plevral bo‘shliqda bosimning past bo‘lishi manfiy bosimni hosil qiladi. Bu 
holat havoni tashqi muhitdan so‘rilib o‘pkalarga kirishi uchun asos yaratadi. 
Gazlarning bunday almashinuviga alveola va kapillyarlarning yuza kengligi, 
devorlarning gazlarni o‘tkazish xususiyatlari va kapillyarlardagi qon bosimi ta’sir 
ko‘rsatadi. Alveolalarda kasalliklar davrida suyuqliklar to‘planishi, kapillyarlardagi 
bosimining oshishi va boshqa sabablar gazlar almashinuviga birmuncha qarshilik 
qiladi. 
Nafas olish aktini bajaruvchi mushaklar
- inspiratorli va ekspiratorli bo‘lib, 
ko‘krak qafasining hajmini mos ravishda kattalashuvi va kichiklashuviga yordam 
beradi. Inspiratorli mushak sifatida asosan diafragma mushagi xizmat qiladi. Tinch 
holatda nafas olish paytida, o‘pka ventilyasiyasining barcha hajmini, amalda 
diafragma ta’minlaydi. Nafas olish paytida, diafragma mushak tolalarining 
qisqarishi, uning ikkala qismini (gumbazini) yassilanishiga olib keladi.Qorin 
bo‘shlig‘i chekinadi va ko‘krak qafasi ko`ndalang yo`nalishda kattalashadi, uning 
asosi esa, qovurg‘alarning ko‘tarilishi hisobiga kengayadi. Diafragma boshqa 
inspirator mushak, ya’ni tashqi qovurg‘alararo mushaklar bilan sinergik ishlaydi. 
Normal sharoitda ekspirator mushaklar vazifasini faqat ichki mushaklar o‘ynaydi. 


88 
Bu mushaklarning tolalari qisqargan paytda, yuqorida joylashgan qovurg‘a pastda 
joylashgan qovurg‘a tomon tortiladi va ko‘krak qafasi pastroq tushadi. Nafas 
chiqarish uchun juda rivojlangan mushaklar zarur emas, chunki u, boshqa 
qo‘shimcha kuchlar ta’sirida amalga oshiriladi. Bular bilan bir qatorda, nafas olish 
apparati faoliyatini kuchaytirish uchun yordamchi inspirator va yordamchi 
ekspirator mushaklar ham qo‘shiladi. Yordamchi inspirator mushaklarga, 
qovurg‘alarni ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan, yelka sohasi, kalla suyagi va 
umurtqa pog‘onasi suyaklari ulangan barcha mushaklar kiradi. Yordamchi 
ekspirator mushaklarga qorin mushaklari kirib, ularning yordamida qovurg‘alar 
pastga harakatlanib tushadi, qorin bo‘shlig‘idagi a’zolar esa siqiladi va diafragma 
bilan birgalikda yuqoriga suriladi. Inspirator mushaklarning qisqarishi tufayli 
chaqirilgan nafas olish paytida, ko‘krak qafasi hajmining kattalashishi oqibatida, 
plevra tirqishlarida manfiy bosim ortadi. Nafas olishni qovurg‘alarning ko‘tarilishi 
va diafragmaning yassilanishi ta’minlaydi. Umurtqalar tanasi va yonbosh 
o‘simtasiga qovurg‘alarning boshi, to‘sh suyakka esa uchi, tog‘ay va paylar 
yordamida birikkan bo‘ladi. Qovurg‘aning umurtqaga birikkan ikki nuqtasidan, 
nafas olish vaqtida, u harakatlanadigan o‘q o‘tadi. Qovurg‘a nafas olish paytida 
shu o‘q atrofida aylanib ko‘tariladi, nafas chiqarish paytida esa pastga tushadi. 
Nafas olish paytida qovurg‘alarning ko‘tarilishi ko‘krak qafasining saggital va 
frontal yo’nalishlarida kattalashishini ta’minlaydi. Ayni vaqtda, diafragma 
yassilanib, pastga tushadi va ko‘krak qafasi vertikal yo`nalishda ham kattalashadi. 
Ko‘krak qafasining harakatlari nafas mushaklari faoliyatiga bog‘liq. Tinch holatda, 
odamning nafas olishini diafragma va tashqi qovurg‘alararo va ichki tog‘aylararo 
mushaklarning qisqarishi ta’minlaydi. Ular asosiy nafas olish mushaklari 
hisoblanadi. Tashqi qovurg‘alararo va ichki tog‘aylararo mushaklardagi tolalar, bir 
qovurg‘adan ikkinchisiga (pastdagisiga) orqadan va yuqoridan, oldinga va pastga 
qarab qiyshiq yo`nalishda o‘tgan. Ular qisqarganda ko‘krak qafasi ikki yonga va 
orqadan oldinga qarab kengayadi. Diafragmaning qisqarishi esa qorin 
bo‘shlig‘idagi a’zolarni pastga va oldinga itarib siljitadi, ko‘krak bo‘shlig‘i esa 
vertikal yo`nalishda kattalashadi. Nafas olish boshlanishidan oldin qo‘zg‘alish 


89 
diafragmada, keyin qovurg‘alararo mushaklarda rivojlanadi. Osoyishta nafas 
chiqarish paytida mushaklar faol qisqarmaydi. Ko‘krak qafasi nafas olish vaqtida 
jamg‘arilgan elastik energiya hisobiga torayadi. Nafas olish paytida nafas 
mushaklari bir qancha kuchlarni - ko‘krak qafasining og‘irligi, qovurg‘a 
tog‘aylarining elastik qarshiligi, diafragma jigar, me’da va ichaklarni pastga 
surganda, bu a’zolar va qorin devori qarshiligini yengadi. Nafas olish mushaklari 
bo‘shashishi bilanoq, bu kuchlar, kengaygan ko‘krak qafasini passiv holda 
kichraytiradi. Qovurg‘alararo mushaklarni qovurg‘alararo asablar, diafragmani 
orqa miyaning 3-5 bo‘yin segmentlaridan chiqadigan diafragma asabi 
inasabatsiyalaydi. Nafas olish paytida o‘pkaning hajmi, plevra bo‘shlig‘idagi va 
alveolalardagi bosimi o‘zgaradi. O‘pkada mushaklarning bo‘lmaganligi sababli 
(faqat bronxlarda birozgina silliq mushak tolalari bor), u, mustaqil harakat qila 
olmaydi. Ammo, nafas olib chiqarilganda, o‘pka ko‘krak qafasi bilan bir vaqtda 
kengayib-torayib turadi. Atmosfera bosimi o‘pkaga faqat ichkaridan, nafas yo‘llari 
orqali ta’sir qiladi. Uning kuchi o‘pkani kengaytiradi va ko‘krak qafasining ichki 
yuzasiga yopishtiradi. Visseral va parietal plevralar oralig‘ida maxsus suyuqlik 
bo‘lgani uchun, ular bir-birining yuzasida sirpanib, erkin harakat qiladi (ilova: 37- 
rasm).

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish