Ko`krak qafasining jarohatlanishi
Ko`krak jaroxatlari uchrash ehtimolligi: ulug` Vatan urushi malumotlariga ko`ra — yaralanganlar orasida o`rtacha 7—12%, (qo`l-oyoqlardan keyin ikkinchi o`rinda). O`lganlarning o`rtacha —25—30%. Termoyadroviy qurol sharofati bilan ko`krak qafasi yopiq shikastlanishlari uchrash ehtimoli o`sib bormoqda. Tasnifi: 1. Ko`krakning yopiq shikastlanishlari: - suyak shikastlanishlarisiz, suyak shikastlanishlari bilan; ichki organlar shikastlanishisiz; ko`ks devori lat yeyishlari; qovurg`aning oddiy sinishlari; qovurg`anining murakkab sinishlari; ko`krak qafasida bosim ortishi; yurak shikastlanishlari; tomirlar tutami yopiq shikastlanishlari; diafragma yirtilishi.
2. Ko`krak qafasi ochiq shikastlanishlari: -o`q tegish bilan bog`liq bolgan va bog`liq bo`lmagan; yakka va ko`psonli; tarqalgan va tarqalmagan; teshib o`tgan, ko`r(teshib o`tmagan), urinma,o`rab oluvchi; suyak shikastlanishlarisizva suyak shikastlanishlari bilan; ichki organlar shikastlanishisiz va shikastlanishi bilan; faqat torakal, torakoabdominal, torako-umurtqa pog`onasi.
3.Ko`krak qafasi devori va ichki a`zolar o`q otishdan jaraxatlanishi:- tarqalgan jaroxat doim yengil hisoblanadi, tarqalmagan o`qotishdan jaroxat ham bazan yengil bo`lishi mimkin.
-Yarador og`irlik darajasini belgilaydi: -ko`ks devori hujayralarini shikastlanish ko`lami; -gemotoraks, pnevmotoraks mavjudligi; ko`ks a`zolari shikastlanishlari (yurak,o`pka,qizilo`ngach).
4. Ko`ksni o`q otuvchi quroldan jaroxatining bevosita asoratlari: -plevra ichi qon ketishi ( 50—70% barcha jaroxatning). Yo`ldosh - ko`ks devori tomirlari (ko`proq); o`pka tomirlari (kamroq).
Gematoraks ko`rinishida:-kichik (qon sinuslarda); o`rta (kuraklar orasigacha); kata (2-3 qovurg`gacha); total (butun plevra yuzasi bo`ylab), Ruvil-Greguar sinamasi agar plevra punksiyasi paytida qon quyuqlashgani aniqlansa, plevra bo`shlig`ida qon ketishi davom etyapti. Gemotaraks klinikasi: -qon yo`qotish; perkussiyada plevra bo`shlig`ida suyuqlik to`planganlik belgilari, nafas olish qiyinlashuvi;
rentgenografiya (gemotoraks gorizontal yo`nalishdagi chiziq bilan).
Gemotoraks yigikganlik belgilari:-gemotaraks belgilari, punksiya paytida qon yo`qligi yoki juda kamligi, yo`g`on ignada - "qittay" quyqa.
Ochiq pnevmotoraks-plevra bo`shligi` jaroxat orqali ichki muhit biln bog`lanadi.
Havo nafas olish vaqtida plevra bo`shlig`iga kiradi va o`pka holatini tiklamoq uchun shikastlanish tomonga suriladi (parodaksal nafas). Bu vaqtga kelib sog`tomonda aralach nafas paydo bo`ladi - ballotirlanga yoki flotatsiyalangan ko`kks oralig`i. Pnevmotoraks ochilganda aksariyat plevro-pulmonal shok kuzatiladi. U paradoksal nafas, ballotirlovchi ko`ks oralig`, qon yo`qotish, og`riqli afferent impulsatsiya kabilarni ta`minlaydi. Yopiq pnevmotoraks — nafas olish plevral bo`shliqda, lekin u ko`ks oralig`i jaroxati orqali ichki muhit bilan boglanmagan. Yopiq pnevmotoraks belgilari: perkussiyada qutichasimon tovush, ko`ks oralig`i chegarasining kamayichi, nafas susayishi, teri osti emfizemasi, rentgenografiya - butun op`ka yoki kollabirlangan qismi. Yopiq klinik ko’rini og`irligi pnevmotoraksning ko`lamidan kelib chiqadi.
Klapan pnevmotoraksi («klapan>aksariyat opkada joylashadi): o`sib boruvchi, taranglashgan, oraliq.
Taranglashgan klapan pnevmotoraksi belgilari:-yaradorning og`ir ahvoli o`pka yurak yetishmovchiligi hisobiga, tezlik bilan o`sib boruvcji teri osti emfizemasi, qutisimon tovush qarama qarshi tomondagi ko`ks oralig` bilan qo`shilib ketishi. Klapan pnevmotoraksida yarador holati etiborga molikdir. Qayerda bo`lmasin diagnoz qo`yilsa yordam (plevra bo`shliqni yo`g`on igna bilan punksiya qilish )ko`rsatilishi kerak! Emfizema: -teri osti, ko`ks oralig`i. Ko`ks oralig` emfizemasi belgilari: - o`pka-yurak yetishmovchiligi, bo`yin emfizemasi, rentgenogrammada ko`ks oralig`ida gaz ko`rinishi. O`pka shikastlanishi (ko`krak qafasi teshib o`tmagan jaroxatlari). Belgilari: - qon tupurish, yopiq jaroxatda teri osti emfizemasi, yo`tal, nafas yetishmovchiligi bilan big`liq nafas siqilishi va sianoz.
Yurak jaroxati: -teshib o`tgan,kor,urinmali, yurak bo`shlig`iga kirgan va kirmagan tamponadali va tamponadasiz. Yurak tamponadasi belgilari: jaroxatning yurak proyeksiyasi bo`ylab, yaradorning og`ir holati - o`sib boruvchi yurak-tomir yetishmovchiligi hisobiga:- terining ko`kimtir yoki rangpar ko`rinishi, kuchsiz va noto`liq puls, to`mtoqlashgan yurak chegaralari kattalashgan, yurak urish tovushi bo`g`iqlashgan, yurak soyasi kattalashgan,rentgenologik tekshiruvda chap chegarasida taliyaning yo`qolishi. Yurak tamponadasi paytida yaradorga zudlik bilan yordam ko`rsatilishi kerak (garchi operatsion sharoit bo`lmasada) –ya`ni, perikard punksiyasi!
Do'stlaringiz bilan baham: |