Ko`krak qafasining jarohatlanishi


Ko`krak qafasi o`q otuvchi qurol jaroxatlarining asoratlari



Download 29,46 Kb.
bet2/4
Sana13.07.2022
Hajmi29,46 Kb.
#784599
1   2   3   4
Bog'liq
hirurgik infeksiya raferat

Ko`krak qafasi o`q otuvchi qurol jaroxatlarining asoratlari.
Ko`ks devoir yiringli jaroxatlari va ikkilamchi pnevmotoraks ochilishi holatlari:- o`pka atelektazi ( yuzaki nafas va yo`tal paytida shilliqni tiqilishi bronxlarning drenaj funksiyasi susayishi hisobiga paydo bo`ladi).Atelektaz belgilari:yuqori temperatura,taxipnoe,perkutor tovushni qisqarishi(!),auskultatsiyada nafas olishni yo`qligi:-perikardit (serozli, yiringli, aralash), yiringli plevrit, pnevmoniya, o`pka abssesi va gangrenasi. Yiringli plevrit belgilaria: -yaradorning holati og`irlashuvi, yuqori harorat, Intoksikatsiya hisobiga titrash, shikastlangan tomonda perkutor tovush va nafasning qisqarishi, punksiya paytida gemoragikva quyqal suyuqlik, anaerob-achitqili mikroflora hisobiga yomon hidli yiring.

QORIN BO`SHLIG`I SHIKASTLANISHLARI

Qorin devori va bo`shlig`idagi a`zolarning yopiq shikastlanishi.


Sababi. Musht, tayoq bilan urish, tepish, qattiq buyum ustiga yiqilish kabilar.
Belgilari. Qorin devorining shikastlangan joyida og`riq, teri qizaradi, shishadi.
- me`da va me`da osti bezi shikastlangan bo`lsa, qorinning yuqori o`rta sohasida og`riq bo`ladi;
- ichaklar shikastlangan bo`lsa, qorinning o`rta (kindik) va o`ng yoki chap tomonida og`riq;
- jigar shikastlangan bo`lsa, qorinning o`ng tomoni qovurg`a yoyi osti sohasida og`riq;
- taloq shikastlangan bo`lsa, qorinning chap qovurg`a yoyi osti sohasida og`riq;
- o`ng buyrak shikastlangan bo`lsa, belning o`ng tomonida, chap buyrak shikastlangan bo`lsa, belning chap tomonida og`riq bo`ladi. Bu og`riq qovurg`a yoyi ostiga ham tarqalishi mumkin.
Tibbiy yordam. 1. Tez yordam chaqiriladi.
2. Tez yordam kelgunicha quyidagi tartibda birinchi tibbiy yordam ko`rsatiladi:
- bemor tekis joyga,orqasi bilan yotqiziladi.Agar buyrak shikastlangan bo`lsa, qorni bilan yotqiziladi;
- og`riq qoldirish uchun: analgin (baralgin), droperidol (bittasi) -1-2 ml muskul orasiga;
- yurak-tomir ishini yaxshilash uchun: kofein, kamfora, kordiamin (bittasi) -1-2 ml teri ostiga;
- ichki qon ketishini kamaytirish uchun shikastlangan a`zo sohasiga (qorin ustiga) muzli haltacha, yoki sovuq suvga namlangan sochiq (ro`mol) ni 10 minutga qo`yiladi;
- ichki qon ketishini to`xtatish uchun: kalsiy glyukonat 10 %-5 ml, shritsga shuning ustidan novokain 0,5 %-3 ml olib muskul orasiga.
Qorin devori va bo`shlig`ida joylashgan a`zolarning ochiq shikastlanishi.
Sababi. O` tkir buyumlar sanchilishi, o`q tegishi kabilar.
Belgilari. Qorin devorining jarohatlangan joyida teri butunligi buziladi va qon oqadi.
Qorin bo`shlig`ining shu sohasida joylashgan ichki a`zo ochiq jarohatlanishi mumkin. Shu sohada og`riq bo`ladi, qon oqadi. Arterial qon bosimi normaga nisbatan pasayadi, bemorda kollaps, shok holati yuzaga kelishi mumkin.Bemorning ranggi oqaradi, yurak-tomir urishi kuchsizlanadi, qo`l-oyoqlari soviydi, ahvoli juda og`ir bo`ladi.
Tibbiy yordam. 1.Tez yordam chaqirib, bemor travmatologiya yoki jarrohlik shifoxonasiga yuboriladi.
2.Tez yordam kelgunicha quyidagi birinchi tibbiy yordam ko`rsatiladi:
- bemor orqasi bilan yotqiziladi (buyrak shikastlangan bo`lsa, bemor qorni bilan yotqiziladi);
- og`riq qoldiruvchi analgin (baralgin), droperidol (bittasi) - 1-2 ml, novokain -2 ml muskul orasiga;
- yurak-tomir faoliyatini yaxshilash uchun kofein, kordiamin, kamfora (bittasi) -1 ml teri ostiga;
- qon ketishini kamaytiruvchi tadbirlar qon ketish mavzusiga qaralsin;
- jarohatdan ichak chiqib turgan bo`lsa: 4 qavat marli (surp, chit) ga vazelin surtib, sefamizin yoki gentamitsin sepib, ichak o`raladi va u qorin ustiga qo`yiladi (qorin bo`shlig`iga kiritish mumkin emas);
- qorin devori jarohati atrofiga yod (spert, aroq, odekolon) surtiladi;
- jarohat usti 4 qavat doka (surp) bilan yopilib, leykoplastr yopishtiriladi;
- bemorning og`zi quriydi. Uning og`ziga bir qoshiq shirin choy tomchilab quyiladi. Lekin ko`p suyuqlik berilmaydi.
Chanoq suyaklari va chanoq bo`shlig`idagi a`zolarning shikastlanishi.
Sababi. Chanoq sohasiga qattiq buyum tegishi, yiqilish, musht bilan urish, tepish kabilar.
Belgilari. Chanoq bir nechta suyaklarining bir-biri bilan bo`g`im hosil qilmay birikishidan tashkil topgan (ya`ni dumg`aza, dum, qov, yonbosh, suyaklar).
Bu suyaklarning qaysi biri sinsa, shu suyak joylashgan sohada kuchli og`riq, teri va teri osti yumshoq to`qimasiga qon quyilishi natijasida ko`karish, shish paydo bo`ladi.
Zarba kuchli bo`lsa, chanoq bo`shlig`ida joylashgan siydik pufagi va pastki siydik chiqarish yo`li (uretra) ham shikastlanadi.
Siydik pufagi teshilsa (yirtilsa), qovuq sohasida kuchli og`riq bo`ladi. Pufakdagi siydik chanoq bo`shlig`iga va qorin bo`shlig`iga oqadi. Qorin bo`shlig`iga oqqan siydik qorinning peritonial pardasini yallig`lantirib, peritonit kasalligini yuzaga keltiradi. Bunda qovuq sohasidagi og`riq qorin bo`shlig`iga ham tarqaladi: qorin devorining muskullari taranglashadi, og`riq juda kuchli bo`ladi va bemorda shok holati yuzaga kelishi mumkin.
Tibbiy yordam.1.Tez yordam chaqirib,bemor travmatologiya, jarrohlik, urologiya shifoxonalarining biriga yuboriladi.
2.Tez yordam kelgunicha, quyidagi birinchi tibbiy yordam ko`rsatiladi:
- bemor qulay vaziyatda, ya`ni ostiga qattiq matodan tayyorlangan adyol to`shab, chalqancha yotqiziladi. Oyoqlarini tizza bo`g`imida bukiladi (tez yordam kelganida, uning zambiliga ham xuddi shunday vaziyatda yotqiziladi);
- og`riq qoldiruvchi dorilar: analgin, baralgin, droperidol (bittasi)-1-2 ml, demidrol-1 ml, novokain– 2 ml muskul orasiga;
- yurak-tomir ishini yaxshilovchi dorilar: kofein, kordiamin, kamfora (bittasi)-1 ml teri ostiga;
- qon oqayotgan bo`lsa to`xtatiladi (qon ketish mavzusida bayon etilgan usullar yordamida);
- jarohat atrofiga yod (spirt, aroq, odekolon) surtib zararsizlantiriladi;
- aseptik bog`lam qo`yiladi


Download 29,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish