Fizika-texnika


II Bob. Yadro fizikasining O`zbekistondagi taraqqiyoti



Download 13,5 Mb.
bet11/15
Sana21.06.2022
Hajmi13,5 Mb.
#689918
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
19.11-guruh Homidov Jamshidbek

II Bob. Yadro fizikasining O`zbekistondagi taraqqiyoti
II Bob da 2.1 va 2.2 rejalar mavjud bo`lib, bu bobda SamDu olimlar va ularning ilmiy ishlari, professor Muso Muminovning yadro fizikasi sohasiga qo`shgan hissasi, uning ilmiy maktabi va ilmiy laboratoriyada qilinayotgan murakkab laboratoriya ishlari, mustaqillikdan so`ng yadro fizikasi sohasida erishilgan yutuqlar, yadro fizikasining hayotimizga ta`siri,uning amaliy ahamiyati, yadro nurlanishlarni turli yadro qurilmalarida olish imkoniyatlari va ularning qo`llanilish sohalariga oid ma`lumotlar berilgan.
2.1 SamDu olimlari. Professor Muso Muminov va uning ilmiy maktabi
Yadro fizikasi va kosmik nurlar maktabi 1940 yillarda professor Muso Mo’minov tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, hozirgi kunda professorlar B.Mahmudov, R.Ibodov, U.Soliqboyevlar tomonidan izlanishlar olib borilmoqda. Ayni paytda ushbu maktab o’quvchilari fizika-matematika fanlari nomzodlari A. Safarov, Sh.Xushmurodov va bir qator iqtidorli yoshlar o’z dissertasiyalari ustida ish olib bormoqdalar.
Samarqand davlat universiteti fizika fakultetida o‘tgan asrning 50-yillaridan boshlab yadro fizikasi ilmiy maktabi shakl­lana boshlagan va bu ilmiy maktabda o‘nlab salohiyatli fan doktorlari, professorlar, fan nomzodlari, dotsentlar hamda ilmiy xodimlar yetishib chiqdi. Bu muta­xassislar bugungi kunda respublikamizda ilm-fanni rivojlantirish va yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash borasida samarali mehnat qilmoqda.
Yadro fizikasi ilmiy maktabining shakl­lanishi va rivojlanishi fizika fani rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan olim, professor Muso Mo‘minov nomi bilan bog‘liq. Muso Mo‘minov 1944–1951-yillarda O‘zbekis­ton davlat universiteti (hozirgi SamDU) rektori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 1944-yili universitetda 23 ta kafedra tashkil etilgan bo‘lsa, shu kafedralardan biri fizika-matematika fakultetidagi “Umumiy fizika” kafedrasi (hozirgi “yadro fizikasi”) edi. M.Mo‘minov universitetga rektorlik qilish bilan bir vaqtda umrining oxirigacha “Umumiy fizika” kafedrasining mudiri vazifasini bajardi va o‘nlab salohiyatli kadrlar tayyorlab “Yadro fizikasi” ilmiy maktabiga asos soldi.
Dastlab “Yadro fizikasi” kafedrasida “Gamma nurlarning moddalarda yutilishi”, “Atrof-muhit namunalarining radio­aktivligini o‘rganish”, “Neytron tanqis yadrolarning uyg‘ongan holatlarini tadqiq qilish” kabi mavzularda tadqiqotlar olib borildi, natijada yadro fizikasi ilmiy maktabining bir qator yorqin namoyandalari yetishib chiqdi. Ular bugungi kunda xorijiy va respublikamizning nufuzli OTMlarida, O‘zFA ilmiy-tadqiqot institutlarida, ilmiy markazlarda va ishlab chiqarish korxonalarida samarali mehnat qilmoqda. 1985-yili Samarqand davlat universitetida yadro fizikasi ilmiy laboratoriyasining tashkil etilishi va Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib “Mikrotron — 22 S” elektron tezlatkichining ishga tushiri­lishi mintaqada yadro tadqiqotlari bo‘yicha ilmiy ishlar rivojiga va o‘nlab yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qildi.
Samarqand davlat universitetida yadro fizikasi ilmiy maktabining bugungi kundagi rivoji O‘zFA akademigi T.M.Mo‘minov faoliyati bilan bog‘liq. U o‘z faoliyatini 1970-yillar boshlarida Birlashgan yadro tadqiqotlari (BYTI, Rossiya) instituti yadro fizikasi muammolari laboratoriya­sida boshlab, keyinchalik Samarqandda “Mikrotronda tezlashtirilgan elektronlar­ning kondensirlangan muhitlar bilan o‘zaro ta’sirini hamda moddalardan sochilgan nurlarning energiyaviy xossalarini o‘rga­nish”ga bag‘ishlangan tadqiqotlarni olib bordi va bu uchun Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ustoz “Yadro fizikasi ilmiy maktabi anʼanalarini muvaffaqiyatli davom ettirdi va rivojlantirdi. Uning rahbarligida 6 fan doktori va 30 ga yaqin fan nomzodi tayyorlandi. T.Mo‘minov bugungi kunda ham kafedra professori sifatida talaba va magistrantlarga saboq berish bilan birga yadro fizikasi laboratoriyasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlariga, magistrantlar va tayanch doktorantlarning dissertatsiya ishlariga rahbarlik qilib kelmoqda.
Yadro fizikasi laboratoriyasi bugun universitet rahbariyatining sa’y-harakati bilan qayta ta’mirlanib, jahon andozalariga mos jihozlandi. Laboratoriyada sintillyatsion alfa, beta va gamma spektrometrlar, sintill­yatsion detektorlar, dozimetrlar, krio­gen qurilmasi va radiobiologik o‘lchash asbob­larida talabalar, magistrantlar, tayanch doktorantlar va ilmiy xodimlar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Bir so‘z bilan aytganda, yadro fizikasi laboratoriyasi keyingi yillarda respublikamizda kadrlar tayyorlashda zamonaviy ilmiy-tadqiqot markaziga aylandi.
Mustaqillik yillarida yadro fizikasi il­miy maktabining O‘zFA akademigi T.Mo‘minov, prof. M.Mo‘minov, prof. I.Xolboyev, prof. U.Solihboyev, prof R.Ibodov, prof. E.Bozorov, prof. R.Bekmirzayev, dots. Sh.Xushmurodov, dots. A.Xoliqulov, dots.Sh.Omonov, dots. G.Ahmedova, dots. T.Hazratov, dots. S.Sharipova, dots. O.Qobilov, dots. I.Suvanov, dots. X.Tillayeva, f-m.f.n. A.Safarov, f-m.f.n. M.Sultonov va dots. O.Mamat­qulov kabi o‘nlab vakillari respublikamiz va jahonda yadro fizikasi fanining rivoji hamda kadrlar tayyorlash ishiga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shdi va qo‘shib kelmoq­da. Bugungi kunda ham yadro fizikasi va astrono­miya kafedrasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Kafedrada “Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi” va “Astronomiya” ixtisosliklari bo‘yicha 4 nafar tayanch doktorant yadro fizikasi va yadro texnologiyasi, yadro energetikasi, radiatsion ekologiya va astronomiya, astrofizika sohalarida ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. 2021-yilda turli mutaxassisliklar bo‘yicha magistratura yo‘nalishini tamomlagan 14 nafar iqtidorli talaba kafedraga, Samarqand tibbiyot institutiga, Samarqand shahridagi Prezident maktabiga, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Navoiy kon-metallurgiya kombinati kabi nufuzli tashkilotlarga ishga yuborildi.
Atom energetikasi sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha xorijiy ilmiy markazlar bilan ham hamkorlik qilinmoq­da. Kafedra xodimlari Azizbek Majidov MIFIda yadro texnologiyalari ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranturada o‘qiyotgan bo‘lsa, M.Mirkamolov Xitoy Fanlar akademiyasi Xitoy ilm-fan va texnologiyalar universitetida radiatsion ekologiya, yadro texnologiyalari, yadro energetikasi, kosmik nurlar va astrofizika sohalarida tayanch doktoranturada tahsil olmoqda. Kafedra assistenti Dilshod Hakimov Belorussiya milliy fanlar akademiyasi, yadro tadqiqotlar institutida tayanch doktoranturada tahsil olmoqda.
Samarqand davlat universiteti mustaqillik yillarida Xalqaro atom nazorati (MAGATE) tashkiloti bilan o‘quv va ilmiy laboratoriyalarni zamonaviy asbob va qurilmalar bilan jihozlash hamda xorijiy mamlakatlarda yosh mutaxassislarning ilmiy stajirovkalarini tashkil qilish bo‘yicha hamkorlik qilib kelmoqda. Hamkorlik doirasida 2012–2015-yillarda MAGATE agentligining 600 ming AQSH dollari hajmidagi granti hisobiga atom va yadro fizikasi o‘quv laboratoriyalari, kafedra ilmiy laboratoriyalari zamonaviy asboblar va qurilmalar bilan jihozlandi. 2019-yilda Agentlikning 80 ming dollarlik granti hisobiga suyuq azot ishlab chiqaradigan “Kriogen” qurilmasi ishga tushirildi. Kafed­ra assistenti Akmal Safarov rahbarligida 2020-yilda agentlikning Uzb-0006 “Buil­ding Capacity in the Peaceful Use of Nuclear Seience and Technologies at the National University of Uzbekis­tan and the Samarkand State Univer­sity” loyihasi doirasida “Yadro fizikasi” kafed­rasidagi o‘quv va ilmiy laboratoriyalarni zamonaviy asboblar bilan jihoz­lash uchun loyiha quvvati 188360 yevro bo‘lgan grant ham qo‘lga kiritildi. Bu loyiha bo‘yicha 2020-2021-o‘quv yilida universitetda “Dozimetriya asoslari va radiatsion ekologiya”, “Yadro elektronikasi” va “Yadro reaktorlarining fizikaviy asoslari” o‘quv laboratoriyalari tashkil etildi. Shu­ningdek, A.Safarov yosh olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi Massachusets (AQSH) universitetining 40 ming dollarlik grantini ham olishga sazovor bo‘ldi.\
Kafedra professor-o‘qituvchilaridan dotsentlar Sh.Xushmurodov, O.Mamat­qulovlar f.m.f.n A.Safarov, PhD A.Safarov, A.Azimov va U.To‘xtayevlar xalqaro MAGATE agentligining moliyaviy ko‘magi bilan mustaqillik yillarida Avstriya, Italiya, AQSH, Xorvatiya, Rossiya, Angliya, Shotlandiya, Finlandiya, Qozog‘iston kabi mamlakatlarda xalqaro ilmiy seminarlarda ma’ruza qildi, stajirovkada bo‘ldi va bir necha bor agentlik­ning grantlarini qo‘lga kiritishdi.
Kafedra assistenti Z.Mirtoshev 2018-2020-yillarda Hindistonning Ahmadobod shahridagi “Xalqaro aerokosmik tadqiqotlar markazi”da tayanch doktoranturani o‘tadi va PhD doktorlik dissertatsiyasini himoyaga tayyorladi hamda 2021-yilda hind olimlari bilan hamkorlikda “Koronal massa tashlanmalarining kosmik ob-havoga ta’siri” mavzusida loyiha quvvati 575 million so‘mlik grantni olishga muvaffaq bo‘ldi.
Atom energetikasi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda kafed­ra olimlari Belarus Milliy fanlar akademiyasi, yadroviy tadqiqotlar universiteti Birlashgan yadroviy tadqiqotlar instituti (BYTI, Dubna), Moskva davlat universiteti yadro texnologiyalari laboratoriyasi hamda “MIFI” yadro tadqiqotlar universiteti, O‘zFA yadro fizikasi va astronomiya institutlari, O‘zMU “Yadro fizikasi” kafedrasi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati kabi nufuzli tashkilotlar va ilmiy markazlar bilan kadrlar tayyorlash borasida hamkorlik qilishmoqda.
Prezidentimizning 2017-yil 8-no­yabrdagi “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2018-yil 19-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2019-yil 16-oktabrdagi PQ-4492-sonli qaror va farmonlariga ko‘ra O‘zbekistonda atom elektrostansiyasini (AES) qurish va yaqin kelajakda mamlakatni elektr energiyasi bilan to‘liq ta’minlash bo‘yicha sohada malakali mutaxassislar tayyorlash masalasida Samarqand davlat universitetida ham ishlar reja asosida olib borilmoqda.
Fizika bakalavriat ta’lim yo‘nalishi­ning o‘quv rejasiga “Fizikaviy ekologiya (Ra­diatsion ekologiya)”, “Yadro texnologiyalari va yadro energetikasi”, “Amaliy yadro fizikasi va yadro energetikasi” kabi fanlar kiritildi. Fizikaviy ekologiya fanining dasturiga tabiiy va antropogen radiatsion fonning shakllanishi, radioaktiv nuklidlarning turli obyektlarda tarqalishi, atrof-muhitning radioaktiv ifloslanishi, atom energetikasinig radioaktiv chiqindilari, yadro reaktorlari, yadroviy nurlanishlarning hosil bo‘lishi va ulardan himoyalanish kabi dolzarb mavzularda talabalarga ma’ruzalar o‘qilmoqda. Hozirda yadro texnologiyalari va yadro energetikasi fani yuqori kurs talabalariga ixtisoslik fani sifatida o‘tilmoqda.
Shuningdek, magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalariga ham bir qator fanlar kiritildi. 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab Yadro fizikasi va yadro texnologiyalari (qo‘llash sohalari bo‘yicha) muta­xassisligi bo‘yicha magistraturaga qabul eʼlon qilindi va bu sohada ham malakali kadrlar tayyorlash vazifa qilib qo‘yilgan.
Kafedrada eng iqtidorli talabalar selek­siya qilinib, ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilinmoqda, kafedra ilmiy seminarlarida muntazam ma’ruzalar tashkil etilib, yadro fizikasi, radiatsion ekologiya, fizikaviy ekologiya, yadro meditsinasi, yadro texnologiyalari va yadro energetikasi hamda radionuklidlarning inson organizmiga ta’siri kabi dolzarb mavzularda ma’ruzalar qilinmoqda.
Mazkur ishlardan asosiy maqsad fizika fanini yanada rivojlantirish, sohaga iqtidorli yosh mutaxassislarni jalb etish, ularni xorijiy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlariga stajirovkalarga yuborish orqali Respublikamizdagi nufuzli ta’lim va ilmiy markazlar bilan hamkorlikda yadro fizikasi va texnologiyalari hamda yadro energetikasi sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdan iborat.

Download 13,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish