O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
“FIZIKA-TEXNIKA” FAKULTETI
“FIZIKA” KAFEDRASI
“Fizika” yo’nalishi 19.11-guruh
talabasi Homidov Jamshidbekning
“ATOM YADROSI VA ELEMENTAR ZARRALAR FIZIKASI”
fanidan
“Yadro fizikasi sohasiga katta hissa qo`shgan SamDu olimlari. Professor Muso Muminov va uning ilmiy maktabi ” mavzusidagi
KURS ISHI
Kurs ishi rahbari: ______________________________________________
Lavozimi (F.I.O)
Farg’ona – 2022
Yadro fizikasi sohasiga katta hissa qo`shgan SamDu olimlari. Professor Muso Muminov va uning ilmiy maktabi.
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………….…..……3
I BOB. Yadro fizikasi
Yadro fizikasi fanining rivojlanishi…………………………………………5
Yadro modellari....................……………………………………….......….12
II BOB. Yadro fizikasining O`zbekistondagi taraqqiyoti
2.1 SamDu olimlari. Professor Muso Muminov va uning ilmiy maktabi…….…22
2.2 Yadro fizikasining hayotimizdagi ahamiyati……………………………......27
YAKUNIY XULOSA…………………………………………………………....34
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati…………………………………………….35
KIRISH
«Yoshlarimizning ma`naviy salohiyatga ega bo`lib, dunyo miqyosida o`z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo`sh kelmaydigan insonlar bo`lib kamol topishi, mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va baxtli bo`lishi uchun davlatimizning va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz»
Sh.M.Mirziyoyev.O`zbekiston Respublikasi Prezidenti.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yurtimizda fizika fanini rivojlantirish strategiyasini belgilab berdi. Mamlakatimizda fizika fanining rivoji bevosita universitetlarda olib borilayotgan fizik ta’limning sifatiga bog‘liq bo‘lsa, ta’limning sifati esa ko‘p jihatdan kadrlar salohiyatiga bog‘liq. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2021-yilda fizika va chet tillarini o‘rganishni ustuvor yo‘nalish etib belgilashni taklif qildi Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida mamlakat taraqqiyotining zamini, hech shubhasiz, ilm-fan va innovatsiyalar ekanini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi.Kelgusiyilda ilm-fan sohasida oilygohlar va ilmiy tashkilotlardagi doktorantlar soni 4,5 mingtaga yetkaziladi yoki 2017 yilga nisbatan 3 barobarga oshiriladi.
Joriy yilda ilk bor matematika, fizika, kimyo-biologiya va geologiya fanlarini ta’lim va ilmning ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilab, ularni kompleks rivojlantirish choralari ko‘rildi. Jumladan, 98 ta ixtisoslashgan maktab hamda Geologiya fanlari universiteti tashkil etildi. O‘quv dasturlari tubdan qayta ko‘rib chiqildi, o‘qituvchilarning ish haqi oshirildi.Endi keyingi yil uchun ustuvor ilm-fan yo‘nalishlarini belgilab olishimiz kerak.Agar tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, dunyodagi deyarli barcha kashfiyot va texnologiyalarni yaratishda fizika fani fundamental asos bo‘lganini ko‘ramiz.
Haqiqatan ham, fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, mashinasozlik, elektrotexnika, IT, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib bo‘lmaydi. Buyuk mutafakkir shoirimiz Mir Alisher Navoiy o‘z davrida yoshlarga murojaat qilib, “Quyoshliq istasang, kasbi kamol et”, deb yozganlar. Chindan ham, odamlarga quyoshdek beminnat nur tarqatishni, yaxshilik qilishni istaydigan inson kamolotga intilib, turli ilm va kasb-hunarlarni o‘zlashtirishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |