Fazoviy tahlilni tamiynlovchi jarayonlar Reja



Download 9,33 Mb.
bet20/21
Sana10.06.2022
Hajmi9,33 Mb.
#651052
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Fazoviy tahlilni tamiynlovchi jarayonlar

Ko‘rinish soyasi (Viewshed) tahlili jarayoni er, suv va boshqa atrof-muhit elementlarining ma’lum balandlikdan ko‘rinishini tahlil qilishdan iborat. Bu tahlil asosan shaharsozlik, arxeologiya va harbiy ishlarda qo‘llaniladi. GATda bu tahlil ma’lum bir ko‘rish nuqtasidan ko‘rinadigan maydonlarni hisoblash orqali raqamli yuza modeli (DTM) dagi elementlarni kuzatish va ko‘rinarli maydonlarni aniqlash uchun qo‘llaniladi. Qisqacha qilib aytadigan bo‘lsak, kuzatuv uskunasini turli xil balandliklarga qo‘yish orqali raqamli modellarni ularning zaruriy tafsilotlari bilan tasvirlashga xizmat qiladi.
Kuzatuv uskunasi bu erda kosmik sun’iy yo‘ldoshga o‘rnatilgan sensorlardir. Kuzatuv uskunasi holati er sathidan yuqorida yoki dengiz sathining balandligida qo‘yib o‘zgartirilishi mumkin. Agar kuzatuv nuqtasi bo‘lsa, har bir kuzatuv uskunasi signallari etib borgan kataklarga boshqacha qiymat, signallar etib bormagan kataklarga boshqa qiymat beriladi va natijada ikki xil qiymatli rastr katakchalar hosil bo‘ladi (4.32-rasm).

4.32-rasm. Ikki kuzatuvchi orqali ko‘rinish soyasi tahlilini yaratish
(Manba: Bxatta, 2008)

Bunday tahlil ishi hududning joylashuvini rejalashtirishda, kommunikatsiya yoki kuzatuv maqsadlari uchun qo‘llaniladigan minoralarni joylashtirishda, oddiy misol orqali tushuntiradigan bo‘lsak, uyali telefonlar stansiyasini o‘rnatishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.


Suv ayirish (Watershed) tahlili. Bizga ma’lumki, daryolar yoki boshqa suv havzalari asosan kichik-kichik suv o‘tkazuvchi kanallar, ariqlar yoki irmoqlardan hosil bo‘ladi. Bu tahlilda asosan daryo yoki boshqa suv havzasini tashkil etgan irmoqlarning boshlanishidan to daryoga borib qo‘shilguniga qadar qamrab olgan maydon, so‘ngra barcha irmoqlar hisobga olingan holda tasvirlanadi.

4.33-rasm. Suv ayirish tahlili (Manba: Bxatta, 2008)

4.33-rasmdan ko‘rinib turibdiki, daryoga etib borguncha kichik irmoqlar katta irmoqlarga, ular o‘z navbatida, o‘zidan kattaroq irmoqlarga qo‘shilib boradi. Suv ayirish tahlilida suvning oqimi va yo‘nalishining harakati dasturlanib tahlil qilinadi. Ushbu tahliliy jarayon suv oqimini hisoblash, suvlarning barcha hududlarga etib borishi, suv resurslarining sifati va monitoringini yuritishda, shuningdek, regional ko‘lamda ekotizim monitoringini yuritishda keng qo‘llaniladi.



Download 9,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish