Fazoviy tahlilni tamiynlovchi jarayonlar Reja



Download 9,33 Mb.
bet16/21
Sana10.06.2022
Hajmi9,33 Mb.
#651052
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Fazoviy tahlilni tamiynlovchi jarayonlar

9. Overley operatsiyasi
Fazoviy axborotlarni tashkillashtirishda eng keng tarqalgan tamoyillardan biri bu qatlamlashtirish tamoyilidir. Uning mazmuni shundan iboratki, biror-bir hudud haqida fazoviy ma’lumotlar aniq talablarga javob beruvchi mavzuli overley (qatlamlar) ko‘rinishida saqlanadi (4.24-rasm). Har bir qatlam bir yoki bir necha mavzularga bog‘liq axborotlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, tabiiy resurslarni boshqarishda bunday mavzularga geologik qazilmalarga oid ma’lumotlar, tuproqqa oid ma’lumotlar, relef, transport tarmog‘i haqidagi ma’lumotlar kirishi mumkin. Bunday usulda ishlash avvalgi qog‘ozli kartalardan tubdan farq qiladi. Eski usulda har bir mavzuli ma’lumot kartalardan kalka qog‘ozlarga bostirilib olingan.



4.24-rasm. Qatlamlarga ajratilgan karta (Manba: Internet)

Overley (overlay) operatsiyasi bu ikki yoki undan ortiq qatlamlarni biri-biriga ustma-ust qo‘yish orqali grafik qatlamlar yig‘indisidan tashkil topgan shakl (karta) hosil qilishdir. Bunda fazoviy ma’lumotlar to‘plami, to‘plamning topologiyasi va atribut ma’lumot mavjud bo‘ladi.
Bu operatsiyalarga quyidagilar kiradi:

  • nuqtaning poligonga tegishliligini aniqlash;

  • chiziqning poligonga tegishliligini aniqlash;

  • poligonning poligonga tegishliligini aniqlash;

  • ikkita poligonli qatlamni ustma-ust qo‘yish;

  • yangi qatlam hosil bo‘lishi bilan bir xil sinfli poligonlardagi chegaralarni yo‘qotish;

  • obektlar kesishuvidagi chiziqlarni aniqlash;

  • bir xil turdagi obektlarni birlashtirish;

  • chiziqli obektlarga tegishli nuqtalarni aniqlash va boshqalar.

Overley operatsiyasi ikki xil usul yordamida bajariladi. Bular vektor va rastr overley operatsiyalaridir.
Vektor overley operatsiyasi. Vektor ma’lumotining overley operatsiyasi birmuncha murakkab tuzilgan, chunki bunda nuqtalar, chiziqlar va maydonlar orasidagi fazoviy bog‘liqliklarning topologik jadvallari yangilab turilishi kerak. Overley jarayonida atribut ma’lumot kartada bog‘langan obektga biriktirilishi lozim, ya’ni kartadagi ma’lum bir poligon yoki fermer xo‘jaligi maydoni egasi er to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega va bu ma’lumotlarni atribut ma’lumotlar deydigan bo‘lsak, ular jadvallarda yozilgan bo‘ladi. Overley operatsiyasida shu bog‘liqlikni saqlab qolish kerak bo‘ladi. Overley operatsiyasining qaysi jarayonda ketishi bu foydalanuvchining maqsadiga qarab modellanishiga bog‘liq. Umumiy qilib aytganda, GAT dasturi turli xil vektor ma’lumotlarning overley ishini fazoviy qatlamlarning atribut ma’lumotlar fayllarini bog‘lash orqali yangi qatlam hosil qiladi. Turli GAT dasturlari overley operatsiyasining ishini turli xil usullarda bajaradi, ya’ni bu erda barcha dasturlar uchun yagona bo‘lgan usul yo‘q, lekin oxirgi maqsadi yoki natijasi bir xil bo‘lishi mumkin.







4.25-rasm. Vektor overleyning turlari (Manba: Internet)
Vektor overleyning uchta turi mavjud bo‘lib, ular nuqta maydon ustidagi overley, chiziq maydon ustidagi overley hamda maydon ustidagi overleydir (4.25-rasm).
Rastr overley operatsiyasi. Ikki yoki undan ortiq rastr qatlamlarni o‘zaro bir-biri bilan birlashtirib qatlam hosil qilish vektor overley operatsiyasiga nisbatan osonroqdir (4.26-rasm). CHunki bunda hech qanday topologik operatsiyalar hisobga olinmaydi, balki piksel va piksel operatsiyasi hisobga olinadi. Rastr ma’lumot tahlilida ma’lumotlar yig‘indisining overley operatsiyasi ma’lum bo‘lgan “rastr tasvirlarni mahalliy boshqarish yoki karta algebrasi” deb atalgan vazifa orqali amalga oshiriladi. Bunda har bir rastrda fi matritsa qiymati matematik hisob-kitoblar asosida bog‘lanadi. Rastr overleyda piksel yoki tasvirdagi grid katakchalar qiymatlari arifmetik yoki Boolean operator yordamida qo‘shimcha kartada yangi qiymat hosil qilinadi. Rastr GAT karta qatlamlarida bevosita turli matematik amallarni bajarishga yordam beradi.



4.26- rasm. Rastr overley (Manba: Internet)




Download 9,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish