Fazoviy tahlilni tamiynlovchi jarayonlar Reja


Maydon tahlili tamoyillari



Download 9,33 Mb.
bet14/21
Sana10.06.2022
Hajmi9,33 Mb.
#651052
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
Fazoviy tahlilni tamiynlovchi jarayonlar

8. Maydon tahlili tamoyillari
Buferlash. Geoaxborot tizimidagi o‘zgartirishga bog‘liq operatsiyalardan eng muhimlaridan biri bu bufer operatsiyasidir. Kartada berilgan istalgan nuqta, chiziq yoki poligon kabi obektlardan bufer operatsiyasi orqali yangi shakl yoki obekt hosil qilinishi mumkin. Bunda o‘sha berilgan boshlang‘ich obekt (nuqta, chiziq, maydon) dan qancha masofada joylashganligini o‘zimiz maxsus buyruqlar orqali o‘lchamlar berishimiz mumkin. Umuman olganda, GATdagi har bir qo‘llanmada bufer, bufer zona, buferlash, bufer tahlili kabi tushunchalarga duch kelamiz. Xo‘sh, bu so‘zlarning zamirida qanday ma’no yotadi? Keling, bu haqda batafsilroq to‘xtalib, ta’riflar orqali tushunishga harakat qilamiz.
Bufer bu geografik qatlamda belgilangan shakldan ma’lum masofada va bir xil uzoqlashgan zonadir. Belgilangan obekt yoki shakldan zona chegarasigacha uzoqlashish uzunligiga bufer masofasi deb ataladi. Buferlar belgilangan obektga nisbatan doimiy (o‘zgarmas) va o‘zgaruvchan masofalarda qo‘yilishi ham mumkin. Bufer zona (sin. bufer) – bu bir-biridan teng masofada uzoqlashgan chiziqlarni hisoblash va qurish orqali hosil bo‘lgan poligonal qatlamdir. Bufer zonalarini hisoblash va qurish jarayoni buferlash operatsiyasi orqali amalga oshiriladi.
Bufer tahlil. Bufer tahlil geografik belgini o‘rab turgan maydonni aniqlash uchun qo‘llaniladi. Bu jarayonda berilgan belgi atrofida bufer hosil qilinishi bilan dastlabki ish boshlanadi. Bundan so‘ng o‘sha belgilar hosil qilingan buferlar chegarasining tashqarisida yoki ichkarisida joylashganligi aniqlanadi. Sodda qilib tushuntiradigan bo‘lsak, bizga berilgan shakl, masalan, nuqta, chiziq va poligonlar berilgan o‘lcham bo‘yicha teng masofada kengayadi va nuqta doira, chiziq oval va poligon esa kattaroq poligon shakliga kiradi (4.20-rasm).

4.20-rasm. Nuqta, chiziq va poligonning buferlangan tasviri
(Manba: Internet)
Masalan, GAT yordamida zararli kimyoviy moddalar omboridan kimyoviy chiqindilarning tashqariga chiqib ketishi ro‘y bersa, mazkur favqulodda vaziyat uning yaqinida joylashgan kasalxonaga qanchalik darajada va qancha vaqt oralig‘ida ta’sir qilishi mumkinligini tahlil qilish mumkin. Bunda har bir omborda joylashgan kimyoviy modda joyi nuqta bilan belgilab olinadi va kimyoviy elementning kuchli va kuchsiz shamol bo‘lgan paytidagi xususiyatiga qarab tarqalish tezligi to‘g‘risidagi axborot kiritib qo‘yiladi va u buferlash operatsiyasiga bog‘lanadi. SHunda har bir nuqta kimyoviy element xususiyatiga qarab turlicha bufer zonalarini beradi. Demak, bu kartaga qarab agar favqulodda vaziyatlar bo‘lib qolsa, qaysi kasalxonalarni birinchi navbatda evakuatsiya qilish kerakligini bilib olishimiz mumkin bo‘ladi (4.21-rasm).
Agar buferlashning ahamiyati to‘g‘risida yana misol keltiradigan bo‘lsak, o‘rmonchilik bilan shug‘ullanuvchi kompaniya o‘zining berilgan eridan 100 metr radiusda joylashgan daraxtlarni kesmoqchi. GATda kartada 100 metr berilgan radiusda bufer hosil qilinadi va kerak bo‘lsa, tahlil ishlari bajariladi yoki do‘kon qurmoqchi bo‘lgan firma qurilishi mo‘ljallangan yangi do‘kondan 4 km masofa radiusda qancha iste’molchilar mavjudligini bilmoqchi bo‘lsa, bu buferlash orqali osongina amalga oshiriladi. Bu esa do‘konning qanday potensial bilan ishlashi kerakligi to‘g‘risida tushuncha beradi.

4.21-rasm. Buferlangan kimyoviy moddalar joylashgan ombor va kasalxona (Manba: Internet)
Bufer operatsiyasining aniqligi mavjud fazoviy ma’lumotning sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday ma’lumotning sifatiga manba aniqligi, ya’ni kartalar va kosmik suratlar aniqligi ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, ma’lumot olish va ularni qayta ishlash jarayoni bo‘lgan raqamlashtirish, suratlarni deshifrlash va kartalar koordinatalarini o‘zgartirish kabi jarayonlar ham sifatga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Buferlash operatsiyasini ham rastr, ham vektor formatdagi kartalarda amalga oshirish mumkin.
Topologiya – bu geometrik jihatdan bir-biriga bog‘liq bo‘lgan shakllarning majmuasi va ilmidir. Topologik modellar kartalar elementi va kartani to‘laligicha grafik ravishda tasvirlashga imkon beradi. GATning boshqa dasturiy tizimlardan farqi ham aynan topologiyalar bilan ishlashga mo‘ljallanganligidadir. Topologiya obektlarning fazoviy bog‘lanishlarini aniqlovchi jarayondir. SHuni aytish joizki, kartalardagi chiziqli va maydonli obektlar uchun topologiya tushunchasi turlicha qo‘llaniladi. Masalan, chiziqli obektlarning topologiyasi chiziqlar to‘plamida ularning bir-biriga aloqadorligi, yo‘nalishi va uzunliklari aniqlanganda qo‘llanilsa, maydonli obektlar topologiyasi deganda maydonlarning mazmuni, bir-biriga nisbatan joylashuvi (qo‘shni joylashuvi) kabilar tushunilishi zarur.

Download 9,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish