Kursor orqali belgilash. Bu fazoviy ma’lumotlar asosida so‘rovning eng oddiy turidir. Masalan, tasvirlangan obektlarning atributlarini ko‘rsatish uchun grafik kursor yordamida belgilash etarli bo‘ladi (bu obektning ustiga sichqonchani olib borib, chap tugmani bosish yoki umumiy maydonni belgilash orqali bajariladi).
Grafik obektlar orqali belgilash. Fazoviy ma’lumotlar asosida so‘rovning bu usuli grafik obektlar (nuqta, chiziq, to‘g‘ri burchak, aylana yoki poligon) ni kartadan xususiyatlarni belgilash uchun ishlatadi. Bunda kartadagi xususiyatlar grafik obektlarning ichida va tashqarisida joylashgan yoki ular bilan kesishgan bo‘lishi mumkin. Masalan, kartada chizilgan aylana ichidagi barcha maktablarni belgilash.
Fazoviy bog‘liqlik asosida belgilash. Bu so‘rov kartadagi belgi va xususiyatlarning boshqa belgi yoki xususiyatlarga nisbatan fazoviy hamda topologik bog‘liqligiga asoslanib belgilashda juda qulaydir. Belgilanayotgan xususiyat ayni kartada yoki boshqa-boshqa qatlamda joylashgan bo‘lishi mumkin. Bu usulning o‘zi ham quyidagi turlarga ajraladi:
Qamrab olish so‘rovi (Containment query). Bu fazoviy bog‘liqlik turida kartada ma’lum bir maydon ichidagi belgilar yoki obektlar belgilanadi. Bunday obektlarga nuqtali, chiziqli va poligonli turlarni kiritishimiz mumkin. Bu usulda biz bir qatlamdagi poligon asosida boshqa qatlamdagi xuddi shu obekt ichidagi nuqtali, chiziqli yoki poligonli obektlarni topishimiz mumkin.
Quyidagi rasmga ko‘ra, biz berilgan daryoning bor qismini o‘z ichiga olgan er uchastkalarini topishimiz mumkin. Qaysi er uchastkalari daryoning bir qismini olishini bilganimizdan so‘ng qaysi belgilangan hududlar o‘sha biz topgan er uchastkasini o‘zida qamrab olishini topishimiz mumkin bo‘ladi.
4.15-rasm. Qamrab olish so‘rovi (Manba: Internet)
Qo‘shni belgilash so‘rovi (Adjacency query). Bu usulda belgilanayotgan obektlarga qo‘shni yoki keyingi bo‘lgan obektlar belgilanadi. Uning yaqinlik (proximity) so‘rovidan farqi shundaki, bunda berilgan obektga nisbatan belgilanayotgan yoki so‘ralayotgan obekt nol masofada joylashgan bo‘ladi. Bunda asosiy yoki tayanch obektga nisbatan belgilanoyotgan obekt unga ulanib, umumiy chegara yoki nuqtaga ega bo‘ladi.
Quyidagi rasmda ko‘k rangda tayanch obektimiz bo‘lgan gipermarket va sariq rangdagi unga tutashgan boshqa tijorat yoki uy-joy binolari (a) hamda undan pastdagi rasmda qizil bu tayanch obekt, sariq rangdagi so‘ralgan yoki belgilangan obekt (b) berilgan. SHuni yodda tutish kerakki, bunda obektlar bir-birining ustiga ustma-ust (overlap) tushmaydi. YAna bir misol, bu kartada biror tuman belgilangan bo‘lsa, qo‘shimcha unga qo‘shni bo‘lgan tumanlar interaktiv yo‘l orqali belgilanadi.
|
4.16-rasm. Qo‘shni belgilash so‘rovi (Manba: Internet)
|
Do'stlaringiz bilan baham: |