Kesishuv so‘rovi (Intersect query). Bu usul yordamida berilgan obekt bilan kesishuvchi boshqa obektlar belgilanadi. Masalan, bizga kerakli bo‘lgan katta yo‘l bor va bu usul orqali shu katta yo‘lni kesib o‘tadigan shaharlar belgilanadi. Boshqa yana bir misol: bizga Sirdaryo daryosi kesib o‘tadigan davlatlar yoki ularning viloyatlarini belgilash berilgan. Quyidagi rasmda yo‘l faqat a va b hududlarni kesib o‘tgani uchun belgilandi va o‘z navbatida, c va d obektlar qoldirildi.
|
4.17-rasm. Kesishuv so‘rovi (Manba: Internet)
|
YAqinlik so‘rovi (Proximity query). Bu usul yordamida belgilanayotgan joy yoki obektdan ma’lum masofada joylashgan (o‘sha masofa ichida) barcha obektlar belgilanadi va ma’lumot olinadi. Bu so‘rov turi berilgan qatlamdagi siz belgilagan obektdan ma’lum (berilgan) masofada yoki qo‘shni masofada boshqa (turini siz ko‘rsatasiz) obektlarni topishda qo‘llaniladi. Masalan, ushbu so‘rov orqali markaziy gipermarketdan 500 metr masofadagi boshqa do‘konlar yoki uylarni belgilashingiz mumkin. SHuni yodda tutingki, bunda siz izlamoqchi bo‘lgan obektlar turli qatlamlarga ajratilgan yoki ma’lumotlar bazasida turli ID kodlar bilan kiritilgan bo‘lishi kerak.
4.18-rasm. Belgilangan gipermarketdan 500 metr masofadagi obektlar (Manba: Internet)
Masalan, bizga ma’lum bo‘lgan ko‘chaning har ikkala tarafidan 80 metr masofada joylashgan barcha uy-joy va do‘konlarni belgilab, ular to‘g‘risida ma’lumot beriladi. Buferlash operatsiyasi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Buferlash ham, o‘z navbatida, bir qancha usullar orqali yaratiladi, lekin bunda nuqta, chiziq yoki maydonlar kabi obektlar orqali bufer hosil qilish eng ko‘p qo‘llaniladigan usullardir.
YUqorida keltirilgan so‘rovlarni bajarishdan ko‘zlangan asosiy maqsad belgilangan obektga nisbatan boshqa obektlarni belgilab olish va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni maxsus baza yoki jadvallardan olib, ular asosida turli tahliliy ishlar bajarish hamda qarorlar qabul qilishdan iboratdir.
Fazoviy so‘rovlar yoki belgilashlarni bajarishda qatlam ustiga boshqa bir yoki bir nechta qatlamni ustma-ust qo‘yish orqali tahliliy ishlarni olib boramiz, ya’ni barchasining asosida qatlamlarni ustma-ust qo‘yish orqali belgilash usuli yotadi. Bu usulda birinchi qatlam belgilovchi qatlam va nishon qatlamlardan iborat bo‘ladi. Belgilovchi qatlamdagi obektlar belgilash uchun xizmat qiladi va nishon qatlamdagi obektlar belgilanadi. Misol uchun, siz maktabdan 2,5 km masofadagi ro‘yxatga olingan hududlarni bilish uchun yaqinlik so‘rovini (proximity) bajarmoqchisiz. Bu misolimizda maktab belgilovchi qatlamda va ro‘yxatga olingan hududlar qatlami esa nishon qatlamda joylashadi. Demak, pastdagi rasmda maktabdan 2,5 km masofadagi talabga javob bera oladigan, ro‘yxatga olingan hududlar sariq rangda belgilangan.
|
4.19-rasm. Qatlamlarni ustma- ust qo‘yish orqali belgilash (Manba: Internet)
|
Do'stlaringiz bilan baham: |