Yurakning ishi — kiskarish chastotasi va kuchi — organizmning aktivligiga va u yashayotgan muxitning turli sharoitiga karab uzgaradi. Organizmning faoliyatiga va tashki muxit sharoitiga yarasha kon bilan ta’minlanishi kup jixdtdan shunga boglik. Yurak ishining bunday uzgaruvchanligi va organizm talablariga moslanishi regulyasiyaning nerv va gumoral mexanizmlari tufayli ruyobga chikadi.
Yurak innervatsiyasi
Yurakka markaziy nerv sistemasidan simpatik va adashgan (sayyor) nervlar orkali keluvchi impulslar yurakning nerv regulyasiyasini amalga oshiradi. Barcha vegetativ nervlar singari, yurak nervlari xdm ikki neyrondan tarkib topgan. Uzunchok miyada yotgan birinchi neyronning usiklari adashgan nervni xosil kiladi. Adashgan nervning bu neyroni yurakning intramural gangliylarida tugaydi. SHu erdagi ikkinchi neyronning usiklari sinoatrial tugunga, bulmalarning muskul tolalariga va atrioventrikulyar tugunga boradi. YUrak korinchalari adashgan nervdan innervatsiya olmaydi. YUrakka impulslarni utkazuvchi simpatik nerv sistemasining birinchi neyronlari orka miya kukrak bulimining yukoridagi beshta segmentining yon shoxlarida joylashgan. Bu neyronlarning usiklari buyindagi va kukrak yukorisidagi simpatik tugunlarda tugaydi. YUrakka usiklar beradigan ikkinchi neyron shu simpatik tugunlarda buladi. YUrakni innervatsiyalaydigan simpatik nerv tolalarining kupchilik kismi boshlanadi.
Adashgan nervlarning yurakka ta’siri. Adashgan nervlarning yurakka ta’sir etishini aka-uka Veber 1845 yilda birinchi marta kursatib berishgan. Ular bu nervlarga ta’sir etilganda yurak ishi xdtto diastolada butunlay tuxtalib kolishgacha tormozlanishini topishdi. Organizmda nervlarning tormozlovchi ta’sir kursatishi birinchi marta shu tarika aniklangan edi. Adashgan nervni kirkib, periferik uchiga elektr toki bilan ta’sir etilganda effekt intensivligi nervni ta’sirlash kuchiga boglik. Ta’sirot kuchi past bulsa, yurak kiskarishlari sekinlashadi (yurak siyrakrok uradi). Bu xddisa manfiy xronotrop effekt deb ataladi.
Ayni vaktda yurakning kiskarishlar amplitudasi kamayadi - manfiy inotrop effekt deb shuni aytiladi. Adashgan nervga kuchli ta’sir kursatilsa, yurak ishi biroz vakt tuxtab koladi. Adashgan nervga ta’sir etilayotgan vaktda yurak muskulining kuzgaluvchanligi pasayadi, modomiki shunday ekan, uni kuzgatish uchun ancha kuchli ta’sirot talab kilinadi. Kuzgaluvchanlikning p. vagus ta’sirida shunday pasayishi manfiy batmotrop effekt deb aytiladi. Adashgan nerv ta’sirlanganda yurakning utkazuvchanligi yomonlashadi—manfiy dromotrop effekt deb shuni aytiladi. Adashgan nerv ta’sirlanganda kupincha tula atrioventrikulyar blok kuzatiladi.
Yurakning ayrim xujayralariga mikroelektrodlar kiritib potensiallarni aniklash adashgan nerv ta’sirlanganda membrana potensia-li ortishini — giperpolyarizatsiyani kursatdi. N. vagusra ta’sir etilganda bulmalarning refrakter davri kiskaradi. Adashgan nerv uzok vakt ta’sirlanganda avvaliga urmay kuygan yurak ta’sirot davom etishiga karamay yana urib ketadi. Bu xodisa yurakning p. vagus ta’siridan chikib ketishi deb ataladi.