Metgemoglobin (MeN) gemoglobinning kislorod bilan mustaxkam birikmasidir; metgemoglobin xosil bulganda temirning valentligi uzgaradi: gemoglobin molekulasidagi ikki valentli temir uch valentli temirga aylanadi. Konda metgemoglobin kup yigilib kolganda kon tukimalarga kislorod bera olmaydi va organizm bugilib ulib koladi.
Metgemoglobin jigar rangi va spektrning kizil kismida yutish chizigi borligi bilan gemoglobindan fark kiladi. Kuchli oksidlovchilar: ferritsianid (kizil kon tuzi), kaliy permanganat, amilnitrit va propilnitrit, anilin, bertole tuzi, fenatsetin ta’sir etganda metgemoglobin xosil buladi.
Karboksigemoglobin (NSO) gemoglobin temirining uglerod II oksid (is gazi, SO) bilan birikmasidir. Bu birikma oksigemoglobin (gemoglobinning kislorod bilan xosil kilgan birikmasi) ga Karaganda 150—300 baravar mustaxkamrok. Nafas bilan olinayotgan xavo tarkibida xatto 0,1% gina is gazi bulsa 80% gemoglobin uglerod N-oksid bilan birikadida, kislorodni biriktirmaydi, bu esa xayot uchun xavfli.
iborat buladi. Eritrotsitlar chukish tezligining yukori bulish sababi — kon plazmasidagi globulinlar miadorining kupayishi deb xisoblashadi.
Leykotsitlar
Leykotsitlar, yoki ots son tanachalari organizmdagi ximoya va tiklanish protsesslarida muxim rol uynaydi. Ularning asosiy vazifalari: 1) fagotsitoz, 2) antitelolar ishlash, 3) oksil tabiatli toksinlarni parchalash va chikarib tashlashdir.
Kon da leykotsitlar eritrotsitlarga Karaganda 600—800 baravar kamrok.
Katta yoshli kishining 1 mm3 konida 4000—9000 leykotsit bor. Ularning kupayib ketishi leykotsitoz, kamayib kolishi esa leykopeniya deb ataladi. Leykotsitoz bir kancha patologik protsesslar (yalliglanish) uchun xarakterli, birok soglom odamlarda (ovkat xazm kilishda, jismoniy mexnatda, ogrik sezilganda, kuchli emotsiyalarda va xokazo) xam kuzatiladi. Masalan, kiyin imtixonlar paytida studentlardagi leykotsitlar 11000 tagacha etgani kayd kilingan.
Leykotsitlar ikkita katta gruppaga bulinadi: donali leykotsitlar (granulotsitlar) va donasiz leykotsitlar (agranulotsitlar). Bu gruppalarning kelib chikishlari va vazifalari turlicha.
Granulotsitlar (eozinofillar, bazofillar, neytrofillar) kumikdagi mieloblastlardan rivojlanadi.
Eozinofillar (barcha leykotsitlarning 1—4% ini tashkil kiladi) kislotali buyoklar (zozin va b.) bilan buyaladi. Ular oksil tabiatli toksinlarni va yot oksillarni parchalash xamda zararsizlantirishda rol uynaydi. YOt oksillar ta’sirida kondagi eozinofillar soni kupayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |