Faoliyat haqida tushuncha
Inson faoliyatga yo’naltirilgan maqsadga erishish uchun shu yo’lda harakat qilishi tufayli xususiy vazifalarni bajarishga kirishadi. U o’z oldida turgan maqsadni amalga oshirish uchun ma’lum vaqt oralig’ida u yoki bu amalni bajaradi. Psixologiyada faoliyatning alohida bir xususiy vazifasini bajarishga mo’ljallangan, nisbatan tugallangan qismi (unsuri), tarkibi harakat deb nomlanadi Harakatlar natijasida odam borliqdagi narsalar xususiyati, holati, fazoviy joylashuvini o’zgartiradi. Mazkur jarayon nafaqat harakat yordami bilan, balki muayyan sa’y-harakatlar tufayli yuzaga keladi.
Faoliyat turlari. Jismoniy va aqliy harakatlar. Har qanday faoliyat real shart- sharoitlarda, turli usullarda va turlicha ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Qilinayotgan har bir harakat ma’lum narsaga - predmetga qaratilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida tasavvur qilinadi. Predmetli harakatlar tashqi olamdagi predmetlar xususiyatlari va sifatini o’zgartirishga haratilgan bo’ladi. Masalan, ma’ruzani konspekt qilayotgan talabaning predmetli harakati yozuvga qaratilgan bo’lib, u avvalo o’sha daftardagi yozuvlar soni va sifatida o’zgarishlar qilish orqali bilimlar zahirasini boyitayotgan bo’ladi. Faoliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli harakatlarning aynan nimalarga yo’naltirilganiga qarab, avvalo tashqi va ichki faoliyat farqlanadi.
Psixika haqida tushuncha
Psixologiya-bu insonlarning turli hayot va faoliyati bosqichlarida hamda har xil sharoitlarda ularning psixikasini namayon bo ‘lishi, rivojlanishi, shakllanishi, faoliyat hamda yuzaga kelish qonuniyati to’g’risidagi fan.
Psixologiya bo’yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib, psixikadir, deb ta’rif berishadi. Psixika - bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli (ba’zan ongsiz ham) tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, his qilishimiz, tasavvur qilib, anglashimizni ta’minlaydi. An’anaviy ta’riflarda psixologiya fan sifatida ana shu “psixikaning faktlarini, qonuniyatlarini va mexanizmlarini o’rganadi”, - deb ham bayon etilgan. Lekin bu qisqa ta’riflardan psixikaga aloqador jarayonlar ongning aks ettirish shakllari ekan, degan yuzaki xulosaga kelish noto’g’ri bo’ladi. Chunki inson psixikasi va uning ruhiy olamiga aloqador hodisalar va jarayonlar shu qadar murakkab va xilma-xilki, biz ba’zan o’z-o’zimizni ham tushunmay qolamiz. Shuning uchun ham odamlarning bilimdonligi nafaqat tashqi olamda ro’y berayotgan obektiv hodisalar mohiyatiga aloqador bilimlar majmuiga ega bo’lish bilan, balki hayotda munosib o’rin egallash, o’z ichki imkoniyatlari va salohiyatidan samarali foydalangan holda faoliyatini oqilona tashkil etishning barcha sirlaridan boxabar bo’lish, o’ziga va o’zgalarga ta’sir ko’rsatishning usullarini bilish va ulardan o’z o’rnida unumli foydalanishni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |