1 variant 1. Psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Psixologiya” so’zi ikkita grеk so’zlaridan - “psyuxe” - jon, ruh va “logos”- ta'limot, ilm so’zlaridan iborat bo’lib, an'anaviy ma'noda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha hodisalar va jarayonlar uning prеdmеtini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, psixologiyaning prеdmеti har birimizning tashqi olamni va o’z-o’zimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, hodisalar, holatlar va shakllangan hislatlar tashkil etadi. Psixologiya bo’yicha adabiyotlarda uning prеdmеtini qisqacha qilib, psixikadir, dеb ta'rif bеrishadi. Psixika - bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya'ni bilishimiz, anglashimizni ta'minlaydi. 2. Sezgi va sezuvchanlikning psixologik asosi. Sezgi deb atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarining miyamizda aks ettirilishiga aytamiz. Odamning tashqi dunyoni idrok qilishi sezgidan boshlanadi. Shuning uchun sezgilar o’z mohiyati jihatidan shaxsning barcha bilimlari uchun asos va manba hisoblanadi. Odam sezgilarisiz tashqi dunyo pridmetlari va voqealarini bilish imkoniyatlaridan maxrum bo’lgan bo’lur edi.Sezish – oddiy psixik jarayon bo’lib, moddiy qo’zg’atuvchilarning tegishli repseptorlarga bevosita ta’sir etishi yuli bilan moddiy dunyodagi narsa va xodisalarning aloxida xususiyatlarini va va shuning bilan birga, organizm ichki xolatining aks ettirilishidan iboratdir. 3. Shaxs dunyoqarashi va e’tiqodini shakllantirishning psixologik shart-sharoitlari. Jahon psixologiyasi ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, xulq-atvorning muhim motivlaridan biri bo‘lib e’tiqod hisoblanadi. Ba’zi manbalarda unga mana bunday ta’rif berilgan: e’tiqod- shaxsni o‘z qarashlariga, prinsiplariga, dunyoqarashiga muvofiq tarzda qarorga kelishga undaydigan muhim motivlar tizimidir. Boshqa so‘z bilan aytganda, e’tiqod shaklida namoyon bo‘ladigan ehtiyojlarning mazmuni- bu tabiat, tevarak-atrofdagi olam to‘g‘risidagi bilimlar va ularning muayyan tarzdagi tushunilish demakdir. Bu bilimlar falsafiy, estetik, tabiiy-ilmiy nuqtai-nazardan tartibga solinsa va ichki uyushgan tizimi tashkil etilsa, u taqdirga shaxsning dunyoqarashi sifatida talqin qilinishi maqsadga muvofiq. Psixologiya fani dunyoqarashining shakllanish jarayonini tadqiqot qiladi, ijtimoiy-taraqqiyot hodisalarining to‘g‘ri baholanishini, evolyusion yo‘sinda tarkib topishini, ahloqiy tamoyillar, didlar yuz berishini, tabiat hodisalariga va jamiyatning qonuniyatlariga nisbatan qarashlarning shakllanishi qay tariqa yuz berishini va boshqalarni aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |