Tashqi faoliyat shaxsni o’rab turgan tashqi muhit va undagi narsa va hodisalarni o’zgartirishga qaratilgan faoliyat bo’lsa, ichki faoliyat - birinchi navbatda aqliy faoliyat bo’lib, u sof psixologik jarayonlarning kechishidan kelib chiqadi.
Faoliyat turlari yana ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko’ra ham farqlanadi. Masalan, shunday bo’lishi mumkinki, ayrim harakatlar boshida har bir elementni jiddiy ravishda, alohida-alohida bajarishni va bunga butun diqqat va ongning yo’nalishini talab qiladi. Lekin vaqt o’tgach, bora-bora unda ongning ishtiroki kamayib, ko’pgina qismlar avtomatlashib boradi. Bu oddiy tilga o’girilganda, malaka hosil bo’ldi deyiladi.
Umumiy psixologiya metodlari.
Psixologiya, boshqa fanlar qatori o’zining o’rganish va tekshirish usullariga (metodlariga) egadir. Psixologiyada o’rganishning to’rt guruh metodi akslantiriladi.
Guruh metodlariga tashkiliy metodlar kiradi: taqqoslovchi, longityud, kompleksli metodlar kiradi.
Taqqoslovchi metod- hozirgi vaqtda umumiy psixologiyada, ijtimoiy psixologiyada, patopsixologiyada va defektologiyada keng qo’llaniladi.
Logityud metodida - bir shaxs bir necha marotaba uzoq vaqt davomida tekshiriladi.
Kompleks metodida- hozirgi sharoitda tadqiqotda har xil fanlarning nomzodlari ishtirok etadi. Bunda bitta ob’ektni har xil vositalar yordamida o’rganiladi. Bunday o’rganish usuli har xil xodisalarning bir-biriga bog’likligi va aloqasi o’rganiladi. Masalan: shaxsning fiziologik, psixologik va ijtimoiy rivojlanishidagi aloqasi.
Emperik metodlar. Bunga ko’zatish va o’z-o’zini ko’zatish; eksperiment (laboratoriya, tabiiy, shaqllanuvchi); psixologik metodlar (test, anketa, suhbat, sotsiometriya, intervyu); samarali faoliyatni tahlil qilish; biografik metodlar kiradi.
Olingan ma’lumotlarni qayta o’rganish. Bunga sonli (statistik) va sifatli (guruhlarga qarab) materiallarni ajratish, tahlil qilish metodi kiradi.
Korrektsion metod. Bunga autotrening, guruhli trening, psixoterapik ta’sir usullari, ta’lim kiradi.
Psixologiyaning asosiy metodlariga ko’zatish va eksperiment metodlari
kiradi.
Kuzatish metodi. Kuzatuv jarayonida hosil bo’lgan gipoteza ana shu o’tishning shakli hisoblanadi. Uni tekshirish yoki rad etish esa keyingi kuzatuvlarda hal bo’ladi. Psixologik kuzatuvlarning jiddiy muhim talablaridan biri aniq rejaning bo’lishi va olingan natijalarni maxsus kundalikka qayd etilishidan iborat.
Eksperiment metodi. Kuzatishdan farqli o’laroq, psixologik eksperiment tadqiqotchining faoliyatiga faol aralashuvi mumkinligini nazarda tutadi. Jumladan, tadqiqotchi psixologik fakt aniq namoyon bo’lishiga, uning tadqiqotchi xohlagan yo’nalishi bo’yicha o’zgartirilishiga, har jixatdan tadqiq qilish uchun bir necha martalab takrorlanishiga imkon beradigan shart-sharoitni yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |