Ong va ongsizlik
Psixikaning odamga xos bo’lgan oliy darajasini ong tashkil etadi. Ong psixikaning oliy, uni yaxlit bir xolga keltiruvchi shakli bo ’lib, kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan (til yordamida) doimiy muloqot qilish jarayonida shakllanishining ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlari natijasi hisoblanadi. Shu ma’noda ong «ijtimoiy mahsul» bo’lib anglangan borliqdan bo’lak boshqa narsa emasdir.
Ongning strukturasi, ya’ni tarkibining muhim psixologik ta’rifi qanday?
Uning birinchi ta’rifi nomining o’zidayoq berilgan bo’lib, ong deganidir. Kishining ongi bizning tevarak-atrofimizni qurshab turgan olam haqidagi bilimlar majmuasidan tarkib topdi. Ongning yashash usuli va ong u nimaningdir borligi bilimdir. Shunday qilib ongning strukturasiga muhim bilish jarayonlari kiradiki ular yordamida odam o’zbilimlarini doimo boyitib boradi.
Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdan iboratdir.Psixoanaliz XIX asr oxiri XX asr boshlarida avstriyalik vrach va psixolog Z.Freyd tomonidan asab kasalliklarining umumiy nazariyasi va ularni davolash metodi sifatida ilgari surilgan. Erkin assotsiasiyametodiga asoslangan Freyd ta’limotiga ko’ra psixoanalizda insonni psixik hayoti tug’ma, ongsiz mayllarga bog’lanadi; insondagi turli ruhiy kechinmalar, amalga oshmagan istaklar butunlay yo’qolib ketmaydi, balki ong doirasidan ongsizlik holatiga o’tib, psixik hayotga faol ta’sir ko’rsatadi va bu hol ko’pincha asabiylik alomatlarida namoyon bo’ladi, deb ko’rsatiladi. Zigmund Freyd inson ruhiyatini tahlil qilar ekan, uning ichki qonunlari ongsizlik borasida yashirinib yotgan tomonlariga alohida e’tibor berdi. Inson borlig’ining muhim jabhasi, ruhiy dunyosi modelini yaratdi. Olim xulosasiga binoan, bu model uch qismdan iborat bo’lib, asosini avvalo «U»(anglab etilmagan g’ayri shuuriylik yoki ongsizlik) tashkil etadi. Keyingi qismi esa «Men» (ong) hisoblanadi. Bu insonning ongli faoliyati bo’lib, matematik formulalar va turli belgilar bilan ifodalanadi.
Uchinchisi «Mendan ulug’» (shartli ravishda ijtimoiy ong deb atasa bo’ladi) holatdir. Freyd birinchisini lotincha «Id», ikinchisini «ego», uchinchisini esa «Super ego» deb nomlaydi.Inson ichki dunyosi asosan ana shu «uchlik»dan tashkil topadi, deb tushuntiradi.
Inson ichki dunyosi, ruhiyatini mazkur uchlik vositasida o’rganar ekan, olim «Id» ongsizlikni chopqir otga o’xshatadi. «Men» (ego)-ong, onglilikni chavandozga o’xshatadi. Chavandoz turli maqsadlari yo’lida otni xohlagan tomonga yo’naltira oladi. Biroq kuch-qudrat, energiya manbasi chavandozda emas, otda bo’lib, u butun yumushni bajaradi. Shu tufayli olim, butun energiya, kuch- qudratning manbasi ongsizlikda deb ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |