“SOG' TANDA SOG'LOM AQL”
Sog'lom inson doimo foydali narsalarga o'zini safarbar etadi . Zararli odatlardan yiroq bo'ladi. Sog'lom tana bu sog'lom aql demaktir. Sog'lom bo'lish uchun esa kun tartibga rioya qilishimiz , o'z vaqtida uhlab , tanani dam oldirishimiz, ko'proq foydali narsalar istemol qilishimiz , kerakli kitoblar o'qishimiz kerak. Bular barchasiga bizga fikr doiramizni kengayishiga sog'lom bo'lishimizga yordam beradi.
Foydali odatlar
men oddiy suvni kam ichardim. Turli hil himikatli suvlardan ko'proq istemol qilardim .ular gazli va rangli sharbatlar edi . Bu darsdan keyin bunday ichimliklarni kamaytirin suvni ichish yo'lga qo'ydim.
qornim yoki tamog'im og'risa dori ichib olardim hozirda esa asalni istemol qilyapman . Men bu darsdan juda ko'p narsalardan unumli foydalanishni yanada chuquroq bilib oldi
o'zi aslida tirnoqlarni juma kuni olish kerak o'shanda foydasi katta ekan sababi o'sha kuni tanamizdagi barcha kasalliklarga tashqariga chiqar ekan va o'sha kuni hammom ham qilish kerak ekan . Men boshqa kunlari tirnoqlarimni olardim .juma kuni foydasi bilib aynan osha kuni oladigan bo'ldim.
Zararli odatlar
Men oldin biror joydan yurib kelsa yoki terlab ketsam suv ichib olardim buni zararliligini bilmasdim aksincha foydali deb o'ylardim endi bilsam bu zararli ekan , endi undan ham vos kechdim.
Ovqatlanayotganda kampyuter tomosha qilib , yoki biron nima o'qib ovqatlanardim . Ovqatni qayerga yeganimni ham bilmasdim . Bu ham zararli ekan . Hozirda unday qilmayapman. Yana ovqatga qo'shib tinmay choy yoki sharbat ichardim bunda ovqatlarimiz yaxshi parchalanmay qolar ekan . Buni ham qilmay qo'ydim .bularning barchasi bizni hayotimizga zararli va foydali ekan bularni yaxshi bilib olishimiz kerak .bu bizga moddiy ozuqa bo'lsa kunlik mashqlar tanamiz chiniqtiradi.
Barchamizga ma’lumki, ertangi kun egalari bo‘lgan yoshlarning tarbiyasiga juda katta e’tibor berilib, bu masala davlat siyosati darajasida etib belgilandi. Farzand dastlabki tarbiyani o‘z sog‘lom oilasida olishini inobatga olsak, bu farzand ertaga jamiyat taraqqiyotiga qay darajada hissa qo‘sha olishi ana shu olgan tarbiyasi natijasi bilan belgilanadi.
Ertalabki badantarbiya – bu nafaqat jismoniy salomatlik garovi balki, insonning ruhiyati, va kayfiyatini ko‘taradigan, kunni yangi kuch, yangicha ishtiyoq bilan boshlashiga turtki bo‘ladigan muhim vosita. Bu shubhasiz, oiladagi xotirjamlik, o‘qish jarayonidagi yangi yondashuv va qiziqishlar, mehnat jamoalarida esa foydali ish koeffitsientining keskin oshishida ham o‘z aksini topadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat Notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab quvvatlash Jamoat fondi tomonidan Respublika yoshlar markazi Namangan viloyati bo‘linmasiga moliyalashtirilgan “Sog‘lom oila–baxtli kelajak!” grant loyihasi doirasida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, erta turmush qurishni oldini olish va yoshlarga bu borada tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida Respublika yoshlar markazi Namangan viloyati bo‘linmasi joriy yilning 3-aprel sanasida Namangan shahar 1-sonli tibbiyot kollejida bir qator hamkor tashkilotlar bilan “Sog‘lom turmush tarzi–farovon hayot asosi” mavzusidagi seminar-trening o‘tkazildi. Trening davomida talaba yoshlar uchun malakali soha mutaxassislari tomonidan foydali ma’ruzalar o‘qib eshittirildi.
Mazkur «Sog`lom turmush tarzi – farovon hayot garovidir» risola O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijortat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash Jamoat fondining «Muruvvat uylarida yashovchi qariyalarga ko`rsatiladigan xizmatlar sifati va darajasini yuksaltirish» Davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasida «EKOSAN» ekologiya va salomatlik xalqaro xayriya jamoat fondi tomonidan nashr etildi.
Ushbu risola ilmiy-ommabop shaklida yozilgan bo`lib o`z mazmun va mohiyatiga ko`ra, sog`lom turmush tarzi va ayrim gigiyenik qoidalarga rioya etishda oila va jamoaning roli, insonning sog`lom turmush tarzi va gigiyenik qoidalarning bilishi va unga rioya etishi, ayrim yuqumli kasalliklarning birinchi belgilari paydo bo`lganda bajariladigan vazifalar kabi qator hayotiy masalalarni o`z ichiga oladi. Inson birinchi tarbiyani oiladan oladi, hayotining ko`proq vaqtini oilada o`tkazadi, ish faoliyati davrida esa, jamoa xodimlari bilan muloqatda bo`ladi. Risolada kitobxonlarga gigiyena, shaxsiy va jamoa gigiyenasi, ovqatlanish gigiyenasi haqida ham asosiy tushunchalar beriladi.
Sog`lom turmush tarzida jinsiy tarbiya, yuqumli kasalliklarni yuqtirmaslik, yuqumli kaslliklar belgilari paydo bo`lganda darhol shifokorga murojat etish masalalari ham risoladan o`z o`rnini topgan. Sport va sportning sog`lom turmush tarzidagi roli alohida e`tibor berilgan va bu qismda sportga da`vat etuvchi sifatli rasmlar berilgan.
2016 yilni Prezidentimiz tomonidan «Sog`lom ona va bola yili» deb e`lon qilinishi va katta Davlat Dasturi qabul qilinishi e`tiborga olinib, risolada Dastur namunalaridan ma`lumotlar keltirilgan Yurtboshimiz aytgandek, sog`lom xalq-sog`lom millat buyuk ishlarga qodir, biz kelajakda bu sohalarni yanada rivojlantirib, ulkan yutuqlarni qo`lga kiritmog`imiz lozim.
Albatta sog`lom turmush tarziga rioya etish salomatlikka olib keladi. Salomatlikka esa, farovon hayotimizning asosidir, shu jihatdan olganda ushbu risola keng omma uchun belgilangan.
Sog‘lom turmush tarziga rioya etish ko‘plab muammolarning oldini olish demakdir. Bugun ushbu mavzuga juda ko‘p duch kelayapmiz. Bir qaraganda qiyin ko‘rinuvchi, anchagina kuch, sabr va iroda, vaqt va sharoit talab etuvchi sog‘lom turmush tarzining asosiy qoidalari nimalardan iborat? O‘zgalarga maslahat berishdan oson ish yo‘q bo‘lib turgan bugungi kunda qanday qilib sog‘lom turmush tarziga rioya etish mumkin? Quyidagi sog‘lom turmush tarzining eng muhim 7 qoidasi sizu bizga avvaldan ma’lum bo‘lgan, biroq hayotning mayda-chuyda tashvishlari bilan yodimizdan ko‘tarilgan va amalga oshira olmay qolgan tartiblarni yodga solsa ne ajab.
1. Sport.
Sport — umrimiz oxiriga qadar sog‘lom hayot kechirishning asosiy shartlaridan. U yosh ham, joy ham, hattoki shart-sharoit ham tanlamaydi. Uning ko‘rinishlari, shakllari, usullari ko‘p. Yoga, pilates, piyoda yurish, yugurish, turnikka tortilish, otjimaniya, raqs, rafting, bodibilding, gimnastika, futbol va hokazo turlari bor. Istaganingizni tanlang, jismonan faol bo‘lsangiz kifoya. Har kuni emas, kunora 30-60 daqiqa sport bilan shug‘ullansangiz, sog‘lom bo‘lishingiz uchun yetarli.
Kamroq o‘tirish va ko‘proq harakatlanish kerak. Agarda kasbingiz o‘tirib ishlashni taqozo etsa, har soatda kamida 5 daqiqa tanaffuz qiling va bu vaqtda turli yengil mashqlarni bajarib, yelka, bel va oyoqlar chigilini yozing.
2. To‘g‘ri ovqatlanish.
Ovqatlanish ratsioningizga tabiiy mahsulotlar — meva va sabzavotlar, vitamin va minerallarga boy oziq-ovqatlarni ko‘proq kiriting. Ovqatlanish ratsionining 65 foizini meva va sabzavotlar, non va turli bo‘tqalar tashkil etishi, 30 foizi go‘sht va sut mahsulotlari, 5 foizi shirinlik va yog‘larga ajratilishi lozim. Ozuqalar imkon qadar yangi, mavsumga mos bo‘lishi lozim. Bahor va yozda o‘simliklar, qishda oqsil va yog‘ga boy mahsulotlarga ko‘proq o‘rin ajratilishi lozim. Har kuni 2 litr atrofida suv iching.
Fastfud, gazli ichimliklar, yarim tayyor mahsulotlar, chips va kiriyeshkilar, boshqa ko‘plab sun’iy ta’m, rang va shakl berilgan ozuqalardan voz keching.
Ovqatlanishda xilma-xil taomlarni aralashtirib yubormaslik lozim. Mevalar ovqatdan yarim soat avval, choy va ichimliklar 1-2 soat keyin iste’mol qilinishi zarur. Kechki 19-00dan keyin faqatgina bir oz olma tanovvul qilishga ijozat beriladi.
3. Zararli odatlar.
Organizmimizning asosiy dushmanlaridan bo‘lmish tamaki va alkogol mahsulotlari, turli zararli odatlar (ularni o‘zingiz yaxshi bilasiz)dan voz kechish orqali sog‘lom turmush tarziga keng yo‘l oching. Har bir chekilmagan sigaret, ichilmagan har bir stakan aroq sizning sog‘lom hayot kechirish sari tashlagan muhim qadamingizdir.
4. Kun tartibi.
Kun tartibiga qat’iy rioya eting. Birinchi navbatda — 8 soatlik uyqu! Ikkinchidan, kunning bir vaqtida uxlash va muayyan vaqtida uyg‘onishga odatlanish! Uyquning buzilishi asta-sekinlik bilan inson ruhiyati, hissiyotlariga ziyon yetkazadi, ishchanlik kayfiyatini yo‘qotadi, keyinchalik turli surunkali, jiddiy xastaliklarning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumin.
5. Ijobiy kayfiyat.
Sog‘lom turmush tarzining yana bir muhim qoidasi — yorqin va ijobiy kayfiyat! Hayotdan ko‘proq zavq oling, muvaffaqiyatsizlik, omadsizliklarga ko‘p e’tibor qaratmang, doimo olg‘a intilish uchun kuch topa biling va odamlarga nisbatan g‘araz, gina-kudurat, yomon gumonlar saqlab yurmang, kechirimli, bag‘rikeng bo‘ling. Nodonlar bilan aslo tenglasha ko‘rmang!
6. Toza havo.
Uyingiz, xona va ish kabinetingizni doimo toza tuting, har kuni uni artib-tozalang, derazalarni ochib, toza havo kirishini ta’minlang. Normal jismoniy holatda bo‘lish uchun albatta chuqur va to‘g‘ri nafas olishni bilish lozim. Tabiat qo‘ynida sayr qilish, oynalarni ma’lum muddat ochib qo‘yish, tomorqa yoki ochiq havoda jismoniy mehnat qilishga yetadigani yo‘q.
7. Shaxsiy gigiyena.
Ovqatlanishdan avval va keyin albatta qo‘llarni yuvish, uyqudan oldin va ovqatlangandan keyin tishlarni tozalash, toza kiyim, umuman, tozalikka qat’iy rioya etish sog‘lom turmush tarzining asosiy shartlaridan hisoblanadi.
Unutmang! Sog‘lom turmush tarzi, bu — har qanday kasalliklar profilaktikasi va salomatlik, kuch-quvvat garovidir. U insonning turli qirralarini rivojlantirish, muvaffaqiyatga erishish garovidir. Sog‘lom turmush tarzi qoidalariga rioya etgan odam oilasi, mehnat jamoasi, umuman, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi, turli murakkab vaziyatlarni yengib o‘tish, hayot qiyinchiliklari oldida o‘zini yo‘qotmaslikka o‘rganadi.
Yana bir gap! Sog‘lom turmush tarzi qoidalari bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi, biri ikkinchisiz sodir bo‘lishi amrimahol. Ularni ertaga qoldirmasdan, hoziroq amalga oshirishni boshlash bilan sog‘lom va baxtli hayot sari ilk qadamlarimizni tashlagan bo‘lamiz.
SOG‘LOM TURMUSH TARZI — FAROVON HAYOT GAROVI
Quva tumanidagi «Yangihayot» mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston XDP Quva tuman kengashi tomonidan ana shu shior ostida o‘tkazilgan aksiya barkamol avlodning ijtimoiy faolligini oshirish, tashabbus va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni turli zararli g‘oya va illatlardan asrashga qaratildi.
Tadbirda jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk, intellektual salohiyatli avlodni voyaga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samara berayotgani ta’kidlandi.
Aksiya doirasida aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish, oilalarda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish masalalariga bag‘ishlangan suhbatlar uyushtirildi. Ularda yoshlar orasida tamaki va alkogol mahsulotlari, giyohvand moddalar iste’mol qilishga qarshi kurashish muhim vazifa ekani qayd etildi.
Tadbir doirasida yoshlar o‘rtasida turli interaktiv o‘yinlar tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |