O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Download 4,55 Mb.
Sana28.06.2017
Hajmi4,55 Mb.
#18615
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi

25-son umumiy o’rta ta’lim maktabi informatika fani o’qituvchisi

Xudayberganova Zamira Kilichovnaning “Ma’lumotlarni tartiblash

mavzusida yozgan bir soatlik


Dars mavzu: Ma’lumotlarni tartiblash

Dars nomi: Fermer—qishloqda bosh islohotchi!

Dars shiori: Sog’lom bola—sog’lom fikr!


Darsning maqsadi: Men bu darsimda o’quvchilarni fermerlik kasbiga qiziqtirishga yo’llanma berdim. Chunki aynan shu kasb egalarining mashaqqatli mehnati evaziga dasturhonlarimiz noz-ne’matlarga to’la, iqtisodiyotimiz barqaror, bo’lajak posbonlarimiz mard va baquvvat bo’ladi. Shu bir soatlik dars davomida o’quvchilarda bu kasbga qiziqish paydo qilolsam, ularni fermerlikni yanada rivojlantirib, yangidan yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini kashf etishga, iqtisodiyotimizni bundanda gullab yashnatishga unday olsam o’z oldimga qo’ygan maqsadimga erishgan bo’lardim.

Darsning ta’limiy maqsadi;— O’quvchilarda Excel elektron jadvalida ma’lumotlarni tartiblash borasida bilim , ko’nikma, malakalarini hosil qilish.

Tarbiyaviy maqsadi;— O’quvchilarda o’zaro muloqot va kerakli ma’lumotlar bilan ishlash madaniyatini shakllantirish, kasb tanlashga yo’naltirish, tanlagan kasbidan faxrlanish tuyg’ularini tarkib toptirish. O’quvchilarni yangi bilim egallash jarayonida kichik guruhlarda ishlash, bir-birini odilona baholash, bir-birining yutug’idan zavqlanish, kamchiligini holisona hal etishda yordamlasha olish qobiliyatlarini shakllantirish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish, estetik didini , yaratuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirib borish.

Dars turi: Noan’anaviy

Dars jihozi:

-Kompyuter, darslik, Internet ma’lumotlari, proyektor, „My test” dasturi

-Mavzuga doir video o’quv filmi

-Kasblar haqida slaydlar

-Internet banking qutichasi va rag’bar kartochkalari.

-Markerlar, Plakatlar



Asosiy tushunchalar:

Ro’yhat, ma’lumotlar bazasi, maydon, yozuvlar, o’sish va kamayish yo’nalishida tartiblash, bir nechta xususiyat bo’yicha tartiblash.

Dars usuli: Savol-javob, aqliy hujum, qora quti, kichik guruhlarda ishlash.

Foydalanilgan ma’lumot manbalari:

XTB ning 2011 yil 23-martdagi 61-sonli buyrug’iga asosan chiqarilgan“AKT” ma’ruza materiallari, Internet-“Ziyonet”.Darslik, DTS, metodik qo’llanmalar,


Dars bosqichlari jadvali:



Dars bosqichlari

Vaqti(min.)

Qo’llaniladigan

usullar


1


Tashkiliy qism

Guruhlarni nomlash



4


s/j

Slaydlar, fotosuratlar yordamida

2


O’tilgan mavzuni so’rab baholash.

8

O’yin tarzida

3

Yangi mavzu bayoni

10

Ko’rgazmalar, video materiallar yordamida.

4

Mustahkamlash

16

“Kim chaqqon”, guruhlarda ishlash.

5

O’quvchilarni baholash

5

O’quvchilar qisman o’z-o’zini baholaydi

6

Uyga vazifa

2

Yozma




Jami:

45




Dars jarayoni.

  1. Tashkiliy qism:

1) Salomlashish

2) Sinf va o’quvchilar tayyorgarligi ko’zdan kechiriladi,

O’quvchilar bilmagan holda 3 guruhga bo’linib o’tirishadi (stollar oldindan shunga moslab qo’yiladi).

3) Davomat aniqlanadi.

Kasblar haqida qisqacha savol-javob o’tkazilib, guruhlarga nom beriladi.

Ma’lumotlarni tartiblash

O’qituvchi: Bugungi darsimizda siz bilan qishloqda bosh islohotchi sanalgan faxrli va mashaqqatli kasb egalari bo’lmish —fermerlar bilan yaqindan tanishamiz. Chunki aynan shu kasb egalarining mashaqatli mehnati evaziga dasturhonlarimiz noz-ne’matlarga to’la, iqtisodiyotimiz barqaror, bo’lajak posbonlarimiz mard va jasur, baquvvat bo’ladi. To’g’ri shaharlik o’quvchilar fermer bo’lmasligi mumkin, lekin, fermerlikni yanada rivojlantirish maqsadida yangidan-yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratishi, fermerlarning ishini yengillatishi, Mamlakatimiz iqtisodiyotini bundanda gullab yashnatishga o’z xissasini qo’shishi mumkin.

O’qituvchi: Hozir sizlarning 3ta guruhingizga nom beramiz. Qanday mahsulot yetkazib beruvchi fermerlarni bilasiz? Doskaga fermerlar tasvirlangan slydlar tashlanadi.

Bug’doy
Paxta

Chorvador

Parrandachilik


Asalarichilik bilan shug’ullanuvchi


Qo’ychilik


O’quvchilar: Oziq-ovqat, chorvador, paxta yetishtiruvchi, poliz ekinlari ekuvchi, bog’lar barpo etuvchi.

O’qituvchi: Ana shu fermerlarni guruhingiz nomi qilib olishingiz mumkin.

1-guruhni “Chorvador fermer

2-guruhni “ Dehqon fermer

3-guruhni “ Paxtakor fermer” deb nomlasak.

Har-bir guruh o’ziga sardor tayinlaydi.


  1. O’tilgan mavzuni so’rab baholash.

O’tgan darsimizda diagramma va grafiklarni hosil qilish va tahrirlash mavzulariga doir amaliy mashg’ulot o’tkazgan edik. Hozir shu mavzuga doir test savollarini yechasiz. Savollar kompyuteda berilgan. O’quvchilar test savollarini yechib baholarini ko’radilar va shunga mos rag’bat kartochkalarini oladilar. Bu rag’batlar dars oxirida inobatga olinadi.

Test savollari:



  1. Afsona(легенда) nima?

  1. Diagrammadagi ma’lumotlarning rangiga moslangan izoh.

  2. Diagramma nomi, toifalar, qatorlar, va qiymatla o’qlari nomi yoki izoh.

  3. Ma’lumotlarga mos qiymatlar markerlariga qo’shimcha izohlar.

  1. Diagrammalar ustasi yordamida diagrammalar hosil qilish bosqichlari tartibi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni ko’rsating.

A) Ma’lumotlar ko’lamini tanlash,sarlavhalarni kiritish, diagrammaning joylashish o’rnini kiritish

B) Diagramma turi va ularning ko’rinishini tanlash, ma’lumotlar ko’lamini tanlash,sarlavhalarni kiritish, diagrammaning joylashish o’rnini kiritish

C) Diagramma turi va ularning ko’rinishini tanlash, ma’lumotlar ko’lamini tanlash,sarlavhalarni kiritish, izoh yozish.

3. Sarlavhalar(загаловки) bo’limida nimalar aks etadi?

A) Diagramma turi va ularning ko’rinishini tanlash

B) Ma’lumotlarga mos qiymatlar markerlariga qo’shimcha izohlar

C) diagramma nomi, toifalar, qatorlar va qiymatlar o’qlari nomi yoki izohlar

III. Yangi mavzu bayoni

Yangi mavzu o’qituvchi tomonidan slaydlarda va video o’quv qo’llanmasi proyektor yordamida doskada tushuntiriladi.

Ro’yhatdagi ma’lumotlarning betartib joylashishi kerakli ma’lumotlarni tezda topib olishni qoyinlashtiradi. Shuning uchun ma’lumotlarni tartiblash talab etiladi. Excel dasturi ro’yhatlar ustida amallar bajarish imkonini beradi. Ro’yhat avtomatik tarzda ma’lumotlar bazasi deb qaraladi. Bu xolda ro’yhat ustunlari maydonlar ro’yhatning har-bir satri esa ma’lumotlar bazasi yozuvi kabi qaraladi.

Ma’lumotlarni tartiblashni quyidagi misollar orqali ko’rib o’tamiz.

Bugungi darsimizni bevosita fermerlik kasbi bilan bog’laganimiz uchun ro’yhatimizni ham shu sohada qo’llaniladigan ma’lumotlar asosida tuzamiz.

1-mashq.

Agar faqat maxsulot nomi yozilgan B2:B6 blokni belgilab, tartiblash amalga oshirilsa, maxsulotlar nomining o’rni o’zgaradi, lekin boshqa xususiyatlari o’rni o’zgarmaydi. U holda bir maxsulotga boshqa maxsulot xususiyati mos kelib qolishi mumkin.

Uskunalar panelidan(o’sish yo’nalishida) yoki (kamayish tartibida)tartiblash piktogrammasini tanlaymiz.
Tartiblashning yana bir usuli bo’lgan bir nechta xususiyat(ustun)bo’yicha tartiblashni ko’rib chiqamiz.
1)yuqoidagi rasmdagi jadvalni hosil qilib olamiz:

2)Jadvaldan B4:E9 katakchalar blokini belgilaymiz:

3)Menyular satridanMa’lumotlar (данные) menyusining сортировка bo’limini tanlaymiz;
4)Natijada, rasmdagi diapozonni tartiblash tanlov oynasi ekranda aks etadi.

Ixtiyorimizga uchta xususiyat bo’yicha o’sish yoki kamayish yo’nalishida tartiblash imkoni tavsiya etiladi;

5)Birinchi xususiyat sifatida “Familiyasi ” ustunini tanlab o’sish yo’nalishini belgilaymiz.

6)Jadvalda bir xil familiyali o’quvchilar borligi uchun tartiblashni ahamiyati ko’proq bo’lgan boshqa biror ustun, masalan, ikkinchi “Tug’ilgan yili” hususiyati bo’yicha davom ettiramiz.Bu hususiyat bo’yicha kamayish yo’nalishini belgilaymiz;

Bir xil familiyali va tug’ilgan yili bir xil bo’lgan o’quvchilarni ham tartiblash lozim bo’lsa, uchinchi yoki4-ustun bo’yicha tartiblash mumkin.

7) 3-navbatda „Og’irligi“ ustuni xususiyati bo’yicha tartiblaymiz.bunda o’sish yo’nalishini tanlaymiz.

8) Natijada quyidagi jadval hosil bo’ladi.

Agar ro’yhatdagi nomlar yuqori va quyi registrdagi harflardan boshlangan bo’lsa

tartiblashda bu kabi hollarni hisobga olish uchun Diapazonni tartiblash tanlov oynasining Parametrlar( параметры) bo’limida Registlarni hisobga olish (учитывать регистр)orqali amalgam oshiriladi.

Jadvalga etibor bergan bo’lsangiz, tanlash shartlariga asoson:

a)barcha familiyalar alifbo bo’yicha o’sish yo’nalishida tartiblangan;

b)”Rahmatov” familiyali o’quvchilar avval tug’ilgan yilining kamayish yo’nalishida, tug’ilgan yili bir xil bo’lganlari og’irligining o’sish yo’nalishida tartiblangan;

d) “Zokirova” familiyali o’quvchilar tug’ilgan yilining kamayish yo’nalishida tartiblangan.

Demak, ko’zlangan maqsadga erishildi.



V. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.

O’quvchilar kompyuterlarga o’tkaziladi va har bir guruh ishtirokchilariga quyidagi tarqatma materiallar beriladi. O’quvchilardan 1-bo’lib mashqni to’liq bajargan 4 nafar o’quvchiga 5 ballik rag’bat kartochkasi beriladi.

Bu o’quvchilar guruhi balini ko’tarish uchun o’z guruhdoshlariga yordam berishadi. Keyingi 4 nafar o’quvchi 4 ballik rag’bat kartochkasi bilan tagdirlanadi. Bu o’quvchilarga o’z balini o’tilgan mavzudagi ma’lumotlarni aytish bilan to’ldirish imkoniyati beriladi.

1-guruh “Chorvador fermerguruhiga beriladigan topshiriqlar:



1. 100ga ekin maydoniga qoramollar uchun dag’al-hashak ekish rejasini tuzing va o’sish yo’nalishida tartiblang.





2. Chorvachilik fermasida har yili

tug’iladigan buzoqlar sonini o’sish

yo’nalishida tartiblang



3. Parrandachilik fabrikasida olinayotgan

tuxumlar sonining to’rt oydagi natijalarini

kamayish yo’nalishida tartiblang



4.Tumanimiz aholisining 1 kunlik oziq –ovqat va go’sht-sut mahsulotlariga bo’lgan talabini kamayish yo’nalishida tartiblang

Go’sht 500kg

Sut va sut mahsulotlari 255l

Meva-sabzavotlar 350kg

O’simlik yog’i 100kg

2-guruh “ Dehqon fermer guruhiga beriladigan topshiriqlar:



1. 25ga ekin maydoniga poliz ekinlari ekish rejasini tuzilsin va o’sish

yo’nalishida tartiblang







2. 120ga yerga ekiladigan ekinlar ekish rejasi tuzilsin va o’sish

yo’nalishida tartiblang







3. Sotuvchi bozorda sotayotgan guruch narxining yanvar-iyul oylaridagi o’zgarishini o’sish yo’nalishida tartiblang

4. Shirinliklarga ishlatiladigan ba’zi masalliqlar kaloriyasini kamayish

yo’nalishida tartiblang

3-guruh “ Paxtakor fermerguruhiga beriladigan topshiriqlar:



1. 1 ga yerdan olinayotgan paxta hosilning 4 yillik taqsimotini ifodalovchi jadval tuzing va kamayish yo’nalishida tartiblang



2. Bog’bon bu yil o’z bog’iga o’rnatishi kerak bo’lgan ko’chatlar sonini o’sish

yo’nalishida tartiblang





3.Osh uchun kerak bo’ladigan masalliqlarni o’sish yo’nalishida tartiblang

Mashqlar bajarilib bo’lingandan so’ng o’quvchilar kompyuter oldidan joylariga o’tkaziladi va guruhlar o’rtasiga savol tashlanadi.



  • Fermerlikni rivojlantirish maqsadida kim qanday qurilma yoki eksport mahsulotlari ishlab chiqarish uchun qanday ishlab-chiqarish texnologiyalarini yaratishi mumkinligi rejasini tuzing.

1-guruh: Bizning kashfiyot.

2-guruh: Bizning homiylik.

3-guruh: Biz yaratgan mahsulot.

Guruhlar rejalari o’rtaga tashlanib, interfaol savol-javob ko’rinishida baxs muozara o’tkazilib, guruhlarga qaysi guruh kashfiyoti yoqqanligi va o’rnini holisona baholash topshiriladi.



4.O’quvchilarni va guruhlarni baholash:

O’quvchilar to’plagan rag’batlariga asosan baholanadi. Baholanishi lozim bo’lgan o’quvchilarni qo’shimcha savollar berish bilan baholash mumkin.

Guruhlar a’zolarining rag’batlarini qo’shib, chiqqan natijaga ko’ra va “kashfiyot”lari e’tibotga olinib baholanadi.

Guruhlarga “Eng tashabbuskor”, “Zo’r ixtirochi”, “Zo’r bilimdon” naminatsiyalari bertiladi.

“Chorvador fermer” guruhining yutuq va kamchiliklari;

To’plagan ball ________

“ Dehqon fermer” guruhining yutuq va kamchiliklari;

To’plagan ball ________

“Paxtakor fermer” guruhining yutuq va kamchiliklari;

To’plagan ball ________


V.Uyga vazifa: Mavzuni o’qib darslikdagi savollarga javob berish va bugungi olgan ballariga bozordan nimalar xarid qilishi hamda shu xaridga asosan jadval tuzib uni qanday shartlar boyicha tartiblash kerakligini yozib kelish. “Nimani ixtiro qilsam ekan?” mavzusida qisqacha bayon qilish.













Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish