Estetik nazariya – bu estetik obʼektni butunlay qamrab oladigan tamoyillar, qarashlar, tushunchalar, qoidalar, aqidalar, bilimlar tizimidir. estetik nazariyamantiqqa, tamoyil tizimlarga, dalil-isbotlarga, falsafiy uslubiyotga asoslanadi.
Estetik faoliyat – estetik ongning amalga oshirilishi va moddiylashtirilishidir. estetik faoliyat asosini insonning muayyan talab ehtiyojlari tashkil etadi. Inson faoliyatining xususiyati ana shu talab va ehtiyoj tabiati bilan belgilanadi.
Talab – ehtiyojlar insonni faoliyatga undaydi, faoliyat esa yangi-yangi talab ehtiyojlarni kelib chiqaradi. Ruhshunos olimlar estetik ehtiyojlarni inson talab ehtiyojlarining eng oliysi sifatida taʼriflab berganlar. Chunki estetik ehtiyojlar jamlangandir. Garchand bu dunyoda mavjudotlarning eng aqllisi inson ekan, goʼzallikni chuqur anglash ham insonga xosdir. Shu bois inson hamisha goʼzallikka tashna boʼlib yashaydi. estetik ehtiyoj mohiyati ana shular bilan izohlanadi. Rivojlangan estetik ehtiyoj hech vaqt tayyor estetik qadriyatlarni faqat isteʼmol qilish bilan cheklanib qolmay, yangilarini yaratish, ijod qilishga ragʼbatni vujudga keltiradi.
Dizaynning estetik mohiyati.
Dizayn- bu ishlab chiqarishda rassomlar, ”dizaynerlar” tomonidan boʼlajak buyum loyihasining yaratilishini ham oʼz ichiga oladigan estetik faoliyatning turi, hamda ijod natijasi. estetik sifatga ega boʼlgan tayyor sanoat buyumi. Predmetlar tartibsizligiga barham berish va predmetlar olamini tartibga keltirish texnika Estetikasi va dizayn nazariya va amaliyotining vazifasidir.
Har qanday texnika shakliga dizayn tomonidan quyiladigan asosiy talab- bu foydalilik, qulaylik va goʼzallikdir.
Masalan: dastlabki avtomobil shakl jihatidan oddiy boʼlib, qadimgi ekipajni eslatgan. Uning havo qarshiligiga kamroq uchraydigan, oʼqlarining past tushishi kabi sifatlari bilib olingandan soʼng, bizni bugungi kunda zavqlantiradigan va koʼzimizni quvontiradigan oʼsha dinamik shakli yaratilgan.
Hozirgi zamon avtomobilining goʼzalligini uning amaliy vazifasidan ajratib boʼlmaydi.Yaqin kelajak texnikasi yana mukammalroq va goʼzalroq mashinalar yaratadi. Buning guvohi qudratli kemalar va laboratoriyalarda ranglar tanlab, operatorlik posti signalizatsiyasini soddalashtirib, dizayner unga yangi, goʼzal qiyofa beradi. Dizayn bilan avtomobil, samolyot, teploxod, sex, zavodning ichki salonini jihozlash mumkin.
Moddiy ishlab chiqarish, ilmiy ijod va estetik faoliyat.
Moddiy ishlab chiqarishning barcha sohalarida estetik faoliyat mavjud. U mehnat sharoitlarini ham, mehnat samaradorligini ham qamrab oladi.
Mehnat insonni jismoniy va maʼnaviy kuch-qudratini, mohiyatini koʼproq ifodalasada, uning estetik ahamiyati shunchalik koʼproq ortib boradi.
Zoʼravonlik, kuch, majburlash asosida mehnat insonni nafosatdan uzoqlashtiradi.
Sanoat Estetikasida muxandislik, ilmiy va badiiy faoliyat birgalikda namoyon boʼladi. Sanoat Estetikasi moddiy ishlab chiqarish muhitini estetik qayta qurishga, uni insonning manfaatlari va ehtiyojlariga mos keltirishga xizmat qiladi.
Goʼzallik – Estetikaning asosiy kategoriyasidir. Goʼzallik - nafosat olamining magʼzi, asosiy belgisi, bosh xossasi, asosiy mohiyatini tashkil etadi. Shu bois Estetikani goʼzallik haqidagi fan, goʼzallik falsafasi ham deb ataydilar.
Estetika his-tuygʼu, eng avvalo goʼzallikni his etish jarayonini anglatadi. estetik orzu esa goʼzallikni inson xohlagan u yoki bu tasavvurlar tarzida ifodalaydi.
Estetik did boʼlsa, koʼp jihatdan shaxs va jamiyat nimani goʼzallik sifatida, nimani xuniklik sifatida idrok etishida namoyon boʼladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |