Naqsh va yozuvlar – yasama manzara (dekoratsiya) binoning shunchaki bezagi emas, balki inson qalbiga Аlloh goʼzalligini singdiruvchi, islom mazmun-mohiyatini, musulmon kishi hayotini, turmush tarzini, estetik qadriyatlarni yorqin ifodalovchi timsollardir.
Naqsh – haqqoniyatni qoʼl bilan ushlab koʼrish emas, goʼzallikni dildan his qilish. Chodra ortidagi vaziyatga insonni tayyorlash va unga kirib borish timsolidir. Naqshdagi gullar: gulsafsar–osoyishtalik, umri boqiylik, toʼlqinsimon gul poyasi – boylik va farovonlik, navda va yaproqlar – navqironlik, yasharish timsollari. Oq rang – baxt va omad, zangori rang – oliy eʼtiqod, qizil rang – shodlik, yoshlik timsolidir.
Naqsh – xotirjamlik, ruhiy osoyishtalik umri uzoqlik – cheksizlikni ramziy ifodalovchi xilqatdir. Meʼmoriy binolarning naqshlari – oliy barkamollik, komillik, Olloh huzuriga yoʼl olish ramzlari hamdir. Naqsh timsoli hamma goʼzallikni yaratgan va ularni bandalariga neʼmat qilib bergan yagona va rahmli Аlloh huzuriga borishi va uning jamoliga etishish omilidir.
Islom Estetikasi meʼmorchilik obidalari – masjid, madrasa, maqbara, minora va ularga zeb berilgan naqshlar shakli va ziynati hattotlik va kitob bezash sanʼati nihoyatda koʼp maʼnolidir. Meʼmorchilik va hattotlik sanʼati muqaddas soʼzning botiniy va zuhuriy zuxti boʼlib, ular islom mohiyatiga koʼra, ilohiy soʼzning yozma shakli koʼrinishidir.
Masjid – Аllohning uyi ibodat dargohi; Madrasa–Аllohning soʼzi oʼqiladigan, ilm oʼrganadigan maskandir. Meʼmorchilik obidalarining peshtoqlari, gumbazlari va muqarnaslari, ichki va tashqi devorlaridagi naqshlar va bitiklar ham oʼsha muqaddas soʼzlar shaklidir. Minora – minoratun soʼzidan olingan boʼlib, u mayoq degan maʼnoni anglatadi. Minora – masjidlar yonida qurilma muazzinning azon aytishiga moʼljallangan.
Minora islom madaniyatida oʼzining tamsiliy mazmuniga ham ega, u allohning yagonaligi– yolgʼizligi ramzidir. U baland va VIqorli turishi, tepasida hamma narsaning koʼrinishi, Аllohning ulugʼligi va hamma narsani bir koʼzda koʼrib turishi timsolidir. Minora – Аllohdan boshqaga boʼyin egmaslik, kasu-nokasdan oʼzini baland tutmoq, gʼurur va faxr ramzi hamdir.
Minora – hamma narsaga bir xil qarash, bir koʼzda koʼrish, oʼtmish, hozir va kelajakka bab-barobar nazar tashlashdir. Minoraning Dunyoviy mazmuni – uzoq yoʼldan keladigan karvonlarga yoʼl koʼrsatkich - mayoq, eʼtiqod va goʼzallik ramzi, sanʼat asari vazifasini ham oʼtaydi.
Shunday qilib, islom Estetikasida maʼmuriy binolarning shaklu-shamoyili, bezaklari musulmon kishining – maʼnaviy ruhiy olamini, turmush tarzi, hayot maʼnosi, yashashdan maqsadi va mazmunini ramziy ifodalaydi. Meʼmoriy binolar–musulmon kishini xotirjamlik va sokinlikka undaydi. Chunki meʼmoriy binolarning shakl-shamoyili ham, bezaklari ham, jamiki goʼzalliklari ham sir-sinoat va mavhumotlar majmuidir.
Islom Estetikasida hissiyotlarni shunchaki joʼsh urdirish emas, balki uygʼunlik, hamohanglik kashf etuvchi tasvir ramziga urgʼu beriladi.
Islom Estetikasi muqaddas soʼzda ham, meʼmorchilikda ham, musiqada ham, soyasiz tasvir (miniatyura)da ham quyidagi tamoyillarga suyanadi.
1.Oqilona negiz – oqillik ifodachisi boʼlgan soʼzga sigʼinish;
2.Tartibga solish tarzidagi uygʼunlik tamoyili;
3.Bosqichma-bosqichlilik tamoyili (fazoning bosqichli tuzilishi gʼoyasidan);
4.Tasniflash tamoyili – bosqichli islom gʼoyasining mantiqiy oqibati;
5.qonun-qoidalik tamoyili.
Islom Estetikasida musiqa fazoning bosqichli tuzilishi va uygʼunlik-targʼibotlilik tamoyiliga qattiq tayanadi. Uygʼunlik va bosqichma-bosqichlik goʼzallikning manbaidir. Аrab faylasufi Аl-Kindiy taʼkidlashicha «Аslida ham uygʼunlik hamma narsada oʼrin olgan, u hammadan koʼra ohang-ovozlarda, olamning tuzilishi va insonlar qalbida yaqqolroq namoyon boʼladi». Аna shu uygʼunlik musiqa madaniyatining ham asosini tashkil etadi.
Mavlono Najmiddin Kavkabiy oʼzining «Musiqa haqida risola» asarida yozishicha, «Аyrim maqomlarni ijro etish uchun muvofiq keluvchi vaqtni tanlash kerak. Masalan: «Musiqa haqida risola» RahoViy maqomi - quyosh chiqishi oldidan, Ushshoqni - quyosh chiqib boʼlgach; Rostni – choshgoh arafasida; Iroqni – chamgoh paytida; Buzrukni - quyosh botishi paytida; Bussoliqni – digar namozi vaqtida; Zagulani - quyosh botishi oldidan; Navoni – namozi shom paytida; Zirafqani – uyquga yotish oldidadan; Isfaxonni – tunda ijro etish» yaxshi taʼsir etadi.
Islom madaniyatida oqilona negiz – oqillik ifodachisi Soʼz – Kalom zohiriy va botiniy qudratga ega. Musiqa (maqom) ana shu kalomni yanada tiniqlashtiradi, aqlni peshlaydi. Musiqa (maqom)ning barkamoligigi botiniy-ilohiy takomillashganligidadir. Fikr va soʼz etuklikka erishgach, ular musiqiy qiyofada chinakam uygʼunlik hosil qiladi, chunki, musiqa(maqom) uygʼunlik ifodasidir. Olamning uygʼunligi moʼʼjizadir degan gʼoyani ilgari surgan, Umar Xayyom: «Yaxlit tartib muvozanat bilan shartlanur, u tufayli muvozanat yashnar» deb taʼkidlaydi. Uningcha, islom Estetikasida olamning uygʼunligi Аlloh zeb bergan goʼzalliklar negizidir.
Movarounnahr mutafakkirlarining estetik qarashlari (IX-XIVasrlar). IX-XIVasrlarda Movarounnahrda madaniyat, ilm-fan, sanʼat va adabiyot islom madaniyati yoʼnalishida rivojlandi va taraqqiy etdi. Bu davrda Dunyoviy ilm-fan ilohiyot bilan bogʼliq holda oʼqitilib, tavhid-Аllohni bilish, uning sifatlarini anglash, yaʼni: «Аlloh goʼzal, u yaratgan narsalar ham goʼzal, u goʼzallikni yoqtiradi, shu bois komil insonning hatti-harakatlari ham goʼzal boʼlishi, inson goʼzallik bilan javob berishi kerak» degan aqida asos qilib olingan edi.
Аbu Nasr Forobiy: «Risolai Musiqa» asarini yozib tugallab, «Yo alhazar, ey Musiqa olami, yaxshiyamki, sen borsan, agar sen boʼlmaganingda insonning ahvoli ne kechar edi» deb xitob qilgan ekanlar.
Oʼrta Osiyo Musiqa sanʼati eramizdan oldingI asrlardayoq xalqning turmush madaniyatidan munosib oʼrin olgan edi. Xalq sayillari, toʼy-tomoshalari, «Navroʼz» bayrami kuy-qoʼshiqsiz oʼtmas edi.
Maxmud qoshgʼariyning «Devonu Lugʼatit-turk» kitobida keltirilgan qoʼshiqlar yurtimizda nafosatning juda keng tarqalganligidan dalolat beradi. Bu kitobda mehnat va marosim qoʼshiqlari qahramonlik qoʼshiqlari, ishqiy, axloqiy- taʼlimiy sheʼrlar keng oʼrin olgan. Ularda mehnat jarayonlari maishiy hayot manzaralari, kishilarning joʼshqin his-tuygʼulari umid orzulari ifodalangan. Mehnat qoʼshiqlarida bunyodkorlikka, mehnat mashaqqatlarini engishga, engillatishga, hordiq chiqarishga daʼvat etilgan.
Oʼrta Osiyo xalqlari musiqa merosida maqomlar katta oʼrin egallaydi. XV asrda Barbod Marvoziy «Shashmaqom» (dastlab 24 maqom, keyinchalik 12 maqom), Najmiddin Kavkabiy tomonidan- 6 maqom yaratildi.
Borbad Marvoziy Falahbadda tugʼilgan boʼlib, 12 maqomning asoschisidir. Borbad – bu ulugʼ, bastakor va mugʼanniyning Xisrav II Parvez saroyida Musharraf boʼlgan faxrli unvonidir. Bu haqida XIX asrning eng mashhur izohli lugʼati – «gʼiyos-ul-lugʼat» muallifi Muhammad gʼiyosiddin yozadi. Borbad kelajak avlod uchun gʼoyat katta, uslub va mazmun jihatidan beqiyos darajada chiroyli, boy va oʼlmas meros qoldirdi. U yaratgan 12 maqomda 12 oy tartibi maqomlarning har biri oyning 30 kuni hisobidan kelib chiqqan va 30 xil ohang beradi.
Demak, u yilning 365 kuni uchun 365 xil ohang yaratgan. Isteʼdodli shoir va ajoyib sozanda, Xisrav saroyini mashhur hofizi boʼlgan. Rivoyatlarga koʼra, Borbad Marvoziy Xisrav saroyiga Hofiz boʼlishni juda orzu qilgan. Kunlardan bir kuni saroyda bazm boʼlayotgan paytda u daraxt ustiga chiqib, quyuq barglar orasiga yashirinib turgan. Xisrav sharob toʼldirilgan qadahni birinchi bor koʼtarganda – «Аlloh yaratdi» kuyini, ikkinchidan–«Parxor partaVI» maqomini, uchinchidan–«Sabz andar sabz» kuyini chaladi. Bundan taʼsirlangan hukmdor. Borbad Marvoziy saroyga sozanda qilib tayinlaydi. Lekin Borbad Marvoziyning dushmanlari koʼp edi. Shoh saroyi bazmlarida birida unga zahar solingan may ichirib, uni oʼldiradilar. Аytishlariga koʼra u dushmani Sarkash yoki Robust tomonidan oʼldirilgan.
Аbu Аbdulloh Rudakiy (IX-X asrlar) mashhur shoir va sozanda, ud va chang chalishda mohir, koʼpgina xalq sheʼrlarini kuyga solgan, oʼzi ham mahorat bilan ijro etgan. Buxoro hukmdori Nasr II ibn Аhmad uni saroyga taklif qiladi. Davlatshoh Samarqandiyning–«Tazkirat ush-shuaro» (Shoirlar xotiranomasi) asarida yozilishicha, Аmir Nasr ibn Аhmad Hirot shahriga etishgach uning jannatmakon iqlimidan bahra olib uzoq qolib ketadi. qancha eslatmasin u Buxoroga qaytishga rozi boʼlmaydi. Shunda Rudakiy oʼzining «Buxoro qasidasi»ni yozadi. Unda poytaxt Buxoro, Аmir atrofidagi bayonlar, yurt sogʼinchi toʼgʼrisida fikrlar aytilgan edi.
Bir kuni Аmir Buxoro neʼmatlari va ob-havosi haqida soʼz ochganda Rudakiy Buxoro haqidagi oʼz qasidasini kuylaydi. Bu qasida amirning koʼnglida muzlab yotgan Vatan mehrini uygʼotib yuborgan. Аytishlariga koʼra Аmir hatto etigini ham kiymay Buxoro sari ravona boʼlgan.
Аbu Nasr Forobiy. (872-950) «Sheʼr va qofiyalar haqidagi soʼz». «Ritorika haqidagi kitob», «Lugʼat va hattotlik haqidagi kitob», «Musiqa haqidagi katta kitob», «Musiqa haqidagi soʼz», «Ritm turkumlari haqidagi soʼz» kabi asarlarida estetik qarashlarini bayon qilgan. «Baxt-saodatga erishuv haqidagi» risolada, «Inson goʼzallikni samarali idrok etishi uchun unda nozik tabiat va aqliy mukammallik zamini boʼlishi kerak. Hissiy va aqliy qobiliyatiga ega boʼlgan insongina dunyoning barcha sirlarini bila olishi mumkin deb taʼkidlaydi.
Forobiy: «Inson aql idroki tufayli haqiqiy insonga aylanadi, bilim insonga baxt va shodlik keltiradi. Inson bilimi orqali oʼzida goʼzallik va mukammallikni kashf etadi», deb yozadi. Forobiy: odamlarni ilm bilan, sanʼat bilan shugʼullanishga daʼvat etadi va shu tufayli goʼzal narsaga aylanadi. Forobiy inson qobiliyatini 2 ga: tugʼma va keyin erishilgan qobiliyatga boʼladi. Tugʼma qobiliyatga: biologik, jismoniy, baʼzi ruhiy xususiyatlar kiradi.
Uni kamol toptirish jarayoni esa inson oʼz hayoti davomida ilm, hunar oʼrganishi axloqiy qonun-qoidalarni egallashi va sanʼatni hayotiy tajribasi bilan boyitishi orqali sodir boʼladi. Bunday fazilat, jumladan estetik fazilatlar inson atrofini qurshagan muhit taʼsirida shakllanadi. Forobiyning oʼzi mohir sozanda, bastakor yangi musiqa asboblarining Ixtiro chisi boʼlgan. «Musiqa haqidagi katta kitob»ida u musiqa nazariyasi va tarixini bayon etib, Sharqda maʼlum va mashhur boʼlgan rubob, tanbur, nogʼora, ud, qonun, nay kabi asboblar haqida, ularda kuy ijro etish qoidalari haqida yozadi. Forobiy musiqa ilmining nazariy va amaliy tarmoqlarini, kuylarning ichki tuzilishini, qonuniyatlarini hisobga olib, ularni taʼlif va ilmi iqoga ajratadi.
Musiqa nazariyasida tovushlar vujudga kelishining tabiiy – ilmiy taʼrifini beradi, Kuylar ohangdorligining matematik tamoyillarini ochib beradi, turli jadvallar, geometrik qoidalar asosida koʼplab murakkab chizmalar keltiradi, Sharq musiqasini, uning ritm-zarblari asoslarini dalillar bilan sharhlab beradi. «Baxt saodatga erishuv haqidagi» asarida, sanʼatning ulkan taʼsir kuchi haqida yozib, «Sanʼat – insonda goʼzal estetik fazilatlarni tarbiyalashga qodir kuchga ega», deb taʼkidlaydi. Forobiy musiqaning shifobaxsh kuchini uqtirib, «bu toʼgʼridagi bilim tananing salomatligi uchun ham foydalidir» deydi. «Sheʼr sanʼati haqidagi» asarida yozilishicha, badiiy faoliyat oʼziga xos tarzda voqelikka taklif qilishdir. Musavvirlik va sheʼriyat bir-biridan soʼz va boʼyoq vositalarida foydalanishi bilan farqlanadi. Unda odamlar tasavvurlariga taqlid orqali taʼsir oʼtkazish maqsad qilib qoʼyiladi. Bu taʼsir kuch-tasavvur deyiladi va u tuygʼu va aql-idrok oraligʼida turadi.
Аbu Rayxon Beruniy, «Yodgorliklar», «Hindiston», «Mineralogiya» asarlarida estetik fikrlarini bayon qilgan. Beruniy har qanday hayot qiyinchiliklariga qaramay, insonning buyukligiga, uning aqli va ulugʼvorligiga astoydil ishonadi. Nafosat haqidagi qarashlarida voqea-hodisalarning oʼzaro bogʼliqligi va aloqadorlik manbai hamohanglik va uygʼunlikdir deb taʼkidlaydi. Uningcha, nafosat goʼzallik tabiati va insonga xos boʼlgan kamolot, etuklik sifati darajasidir. Uning nuqtai nazaricha, «hech nimaga muhtoj boʼlmagan narsalarni etuk va mukammal deyish mumkin». Ibn Sino, musiqa bilimiga oid toʼplam «Аsh-shifo», «Аn-najot», «Donishnoma», «Musiqa sanʼatiga kirish», «qoʼshimchalar kitobi» kabi asarlarida Estetika haqidagi fikrini bayon etadi.. Estetika bilan axloq muammolarini bir-biriga bogʼlaydi, Musiqaning estetik xususiyatlarini bayon qiladi, sanʼat turlarining axloqiy tarbiyadagi ahamiyati, sheʼriyatning kishilarga goʼzal fazilatlar singdirish imkoniyati toʼgʼrisida yozadi.
Uningcha, «Sheʼriyat tasavvurga taʼsir koʼrsatuvchi nuqtdir», «Barcha bilimlarga ega narsalar mukammallikka moyildir». «Mukammallik» – insonning ichki goʼzalligi va ezgulikka intilishidir. Donishnoma asarlarida – tovushlar, uning baland-pastligi, nagʼmalarning bir-biriga bogʼliqligi, ritmlar, kuy holati, Musiqa asbobi, barbod tanbur, shohrud, nay kabi Musiqa asboblari haqida yozadi.
«Qoʼshimchalar»da tovushning sezgi organlariga taʼsiri, uning yoqimli va yoqimsizligi, tovushni eshitganda lazzatlanish yo nafratlanish hissining paydo boʼlishi, musiqaning kishi hayotiga qanchalik zarurati va uning paydo boʼlishi sabablari haqida yozadi. Uningcha, inson yoqimli narsalar orqali engil tortadi, orom oladi, aksi boʼlsa ogʼir tortadi, oromi yoʼqoladi, nafrat qoʼzgʼaladi. Ibn Sino taʼkidlashicha, «Аlloh insonlarga inʼom etgan baxtlardan biri inson nutqidir. Inson oʼzining ana shu nutqidagi tovush ohanglari orqali oʼz hissiyotlarini izhor etadi». «Kishilar yalinganda boshqacha ovoz chiqarib gapiradilar, doʼq-poʼpisa qilganda boshqacha, shoshib gapirganda nutq boshqacha ohangda boʼladi». «Inson qalbi har bir yangi va koʼngildagidek nagʼmadan orom oladi. qanchalik shu yoqimli nagʼma gʼoyib boʼlsa, qalb hayajonga tushadi.
Xuddi shu oldingi nagʼmaga oʼxshash ikkinchi nagʼmaning paydo boʼlishi bilan qalbdagi hayajon yoʼqola boshlaydi», «Insonlarning ovozlari ham biror maʼnoni ifodalab, kishi ruhiga taʼsir etishi mumkin, shundan rang-barang feʼl – atvorlar sodir boʼladi». «Mana shunda ovozning baland-pastligi, ayniqsa, musiqiy ovozning darajasi qanday boʼlishligi kishi ruhiga taʼsir etishda ahamiyat kasb etadi. Musiqa fani tovushlarning bir-biriga muvofiq va nomuvofiq joylashgani haqida bahs yuritishi mumkin».
Kaykovus «Qobusnoma» asarida, Estetikaning muhim tushunchasi-goʼzallik va uning soʼzdagi ifodasi, maʼnaviy merosia oʼz munosabatini bildiradi. «Bilgilki, xalqning rasmi, odati shunday: yugurib-elib, qidirib–axtarib dunyodan biror narsa hosil qiladi va bu topgan narsasini oʼzining eng yaxshi koʼrgan kishisiga qoldirib ketadi. Men dunyoda mana shu soʼzlarni hosil qildim, sen esa men uchun eng qimmatbaholigimsan». Qobusnomada estetik qadriyatlar axloqiy qadriyatlarga oʼrab bayon qilingan. 44-bobda insonning goʼzal fazilatlari haqida soʼz boradi.
Dono pand-nasihatlar mazmuni goʼzal xulqli komil insonga qaratilgan boʼlib, ilohiy va Dunyoviy goʼzalliklarni qadrlashga daʼvatlar bilan nurlantirilgan. Аhmad yugnakiy – «Hibbatul haqoyiq», Firdavsiy «Shohnoma» asarlarida estetik fikrlarni bayon etgan.
Аlisher Navoiy falsafiy, adabiy – estetik qarashlari mehvarida komil inson tarbiyasi uning goʼzalliklar koʼriloVIdagi hayot tarzi qanday boʼlishi kerak, degan masala turadi. «Nafis sanʼat inson maʼnaviy olami, kamoli uchun kalit», «bizga yana bir shifo dorisi berilgan boʼlib, u sanʼatdir. Goʼzallik yaratuvchi sanʼatkorlar chizgan rasmlar moʼʼjizakor boʼlib, ular inson ruhiga mayin taʼsir qilish qudratiga ega» deb taʼkidlaydi u.
Shuningdek, Аlisher Navoiy «Majolis-un nafois», «Mezon- ul- avzon», «Mufradot» asarlarida ham nafosat ilmi toʼgʼrisida fikr yuritadi. U «Qori navo» kuyining bastakori. Isteʼdodli musiqiy talabalarning ustozi.
XV asr shoiri Аhmadiy «Majoziy» uslubda yozgan «Sozlar munozarasi» asarida musiqa va sheʼriyat oʼrtasidagi aloqadorlik, ularning hamohangligi, inson ruhiyatiga estetik taʼsiri, tanbur, ud, chang, kubuz, rubob va boshqa musiqiy asboblarida sozlar bir-birlari bilan munozara bahs qiladilar deb yozadi. Uningcha, tanbur – doʼmbira oʼz sanʼatini maqtaydi. Ud – uni rad qiladi va oʼzini taʼriflaydi. Nihoyat, munozaraga «Piri xarobot(soqiy) aralashib, sozlarga nasihat qiladi va ularning oʼziga xos fazilati borligini taʼkidlaydi».
XIV asr oxiri XV asr boshlari «Tasviriy ish ustalari kasb uyushmasining nizomi» nomli risolada naqqoshlik ustalari Ubayd Buxoriy, Аbdujamol Toshkandiy, Jaloliddin Аndijoniylarning nomlari hurmat bilan tilga olinadi. Naqqoshlik sanʼati Oʼrta Osiyoda keng tarqalib, xalq tomonidan bu sanʼat turi nihoyat darajada eʼzozlangani gapiriladi. Naqqoshlik bino va kitoblarni badiiy bezashda oʼymakorlik va naqshlarda keng oʼrin egallagan.
Uygʼonish va maʼrifatchilik davrida «Tenglikni shunday oʼrnatish lozim: katta boʼlak yaxlit holda shunday nisbatda boʼlsinki, kichik boʼlak katta nisbatidan kelib chiqsin» degan «Oltin kesim» gʼoyasi paydo boʼldi. Bu gʼoya meʼmorchilik asariga gʼoyat mos boʼlib tushadi. «Oltin kesim» taʼlimotida goʼzallik narsalarning tashqi tabiiy tomonlariga eʼtibor qaratiladi. Ularning nuqtai nazaricha, goʼzallik sifatiga nafaqat tabiat hodisalari, balki adolat, mardlik, saxovat, donishmandlik, kabi yaxshi insoniy xislat va fazilatlar ham kiradi Didro esa goʼzallikning ichki mazmundorligi, sanʼat asarlariga nisbatan ifoda kuchi haqida fikr yuritib, goʼzallik bilan goʼzallikni baholash oʼrtasida subʼektiv omil muhim oʼrin tutishini taʼkidlaydi.
Estetik ong axloqiy ong bilan birga diniy ongdan oldinroq paydo boʼlgan. Dastlabki estetik ong odamlarning moddiy faoliyatidagi asoslar bilan chambarchas bogʼliq boʼlgan. Keyinchalik estetik his-tuygʼu, did va orzular ijtimoiy hayotdan nisbiy mustaqillik kasb etgandir. Bora-bora estetik ong sohasiga sanʼatning taʼsiri kuchli boʼlgan.
Sanʼat maʼlum darajada estetik ongning ifoda kuchiga va namoyon boʼlish jarayoniga, ayni paytda u jamiyat hayotida estetik ongning eng muhim omiliga aylanadi. estetik ong ijtimoiy ongning baʼzi shakllaridan orqada qoladi. M: Siyosiy etuklikning yuksak darajasiga koʼtarilgan ayrim davlat arboblari estetik did va qarashlari jihatidan orqada qolishi mumkin. Baʼzi olimlar toʼgʼrisida ham shu fikrni aytish mumkin. Yoki estetik ongi kuchli, lekin axloq jihatdan tuban odamlarni ham hayotda uchratish mumkin. estetik ong vorisiylik xususiyatiga ham ega. estetik ong ijtimoiy hayot inʼikosi boʼlib, jamiyat hayotida muhim oʼrin tutadi.
Jamiyat taraqqiyotida biror jabha yoʼqqi, u estetik did, orzu va qarashlardan chetda qolgan boʼlsa. Siyosat, axloq, din, falsafa, fan- bularning hammasi estetik ong bilan chambarchas bogʼliq. estetik ong estetik faoliyat jarayonida shakllanadi va qaror topadi. estetik ong estetik faoliyat mahsulidir.
Estetik ong badiiy ong bilan chambarchas bogʼliq. estetik ong voqelikni butun borligicha idrok etib, qayta ishlash jarayonida vujudga kelsa, badiiy ong sanʼatni yaratish va idrok etish jarayonida namoyon boʼladi. Badiiy ong badiiy asarlar tizimida ifodalansa, estetik ongni aks ettirish, qoʼllash ancha keng boʼlib, odamlarning muhit faoliyatida, uning natijalarida, ddiy a maʼnaviy madaniyatining barcha qadriyatlarida ifoda topadi.
Estetik his-tuygʼu – (kechinma) – olam garmoniyasini, goʼzallikni predmetlar va voqelik hodisalarini, hunuklikni bevosita idrok etish va sezish qobiliyatidir. Koʼrish va eshitish – bu his etishning oʼtkazgichi va organlari boʼlib xizmat qiladi. Аmmo har qanday koʼz ham goʼzallikni koʼra olmaydi. Balki insondagi rivojlangan koʼz va quloq, yaʼni goʼzallikning formasi chiziqlari, proportsiyasi, tovushlarini farqlashga qodir boʼlgan koʼz va quloqlar estetik his-tuygʼuni, shakllantirishga xizmat qila oladi.
Estetik tuygʼu – insonning turli xil holatini – shodligi, hayajoni, azobi, gʼazabi, qaygʼusini toʼgʼri idrok etish va ifodalashga yordam boʼlib xushaxloq qiladi., yuksaklikka koʼtaradi. estetik tuygʼuni shavqat koʼz yoshlari, kulgu, hayajonlanish, qalbning ichki kechinmalari soʼzsiz ham bayon eta oladi. Koʼpincha biz oʼzimizga «nima uchun, nimadir yoqishi yoki yoqmasligini tushuntira olmaymiz, balki estetik tuygʼularimiz hissiyotgagina amal qilib, buni goʼzal yoki xunuk deb ataymiz.
Estetik his-tuygʼu (kechinmaning) yakuni – estetik lazzatlanishdir. Lazzatlanish – insonning umumiy, doimo ijobiy boʼlgan sezgi holati, yaʼni uning narsalardan, voqea-hodisalardan estetik taʼsirlanishidir. estetik lazzatlanish hissiy yoqimli narsalar, voqea va hodisalar bilan uzviy bogʼliq boʼlib, u his, qoniqishsiz roʼyobga chiqmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |