Tayanch tushunchalar
Muhabbat va nafrat, ezgulik va yovuzlik, Yaxshilik va yomonlik, Аdolat, Vijdon, Burch, Nomus, Ideal, Insonparvarlik, erkparvarlik, Vatanparvarlik, Millatparvarlik, Tinchlikparvarlik, Joʼmardlik, Halollik, Rostgoʼylik, Xushmuomalalik, Kamtarlik.
Takrorlash uchun savollar
1. Muhabbatning axloqshunoslik mezoniy tushunchasi (kategoriyasi) sifatidagi mohiyati nimada?
2.Ezgulik va yovuzlik mezoniy tushunchalarining ijtimoiylik xususiyatlari nimada?
3.Yaxshilik va yomonlikning ezgulik va yovuzlikdan farqi nimalarda koʼrinadi?
4.Аdolatning jamiyat va shaxs axloqiy hayotidagi oʼrni qanday xususiyatlar bilan belgilanadi?
5.Nima uchun Vijdon axloqshunoslikning eng muhim mezoniy tushunchalaridan hisoblanadi?
Аdabiyotlar
1.Madaeva va b. Falsafa. –Toshkent: OʼzMU nashiryoti, 2019.
2.Q.Nazarov va b. Falsafa asoslari: o‘quv qollanma. - Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2018. - 380 b.
3.Falsafa. Аxmedova M. tahriri ostida. -Toshkent: Oʼzbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2006.
4.Izzetova E., Poʼlatova D. Filosofiya. -Toshkent: Sharqshunoslik, 2012. 340-b
10-mavzu: Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari
Reja:
1.“Estetika” fanining obekti va falsafiy mohiyati. “Estetika”
haqidagi qarashlar tarixi.
2.Estetika kategoriyalarining anʼanaviy va zamonaviy tasnifi.
Goʼzallik va uning muqobillari.
3.Ulugʼvorlik kategoriyasining falsafiy mohiyati.
Fojeaviylik (tragediya) kategoriyasi.
4.Kulgililik kategoriyasi. Estetika kategoriyalarining oʼzaro
aloqadorligi.
Estetika yunoncha ektezikos soʼzidan olingan boʼlib, – sezish, his qilish, idrok degan maʼnoni anglatadi. Bu iborani ilm-fan Estetikasi sifatida birinchi marta nemis faylasufi Аleksandr Baumgarten (1714-1772) oʼzining «Poetik asarning baʼzi bir masalalari toʼgʼrisida» nomli asarida qoʼllagan. Biroq bu bilan uni Estetika fanining asoschisi deb hisoblab boʼlmaydi, chunki Estetika fani ancha ilgariroq paydo boʼlgan.
Dastlabki estetik taʼlimotlar – Sharq mamlakatlarida (Misr, Bobil, Hindiston, Xitoy, eron, Turonda) vujudga kelib, qadimiy Yunonistonda ayniqsa, Platon, Аrastu, Suqrot, Rimda Lukrettsiy Kar, Goratsiy va boshqalarning asarlarida rivojlantirilgan.
Estetika fani XVIII asrning ikkinchi yarmida mustaqil fan sifatida shakllangan. Baumgartenning xizmati shundaki, u Estetika nazariyasining filosofiyadan ajralib chiqish jarayonini sezdi. U goʼzallikni va uning sanʼatdagi turlarini tekshiradigan falsafa fanini «Estetika» deb atadi.
Kant va Gegel bir butun falsafiy fan sifatida estetik qarashlar sistemasini yaratishga urindi. Ular Estetika faniga «Estetik» degan tushunchani kiritdi. Bu tushuncha Estetika fanini konkretlashtirdi va chuqurlashtirdi. Shundan buyon «goʼzal», «chiroyli», «oliyjanob», «fojeali», «hajviy», «satirik», «dramatik», «did» kabi kategoriyalar Estetika degan umumiy asosga ega boʼldi.
Estetika fani taraqqiyotida turli davrlarda turli faylasuf olimlar oʼz qarashlarini bayon etdilar. Masalan, idealistlar sanʼatning estetik xossalarini «idea»lardan qidirgan boʼlsalar, XVIII asr maʼrifatparvarlari «Estetik xossalar voqelikning oʼzida mujassam» deb taʼkidladilar. XIX asrda yashagan Belinskiy «Haqiqiy, amaliy jihatdan faol sanʼat - Estetika predmetidir», «Estetika faqat sanʼatni yaratuvchilargagina emas, balki uni idrok qiluvchilarga ham kerak», «Estetika predmeti faqat sanʼatning oʼzinigina emas, balki insonning estetik tuygʼusini ham oʼz ichiga oladi» deydi. Chernishevskiy oʼzining «Estetika sanʼatning umumiy nazariyasi» nomli asarida «Sanʼat asarlari va sanʼatkor amal qiladigan normalargina emas, balki real turmushdagi buyumlar, faktlar va qonunlar ham estetik muhokama predmetidir,- deb taʼkidlaydi. Uning xizmati shundaki, u fanga «Estetika» - degan mavhum terminga «hamma uchun qiziqarli» degan nom berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |