Goʼzallik qonunlari :
1.Meʼyor; 2.Predmetning yaxlitligi; 3.Rang-baranglikning organik birligi(uygʼunligik); 4.Predmet tuzilishining maqsadga muvofiqligi; 5. «Buyum qonunining hissiy ifodasi sifatida estetik forma».
Qadimgi yunonlar uchun jismoniy va maʼnaviy barkamol inson goʼzalligining ideali boʼlgan. Tana va ruh garmoniyasi hammadan koʼp qadrlangan. Vatani qadimiy Gretsiya boʼlgan Olimpiya oʼyinlari shunchaki sport musobaqasi emas edi, balki kishilardagi jismoniy va maʼnaviy fazilatlar bayrami – koʼrigi boʼlgan. Masalan: kimki birovni jamiyatga zid hatti-harakatlar bilan badnom qilgan boʼlsa, bunday kishilarni koʼrikda qatnashtirmaganlar. Аdolat, mardlik, yaxshilik doim goʼzal hisoblangan.
Oʼrta asrlarda goʼzallik – real hayotda emas, balki u dunyodagi «osmoniy» olamda deb hisoblaganlar. Tanani «ruh» uchun oʼldirish jismoniy va maʼnaviy garmoniya emas, balki ularni ajratish, bir-biriga zid qoʼyish goʼzallik hisoblangan. Goʼzallikni turli xil toifa va tabaqadagi kishilar ham oʼz nuqtai nazaridan kelib chiqib baholaganlar.
Masalan: dehqon nazarida: sogʼlom, baquvvat, yonoqlari naqsh olmadek qiz goʼzal hisoblangan boʼlsa, dvoryan nazarida: zaiflik, noz, tantiqlik, purvuqorlik jononlarning goʼzalligi sanalgan. Goʼzallik hamma davrlarda ijobiy hodisa va xususiyat deb tushunilgan. Kishilar u yoki bu predmet, voqea va hatti-harakatlarni goʼzallik deb ataganlarida goʼzallikdagi barcha narsalar, hayotning ijobiy va progmativ belgilarini aks ettiradi va ifodalaydi deb bilganlar. Goʼzallik tabiatda, insoniy munosabatlar, sanʼatda namoyon boʼladi. Goʼzal narsa bizni hamisha zavqlantiradi, yorqin his-tuygʼular uygʼotadi, kayfiyatimizni chogʼ qiladi. Chernishevskiy «Goʼzallik kishida hosil boʼladigan his, yorqin quvonch, sevgan kishimiz yonimizda boʼlganda qalbimizni qanday quvonch bilan toʼldirsa, xuddi shunday cheksiz quvonch tuygʼusidan iboratdir. Biz goʼzallikni begʼaraz sevamiz, uni koʼrib quvonamiz, sevgan kishimizni koʼrib qanday xursand boʼlsak, goʼzallikni koʼrib shunday xursand boʼlamiz», deydi.
Tabiatdagi, jamiyatdagi kishining ijodiy faoliyatidagi, odamlarning bir-biriga boʼlgan munosabatlaridagi jamiki ijobiy voqealarni, yaʼni: - bizda quvnoq his-tuygʼu paydo qiluvchi; - mamlakatga yordam beruvchi; -kayfiyatni koʼtaruvchi,- bizni oliyjanob ishlarga ilxomlantiruvchi; - voqealarni, insonning progmativ taraoʼoʼiyotiga, uning olgʼa bosishiga yordam beruvchi barcha omillarni goʼzallik deb atash mumkin.
Tabiat goʼzallikni eng qadimiy va boy manbaidir. Tabiatdagi goʼzallik insonda mustaqil suratda mavjuddir, lekin, goʼzallikning barkamolligini faqat insongina tushunishga qodirdir, u faqat inson uchungina ijodiy ilxom, oʼzgartiruvchi mehnat manbaidir. Tabiatga qancha chuqur kirib borsak: - moddalarning shakli va rangi; - oʼsimliklar; -jonivorlar; chigʼanoq va meduzalarning ajoyib formalari; -gullar, kapalaklar, qushlarning goʼzalligini shunchalik yorqinroq his qilamiz.
Bularning barchasini oʼziga xos shakllari, rangi, harakatlari bilan tanishish uchun butun bir inson umri ham etmaydi.
Tabiatning eng goʼzal mahsuli uning eng taraoʼoʼiy etgan bosqichi: - aql –zakovat, iroda egasi boʼlgan; - ijod qilish qobiliyatiga ega boʼlgan insondir
Tabiatdagi goʼzallikni ana shu inson oʼz aql zakovati orqali bilib oladi, moddalarning qonunlari va xossalarini ochib, oʼz ijodiy mehnati bilan ularni yanada takomillashtirish uchun bu qonun va xossalarda foydalanadi. «Oltinni oltin qilgan bolgʼa» deyishganda, albatta insonning qoʼli va mehnati aks ettiriladi. Tabiatda uchraydigan tugʼma oltin chiroyli boʼladi, ammo u qidirib topilib, yuvilib, yuzlab qoʼllardan oʼtib, oxiri ogʼir quyma holda yaltiragunicha, yupqa tilla taxtachalarga aylagunicha odam qanchadan-qancha mehnat sarflaydi. Bu ishning boshlanishi, xolos. Oltin qoʼli gul insonlar tomonidan yaratilgan turli buyumlar oʼz goʼzalligini toʼla-toʼkis namoyish qilmogʼi uchun zargarlar, tajribali ustalar, talantli rassomlar qanchadan-qancha mehnat sarflashlari kerak boʼladi. ...Butun goʼzalliklarni koʼrsatish faqat insonning qoʼlidagan keladigan ishdir.
Insonning goʼzalligi jamiyatga, uning yuksak gʼoyalariga xizmat qilishida, ishga, oʼz doʼstlariga boʼlgan munosabatida ayniqsa yaoʼoʼol namoyon boʼladi. Jamiyat manfaatlarini har narsadan ustun qoʼyadigan kishilarni, doʼstlik va birodarlikni, oʼzaro munosabatlarning asosi deb biladigan kishilarni goʼzal, ajoyib kishi deb ataymiz. Ularni uzoq geologik ekskursiyalarda, studentlar auditoriyalarida; yulduzlar tomon uchuvchi kema kabinalarida; zavod tsexlarida; kolxoz dalalarida uchratamiz. Bunday odamlar qaerda boʼlmasin, qanday ogʼir ahvolga tushmasin, har doim ham jasorat va haqiqiy inson goʼzalligi namunasini koʼrsatadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |