«fаlsаfа» modulidan oʼquv-uslubiy mаjmuа


Navoiy – Shekspir asarlari



Download 481,06 Kb.
bet89/153
Sana13.11.2022
Hajmi481,06 Kb.
#864845
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   153
Bog'liq
FAlsafa UMK 2022-yil 11 ta mavzu\' LOTINCHASI

Navoiy – Shekspir asarlari. Layli – Majnun, Rameo – Juletta, Suqrotning oʼlimi bilan fojialik aks etgan asarlardir. Fojialilik va kulgililik. Yolgʼiz insonga xos his-tuygʼu. Faqat ijtimoiy munosabatlar jarayonida namoyon boʼladi. Ular bir-biriga zid tushunchalar, ayni paytda ular bir-birining magʼziga singib, birinchisi ikkinchisiga oʼtib turadi. Xalq iborasida: «fojialilikda kulgililikkacha masofa bir qadamdir» deyiladi. Shekspir asarlarida fojiali va kulgili tomonlar, shu qadar chirmashib ketganki, ularni birini ikkinchisisiz anglash qiyindir. Fojialikda noqonuniy hayotning chuqur ziddiyatlari va toʼqnashuvlari: hayot va oʼlim, ozodlik va zarurat, aql va tuygʼu, qonun va burch, shaxsiy va ijtimoiy xususiyatlar namoyon boʼladi. M.Shayxzodaning «Jaloliddin Manguberdi», «Mirzo Ulugʼbek» asarlari fojiaviy asarlardir.
Аrastu: fojiali his-tuygʼu murakkab tarkibga ega boʼlib, u achinish, qoʼrquv va shodlikning oʼziga xos qorishmasidan iborat. Bu yerda qahramon azob-uqubatlariga achinish uning mudhish taqdiridan qoʼrquv, ruhiy poklanishidan shodlanish koʼzda tutiladi. Аgar shunday holat (poklanish) sodir boʼlmasa, tomoshabin dilxasta boʼlib chiqib ketsa, demak poklanish amalga oshmagan boʼladi. Halokat bilan tugallansa ham, bari-bir qaygʼu va tushkunlik emas, balki yashash va kurash istagi, bu kurashda oʼzining halok boʼlishini bilib turgan insonning magʼrur qiyofasi gavdalanadi.
Inson ulugʼvorligini tarannum etish hammadan ham koʼproq va yorqinroq sanʼat fojia turida oʼz ifodasini topadi. Kulgililik. Аrastu kulgulilikni xunuklik va goʼzallik oʼrtasidagi ziddiyat ifodasi desa, Kant : - kutilayotgan voqeaning ahamiyatliligi va natijaning arzimasligi deb taʼkidlaydi. Gegel: - mohiyati jihatidan pastkash, soxta, ahamiyatsiz va shakli jihatining ahamiyatli jarayonini kulgulilik desa, Bergson: - bexosdan sodir boʼlgan va jonli muloqot natijasini kulgu deb ataydi.
Sharq va Gʼarb mutafakkirlari kulgulilikni xunuklik bilan bogʼlab mushohada qilishadi. Xunuklikning oʼzi kulgili emas, balki uning goʼzallik daʼvo qilishi va oʼzini goʼzallik oʼrniga qoʼyishga harakat qilishi kulgililikdir deb taʼkidlanadi. Kulgililikning ichki tomoni – keng maʼnodagi hazil (yumor) tuygʼusidir.
Hazil tuygʼusi insonni hayvondan ajratib turadigan eng muhim xislatlrdan biridir. Hazil tuygʼusi murakkab aqliy tuygʼu boʼlib, unda shaxs oʼzining butun borligʼi bilan namoyon boʼladi. Unda insonning his-tuygʼu va aql madaniyati, orzu-umidlari namoyish etiladi.
Kulgining turli sabablari boʼlishi mumkin: toʼyimli va mazali ovqatlanishdan keyin rohatlanib kuladigan odamlar boʼlishi mumkin. Bunday odamlar uchun kulgi hayotni sof fiziologik - jismoniy idrok etish ifodasi boʼlib xizmat qiladi. Inson tashqi koʼrinishi bilan uning asl mohiyati oʼrtasidagi nomuvofiqliklar ziddiyati, tafovutlar, beoʼxshovliklar, kelishmovchi-liklarni tabiiy anglash natijasida ham kulgi kelib chiqadi. Baʼzi bir odamlar oʼzining pastkash, johil, loqayd, xudbin mohiyatini tashqi Viqor, oliftalik, takabburlik bilan «bezab» koʼrsatmoqchi boʼladi, bu ham kulgini kelib chiqaradi.
Komiklik va kulgililik. Kulgililikdan komiklik tushunchasi ancha tor. Har qanday kulguli narsa komik boʼlavermaydi. Komik voqea deganimizda ijtimoiy va estetik ahamiyatga ega boʼlgan hodisani anglaymiz. Kulgili yoki eng sodda komik voqea latifa mavzui boʼlib xizmat qilishi mumkin va undan hajviy oʼxshatma (parodiya), hazil (sharj) kabi sanʼat koʼrinishlari oʼrin olgan.
Komediya – eng oddiy kulgi bilan emas, balki komik matn bilan bogʼliq boʼladi. Gogol: «Komediya uchun qiyshiq burun emas, qiyshiq jon kerak». Komediyaning asosini komik toʼqnashuvlar, komik tabiat ramziy qiyofalar, «fosh» etilishi zarur boʼlgan komik vaziyat tashkil etadi.
Satira sanʼatning har xil turlari va koʼrinishlarida namoyon boʼladi: unga lirika ham, epos ham, drama ham yot emas. Komediya sanʼatiga xos tanqidiy yoʼnalish masxarada toʼlaqonli aks etadi. Satiradagi fosh etuvchi kulgi qahr - gʼazabdan ajralmagan holda namoyon boʼladi. Satirada zardali hazil, achchiq kinoya, hazil mutoyibadan foydalaniladi.



Download 481,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish