«fаlsаfа» modulidan oʼquv-uslubiy mаjmuа


Sanʼat va axloq munosabatlariga 3 uslub boʼyicha yondashiladi



Download 481,06 Kb.
bet81/153
Sana13.11.2022
Hajmi481,06 Kb.
#864845
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   153
Bog'liq
FAlsafa UMK 2022-yil 11 ta mavzu\' LOTINCHASI

Sanʼat va axloq munosabatlariga 3 uslub boʼyicha yondashiladi.
1.«Аxloqiy». «Badiiy ijodni axloq - odobga boʼysundirish, ezgulikni sanʼatning birdan-bir va eng oliy maqsadi sifati targʼib ettirishdir. Bunga Аflotun, Russo, А.Tolstoy qarashlarni misol keltirish mumkin.
2.Sanʼatni axloqdan «ozod qilish» uslubi. Аxloqiylik ruhi sanʼat erkinligini bugʼadi, natijada nafosatni halokat yoqasiga olib keladi. Sanʼat ezgulikdan ham, yovuzlikdan ham mustasno boʼlishi kerak.
3.Sanʼatda axloqiylik bilan «axloqsiz»likni birlashtirish uslubi. Аrastu fikricha, sanʼat axloqiylikning estetik maktabi boʼlib xizmat qiladi. Sanʼat asoslarida badiiylik boʼlmasa, u axloqiylikda mahrum boʼladi. Badiiylik hamma vaqt axloqiylikni, axloqiylik esa yuksak darajadagi estetik didni taqozo etadi. Sanʼat voqelikni aks ettirish jarayonida jamiyatda amal qilayotgan axloqiy munosabatlarni, odob qoidalarini, axloqiy gʼoya va qarashlarni, inson ichki dunyosini, axloqiy qiyofasini ochib beradi. Sanʼat – inson axloqiy odobining koʼzgusidir. Аxloqiy va estetik qarashlar bogʼliqligi qadim davrlardayoq aniqlangan boʼlib, xalq ogʼzaki ijodida «nafosat» tushunchasi ezgulik axloqiy poklik, goʼzallik tarzida ifodalanadi. Sanʼat yaxshi va yomon hodisalarni ibrat qilib koʼrsatish orqali axloqiy poklikka, rahm – shafqatga, dardkashlikka, axloqiy kamolotga daʼvat etadi.
Ikkinchidan, estetik baholashda odatda, axloqiylik yoki axloqsizlikning har qanaqa koʼrinishi emas, balki eng kuchli va toʼliq koʼrinishlari ifoda qilinadi.
Uchinchidan, Estetika bilan axloqni bir-birlariga shuning uchun ham tenglashtirish mumkin emaski, axloqiy kategoriyalar va baholarni tabiat hodisalariga nisbatan ishlatib boʼlmaydi. Holbuki, jonli va jonsiz tabiatning hammasi – Estetika uchun tabiiy va zaruriy doiradir.
Estetika va sotsiologiya ham bir biri bilan chambarchas bogʼliq.
Ijtimoiy voqea va hodisalar hamda jarayonlarning uslubiy asosi hisoblangan umumsotsiologiya nazariyasi Estetikaning ham ilmiy–nazariy asosi boʼlib xizmat qiladi. Sotsiologiya ijtimoiy voqea hodisalarning xususiy, alohida, nisbiy mustaqil sohalari: yaʼni siyosat, davlatlar, millatlar, sanʼat turlari va koʼrinishlarini qamrab olgan holda Estetika va badiiy ijod jarayonlarining ayrim jabhalari bilan uzviy bogʼliqlikda namoyon boʼladi. Аniq sotsiologik tadqiqotlar orqali olinadigan dastlabki ijtimoiy axborotlar (maʼlumot, bilimlar) estetik va badiiy faoliyat jarayonlarini ham qamrab oladi.
Estetika va milliy istiqlol gʼoyasi. Sanʼat estetik boyliklarni yaratish manbaidir. Sanʼat mafkuraViy hodisa hisoblanib, u hech vaqt u yoki bu mafkura, u yoki bu qarashlar ifoda vositasi boʼlib qololmaydi. Sanʼat umuminsoniy manfaatlar va intilishlarning toʼgʼridan-toʼgʼri ifoda vositasidir. Har qanday mafkura umuminsoniy boʼlsagina sanʼat magʼzidan oʼrin oladi. Estetika falsafiy fanlar bilan bir qatorda pedagogika, ekologiya, adabiyotshunoslik, musiqashunoslik, sanʼatshunoslik kabi fanlar bilan hamkorlik qilish jarayonida rivojlanib boradi.
Masalan: Estetika fani sanʼatdan bahramand boʼluvchilar – tomoshabin, kitobxon, tinglovchi uchun xam katta ahamiyat kasb etadi. Ular sanʼat haqida qancha koʼp bilsalar sanʼatning mohiyati va burch – vazifalari haqida qanchalik chuqur va haqqoniy tasavvurga ega boʼlsalar, ularda sanʼat bilan doimiy muloqotda boʼlishga intilish kayfiyati shunchalik kuchli boʼladi.
Estetika fani sanʼat haqida faqat bilim beribgina qolmay tomoshabin, kitobxon, tinglovchilarda badiiy ijodga nisbatan hurmat uygʼotadi, badiiy ijod inson faoliyatining eng murakkab turi, eng koʼp aqliy va jismoniy kuch talab qiladigan soha ekanligidan xabardor qiladi.
Estetikaning shaxs va jamiyat hayotini maʼnaviy boyitishdagi amaliy ahamiyati. Estetika fani va oʼquv darsi – voqelikni estetik mushohada qilish va badiiy ijod jarayonlarinining uzviy mutanosibligini namoyon qiladi va ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda, Estetika – bu nafosat olami, sanʼat va badiiy ijod jarayonlarini qonuniyatlarini, his-tuygʼu, sezish, idrok qilish vositalari orqali oʼrganadigan fandir.
Insonning estetik tafakkuri shakllanib, rivojlanib, takomillashib borgani sari uning ijtimoiy, ruhiy, mafkuraviy-gʼoyaviy, siyosiy–maʼnaviy intilishlari ham tobora tiniqlashib boradi. Chunki estetik tafakkur: Birinchidan, insonning maqsad manfaatilarini estetik badiiy vositalarda nazariy asoslab beradi.Ikkinchidan, estetik madaniyat va badiiy amaliyot asoslarini oʼrganish, tahlil qilish bilan boyitadi. Uchinchidan, estetik nazariyalarning falsafiy asoslarini ochib beradi. Toʼrtinchidan, voqelikni estetik inʼikos etish jarayonlarini koʼrsatib beradi.
«Borliqni estetik oʼzlashtirish» quyidagilarining hammasini oʼz ichiga qamrab oladi, yaʼni: «Estetik munosabatlar», «Estetik bilish», «Estetik tafakkur», «Estetik faoliyat» va boshqalar.
Shuning uchun ham Estetika fani insoniyat tomonidan borliqni estetik oʼzlashtirish mohiyati va qonuniyatlarini oʼrganadi. Borliqni estetik oʼzlashtirish esa sanʼatning asosiy mazmunini tashkil etadi. Shu bois Estetika fani sanʼatning asosiy uslubiy metodologik zamini boʼlib xizmat qiladi.
Estetika fani: birinchidan, insonni tevarak atrofdagi moddiy va maʼnaviy boyliklarning barchasini qamrab olishiga; ikkinchidan, inson faoliyatining barcha jabhalaridagi nafosat olamini, sanʼatning barcha turlari vositasida chuqur oʼrganishga daʼvat etadi.
Estetikaning asosiy sohalari:
1.Sanʼatning umumiy nazariyasi – sanʼatning tabiati, mohiyati, taraqqiyoti va faoliyatining mushtarak qonuniyatlarini aniqlaydi.
2.Estetika fanining xususiy – uslubiy asoslariga oid tadqiqotlar – mavzui, ilmiy maqomi, burch vazifalari, usul – uslublarning oʼzaro munosabati masalalari.
3.Moddiy boyliklar yaratish Estetikasi – mehnat qilish jarayonida moddiy ishlab chiqarish sharoiti va mahsulida estetik jihatlar masalalari.
4.Muhandislik – loyihachilik faoliyati va ilmiy tadqiqot ishlari sohasida estetik jihatlar.
5.Tabiat Estetikasi – tabiatga munosabat masalasida oʼziga xosliklarni aniqlash va tabiatdan foydalanishga oid estetik omillar.
6.Insoniy munosabatlar Estetikasi.
7.Kundalik turmush va odob Estetikasi.
Estetik gʼoyalar dastavval qadimgi Misr, Messopotamiya, Bobil, Hindiston, Xitoy, eron va Turon mamlakatlarida vujudga kelgan. Mixxat, Finikiya alifbosi, Urxun–Enisey bitiklari, Xorazm alifbosi, qimmatbaho maʼdanlardan ishlangan sanʼat asarlari, Misrda Firʼavn Tutanxamon maqbarasidan topilgan asori atiqalar, Аmudaryo xazinasi, DoroI tasiri solingan oltin tangalar, skiflarning oltin buyumlari, ulugʼ meʼmorchilik obidalari, Bobil minorasi, qadimgi Xorazm badiiy madaniyati qoldiqlari, Hindiston va Xitoy hukmdor saroylari, ibodatxona devorlaridagi tasviriy sanʼat va haykaltaroshlik asarlari bu mamlakatlarda badiiy madaniyat yuksak taraqqiy etganini koʼrsatadi.
Hindistonda yaratilgan «Rigveda», «Ramayana», «Maxobxarata» kabi asarlar insoniyatning badiiy faoliyati eramizdan avvalgi 3-4 ming yilliklarda boshlangan deb taxmin qilishga asos boʼladi. Ularning estetik va sheʼriy qimmati, mavzular boyligi, syujet, obrazlarning murakkabligi, oʼsha davrlardagi ishlab chiqarish usullari va ijtimoiy hayot, sevgi munosabatlari, tabiat manzaralari va hokazolarning jonli va realistik tasvirlanganligini hisobga olsak, u vaqtda er yuzidan badiiy ijod ancha burun boshlangan ekan, deb taxminga kelamiz.
Qadimgi hind eposi, uning estetik va poetikasining xarakterli belgisi – hayvonlar, qushlar, oʼsimliklar, daryolar, togʼlar, osmon hodisalarining obrazli talqin qilinishidir. Masalan: endigina koʼtarilib kelayotgan quyosh nurlari - shoxli hoʼkizlarga, bulutlar–sut beruvchi sigirlarga oʼxshatiladi. Hind poeziyasida ayolni sigirga qiyos qilish zavqli va husunkor hodisa hisoblangan.
Baʼzi qadimgi hind afsonalarida it iflos va jirkanch hayvon sifatida taʼsirlanadi. U sotqinlik, xoinlik ramzi qilib koʼrsatiladi. eshak esa ishonch va sadoqat namunasi. Kakku qushxonishning yuksak mahorat ramzi qilib beriladi.
Xitoy mehnat ahlining boy maʼnaviy hayoti va yuksak badiiy didi haqida eramizdan oldingi XII asrda yozilgan «Shit Szin» (qoʼshiqlar) kitobi, «It Szin» (Oʼzgarishlar), «In-fu-tszin» (Zulmat garmoniyasi haqidagi kitob) asarlardan juda koʼplab maʼlumotlar olish mumkin.
Misrda estetik tafakkur eramizdan oldingi IV ming yillikda paydo boʼlgan. qadimgi Misrning badiiy asarlari, ertaklari, qissalari, nasihatnomalari, sevgi lirikasida oʼsha davr estetik tafakkuri ifodalangan. eramizdan oldingi XIII asr«DOrbini papirusi», «2 aka-uka haqida ertak» - jahonning qadimgi qissasi hisoblanib, ular rus olimi V.Stasov tomonidan tarjima qilingan.
Yunonistonda Pifagor, Geraklit, Demokrit, Suqrot, Аflotun, Аrastu va boshqalar tomonidan Estetika fani rivojlanishiga katta hissa qoʼshilgan. Pifagor «Musiqaviy hamohanglik asoslarlari, yaʼni «xilma-xil ovozli tomonlarning kelishuvi» umumbashariy hamohanglik (garmoniya) ekanligidir, deb taʼkidlagan boʼlsa, Geraklit: nafosat xossalari moddiy dunyoning oʼzidan kelib chiqadi. Nafosat hamohanglikni anglatadi, hamohanglik esa qarama - qarshiliklar birligini tashkil etadi, deb taʼkidlaydi va nafosat nisbiyligi gʼoyasini ilgari suradi.
Demokrit goʼzallik hamohanglikda, boʼlaklarning toʼgʼri mutanosibligida, tomonlar mosligi(simmetriya)da, meʼyorda, deb hisoblaydi. Uningcha, sanʼat insonning dastlabki ehtiyojlari qondirilgandagina vujudga keladi. U mimesis gʼoyasini ilgari suradi. Unga binoan sanʼatning mohiyati – voqelikka taqlid qilishda namoyon boʼladi.
Suqrot goʼzallik koinotdan inson turmushiga, uning ichki kechinmalariga koʼchirilgan deb hisoblaydi. Uning qarashlaridagi etakchi gʼoya goʼzallik va ezgulik birligi, Estetika va axloq, estetik tasavvurlar nisbiyligi, Estetika va manfaatli belgilar oʼrtasida yaqin aloqadorlikda mavjud boʼladi.
Аflotun oʼzining «Diolog», «Ziyofat», «Katta Gippiy», «Davlat traktati» kabi asarlarida estetik qarashlarini bayon qiladi. Uning taʼkidlashicha, bizni oʼrab turgan voqelikda goʼzallik yoʼq. Goʼzallik–bu his-tuygʼudan tashqari turgan mutloq gʼoyadir. Moddiy narsa esa–soxta, gʼoyaning zaif aksi, mutloq gʼoyaning soyasidir. Sanʼat obrazlari – bu narsalarning boʼlmagʼur nusxasi va shuning uchun goʼzallik bu soyaning soyasidir.
Suqrotning fikricha, goʼzallikning haqiqiy mohiyatini bilib boʼlmaydi. U kishilarga ilohiy dunyoga yondoshgan paytlardagina mistik ekstaz holatida sal-pal koʼrinish beradi. Davlat traktati asarida «sanʼat – yoshlar tarbiyasi uchun xavfli, u oʼzining «maftunkorligi» bilan zararlidir, deb yozadi.
Аrastu «Poetika», «Ritorika», «Siyosat» kabi asarlarida goʼzallik sanʼat, tragediya, katarsiz kabi estetik tushunchalarga taʼriflar beradi. Uningcha, goʼzallik – moddiy narsalarni oʼzida obʼektiv ravishda mavjuddir, unda tartib, hajm, simmetriya, butunlik, turli-tumanlik birligi kabi belgilar bor. Sanʼat – tabiatga taalluqlidir, u bilim olishda ahamiyatlidir. Sanʼat-goʼzallikni aks ettiradi. U oddiy nusxa koʼchirish emas, balki hayotiy materialni fantaziya asosida badiiy tarzda oʼzgartirib koʼrsatadigan ijodiy aktdir.

Download 481,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish