Klinik epidemiologiya va biostitistika asoslari fanidan nazorat savollari 1



Download 19,53 Kb.
Sana10.09.2017
Hajmi19,53 Kb.
#21909
Klinik epidemiologiya va biostitistika asoslari fanidan

nazorat savollari

1. Klinik epidemiologiya terminini tushuntirib bering

2. Dalil isbotlarga asoslangan tibbiyot deganda nimani tushunasiz?

3. Epidemiologiya tibbiyot uchun nimasi bilan muhimdir?

4. Nima sababdan tibbiyot uchun dalil isbotlarga asoslangan tibbiyot asoslari muhimdir?

5. Gordon Gayatning fikriga ko'ra, dalillarga asoslangan tibbiyotda to'g’ri amaliyot uchun uchta muhim narsani esda tutish lozim, bu uchta muhim narsani tushuntirib bering?

6. Vabo bo'yicha tarixda birinchi tekshiruvlar qanday olib borilgan va nima aniqlangan?

7. Turli davrlarda kasalliklarning rivojlanishi qanday bo'lgan?

8. Djeyms Lindni qilgan tadqiqoti to'g’risida gapirib bering.

9. Yozma tadqiqot usullari tibbiyotdagi ahamiyatini tushuntirib bering

10. Yozma tadqiqot usullarining turlarini aytib bering

11. Analitik tadqiqot usullari nima uchun kerak?

12. Analitik tadqiqot usullarini tushuntirib bering

13. Eksperimental tadqiqot usullari qanday maqsadda olib boriladi?

14. 2x2 jadvalni tushuntirib bering

15. Xill kriteriyasini tushuntirib bering.

16. Aholi salomatligini belgilovchi ko'rsatkichlarni sanab bernng.

17. Demografiya fani nimani o'rganadi ?

18. Demografiya qanday bo'limlardan tashkil topgan ?

19. Tibbiyot demografiyasi nimani o'rganadi ?

20. Aholining tabiiy harakati nima ?

21. Aholining mexanik harakati nima va uning ahamiyati ?

22. Tug’ilish ko'rsatkichlari qanday hisoblanadi ?

23. O'lim ko'rsatkichlari qanday hisoblanadi ?

24. Tabiiy o'sish ko'rsatkichi qanday hisoblanadi ?

25. Bolalar o'limi va perinatal o'lim ko'rsatkichlari qanday hisoblanadi ?

26. Neonatal o'lim ko'rsatkichlari qanday hisoblanadi ?

27. Aholining kasallanishini o'rganishning tibbiyot statistikasidagi ahamiyati.

28. Aholining kasallanishini o'rganish manbalari.

29. Aholining kasallanishini o'rganish usullari.

30. Kasallanish ko'rsatkichlarini hisoblashning mohiyati va ularga baho berish.

31. Aholining kasallanishini o'rganishning tibbiyot statistikasidagi ahamiyati qanday?

32. Aholining kasallanishini o'rganish manbalari.

33. Yuqumli kasalliklarni hisobga olishda qanday guruhlarga bo'linadi?

34. Noinfektsion kasalliklar qanday hujjatlar asosida hisobga olinadi?

35. Karantin kasalliklar turkumiga qaysi kasalliklar kiradi?

36. Surunkali kasalliklar hisobga olish nima uchun muhim hisoblanadi?

37. Muhim noepidemik kasalliklar qaysi tibbiy hujjatlar asosida o'rganiladi?

38. Aholining ishlaydigan qismi mehnat qobiliyatini yo'qotganda qanday tibbiy hujjat to'ldiriladi va u orqali qanday kasalliklar o'rganiladi?

39. Kasallanish deganda nimani tushunasiz?

40. Tarqalganlikni tushuntirib bering?

41. Odam - yil ko'rsatgichini tushuntirib bering

42. Yozma tadqiqot usullari tibbiyotda nima uchun kerak?

43. Qanday yozma tadqiqot usullarini bilasiz?

44. Hodisalar va hodisalar seriyasi usullarini tushuntirib bering

45. Kundalang va korrelyatsion tadqiqot usullarini tushuntirib bering

46. Korrelyatsiya koeffitsientining ko'rsatgichi: Q0,9 va –1 teng bo'lsa bu nima degani, tushuntirib bering?

47. Yozma tadqiqotlarning avzallik va kamchiliklarini aytib bering.

48. Kogort tadqiqot nima? Uning asosiy xarakteristikalari qanday?

49. Varq birligini hisobga olgan xolda uchta kogort tadqiqot turlarini ayting va ta'rif bering.

50. Biron bir havf omili “ta'siri” ostida bo'lgan, tadqiqot ob'ektlarini tanlab olish mumkin bo'lgan ayrim aholi guruhlarini tasvirlab bering.

51. Kontrol guruhga (solishtirish guruhi) tanlab olishning asosiy printsiplarini aytib bering.

52. Kontrol guruhning uchta turini aytib bering va ulardan qaysi biri eng yaxshi? Qaysi biri muammoli hisoblanadi? Nima sababdan?

53. Kogort tadqiqotlarning afzalliklari qanday?

54. Kogort tadqiqotlarning asosiy kamchiliklari qanday?

55. Hodisa nazorat tadqiqotida tadqiqot ob'ektlari guruhlarga kasallik bor yo'qligiga qarab tanlab olinadi? Bu tadqiqot usuli klinik tadqiqot (intervention study) yoki kogort tadqiqotdan (cohort study) guruhlarga ajratish bo'yicha qanday farq qiladi?

56. Qanday sabablarga ko'ra hodisa nazorat usuligi qo'llash maqsadga muvofiq bo'ladi?

57. Tadqiqotda natijani ya'ni “hodisani” aniqlashda aniq va muhim kriteriyalarni ishlatishning asosiy sabablari?

58. Hodisa nazorat metodi uchun uchta manbani aytib bering.

59. Hodisa nazorat usuli uchun mos keladigan kontrol guruhni aniqlashning asosiy printsiplari?

60. Hodisa nazorat usuli uchun kontrol guruh tanlashdagi manba'larni ayting.

61. Nima sababdan hodisa nazorat usuli sistematik xatoliklarga ta'sirchan bo'ladi?

62. Hodisa nazorat usulida uchraydigan qanday sistematik xotoliklar asosiy muammo xisoblanadi? Bularni qanday qilib minumumga olib kelish yoki xatolikni yo'qotish mumkin?

63. Hodisa nazorat usulining uchta asosiy afzalliklari?

64. Hodisa nazorat usulining uchta asosiy xatoliklari?

65. Bu xatoliklar va afzalliklarning kogort tadqiqot usulining xatoliklar va afzalliklari bilan solishtiring.

66. 13) hodisa nazorat usulida sun'iy shirish maza beruvchi va siydik qopi rakini bog’liqligi to'g’risida tad. o'tkazilgan. 3000 ta hodisa va 3000 ta nazorat ishtirok etgan. Hodisalardan oldin 1293 sun'iy shirin maza beruvchilarni ishlatganlar, 1707 hech qachon qabul qilmagnlar. Nazoratlardan 855 tasi sun'iy shirin maza beruvchilar qabul qilganlar, 2145 lar esa yo'q.

67. 2X2 jadvalni tuzing.

68. Biron bir havf omili “ta'siri” ostida bo'lgan, tatqiqot ob'ektlarini tanlab olish mumkin bo'lgan ayrim aholi guruhlarini tasvirlab bering.

69. Yurak qon tomir kasalligi va jismoniy aktivlik o'rtasidagi bog’liqlikni aniqlash uchun 2 400 ayol o'rtasida tatqiqot o'tkazilgan. Tatqiqot boshida hech bir ayolda yurak qon tomir kasalligi bo'lmagan va anketa orqali ularning faolligining darajasi aniqlangan. 600 ayol “juda faollar”lar guruhiga kiritilgan, 800 tasi “nisbatan faollar” guruhiga va 1000 tasi “juda yalqovlar” guruhiga kiritilgan. Tatqiqot oxirida 100 ta ayolda infarkt rivojlangan (o'limga olib kelgan yoki olib kelmagan infarkt) . 12 infarkt “juda faollar”lar guruhida, 35 infarkt “nisbatan faollar” guruhida va 53 ta infarkt “juda yalqovlar” guruhida yuz bergan.

70. Bu qanday tatqiqot turi?

71. Tatqiqotda jismoniy aktivlikni aniqlash uchun anketa qo'llanilgan. Uning afzallik va kamchilik tomonlari qanday?

72. Tatqiqotni davom ettirish uchun qanday resurslar kerak bo'lishi mumkinligin aytib bering.

73. Tatqiqotni natijalari uchun jadval tuzing.

74. Siz yurak qon tomir kasalligini rivojlanishi va jismoniy aktivlik bog’liqlik darajasini siz qanday baxolagan bo'lardingiz? Kerakli hisob kitobni bajarib, natijalarning muximligini aytib bering.

75. Nisbiy va absolyut havf hisoblash usullarini aytib bering.

76. Shanslarni hisoblash usullarini tushuntirib bering.

77. Havf nisbati yoki nisbiy havf 2,7 teng deganini tushuntiring.

78. Shanslar nisbati 3, 2 teng deganini izohlab bering.

79. Klinik tadqiqotda yurak qon tomir kasalliklarining rivojlanishiga jismoniy xarakatchanlikning ta'sirini o'rganilganda havflar nisbati jismoniy faol bo'lgan va jismoniy faol bo'lmaganlar guruhiga nisbatan olganda q 0,7 teng natija chiqqan, natijani tushuntiring.

80. Klinik tadqiqotning boshqa tadqiqot turlaridan qanday farqi bor, ya'ni qanday asosiy aniqlovchi xarakteristikalari bor?

81. Randomizatsiya dagenda nimani tushunasiz?

82. Randomizatsiyaning asosiy ikki maqsadi.

83. Ko'r metod nima va uning maqsadi qanday?

84. Oddiy ko'r metod bilan ikki yoqlama ko'r metodni farqi qandiy?

85. Guruhlarni solishtirish nima sababdan kerak?

86. Platsebo nima va uni qanday maqsadlarda qo'llaniladi?

87. Xomilador ayollarda Daun sindromini aniqlashda alfa-fetoproteinni aniqlash taklif etildi (21 xromosomaning trisomiyasi). U ayollarning 2 chi trimestrida qon taxlil qilish bilan amalga oshiriladi. Har bir ayolni kuzatuv ostiga olishgan to bola tug’ulguniga qadar.

88. Bu aholi o'rtasida Daun sindromining tarqalganligi fanday? Sezgirlik, xususiylik va musbat natijaning prognostik qimmatliligini hisoblang. Tushuntiring.

89. Kasallikning rivojlanish bosqichlarini tushuntirib bering

90. Sezgirlikni va xususiylikni tushuntirib bering.

91. Musbat va manfiy prognostik qimmatlilik nima?

92. Ishochlilik va chinlik nima uchun skriningda muximdir?

93. Trishi Grinxalxning Dalil isbotlarga asoslangan tibbiyot kitobida yozilgan sistematik sharxning afzalliklari to'g’risida aytib bering.

94. Dalil isbotlarga asoslangan tibbiyotning piramidasini tushuntirib bering.

95. Sistematik sharxni tushuntiring

96. Meta analiz deganda qanday tadqiqot turini tushunasiz?

97. Meta analizning afzallik va qiyinchiliklarni tushuntirib bering.

98. Tibbiyotga oid qanday qidiruv saytlarini bilasiz?

99. Qidiruvni qanday olib borish kerak?

100. Terminlar so'zlar orqali qidirishni aytib bering

101. Mantiqiy operatorlar AND, OR, NOT. Foydalanishni tushuntiring.

102. Cheklanishlar deganda nimani tushunasiz?

103. Frazalar orqali qidirishni tushuntiring

104. Avtorlar orqali qidirishni tushuntiring

105. Jurnal nomi orqali qidirishni tushuntiring.

106. Qidiruv sistemalaridan topilgan tadqiqotlarni qanday o'qish kerak?

107. Tibbiy ma'lumotlarni kritik baxolash nima?

108. Tibbiy ma'lumotlarni baholash kriteriyalarini aytib bering.

109. Klinik savolning tuzilishi (anatomiyasi)tushuntirib bering

110. Barcha tadqiqot turlarida kritik taxlil qilishni baholash

111. Tibbiyotdagi muammolarda birini olib PIKO dan foydalangan xolda klinik savolni tuzing.

112. Statistik yig’indi va majumaga ta'rif bering.

113. Tanlangan majmua va unga ta'rif bering.

114. Statistik tadqiqotning rejasi nima?

115. Statistik tadqiqotning dasturi nima?

116. Statistik tadqiqotlarning blankasi va unga qo'yiladigan talablar.

117. Statistik materiallarni yig’ish usullari.

118. Olingan statistik materiallarni qayta ishlash va jamlash.

119. Klinik - statistik tadqiqotlarda statistik usullarni qo'llashning o'ziga xosligi.

120. Statistik tatqiqotlar etaplarini tushuntirib bering?

121. Ko'rlik usulini tushuntirib bering.

122. Reprezentativlikni tibbiyotda qo'llanilishi.

123. Reprezentativ va reprezentativ bo'lmagan tanlovlar xaqida tushuncha

124. Randomizatsiyani tushuntirib bering

125. Kush uyasi va Klaster metodini tushuntirib bering

126. Sistematik va ko'pdarajali tanlovni tushuntirib bering.

127. Qo'shimcha omil (confounding) va u qanday qilib tadqiqotga ta'sir qilishi mumkin ?

128. Sistematik xatoliklar (bias) va ular qanday qilib epidemiologik tadqiqotlarga ta'sir qilishi mumkin?

129. Tanlovdagi sistematik xatolik (selection bais) tushuntirib bering

130. Ma'lumot olishdagi sistematik xatolik (information bias) tushuntirib bering

131. Eslab qolish bilan bog’liq bo'lgan xatoliklar (recall bais) tushuntirib bering va misol keltiring

132. Intervyuer bilan bog’liq bo'lgan xatolik (interviewer bais) tushuntirib bering

133. Klassifikatsiyadagi sistematik xatolik (misclassification bais)

134. tasodifiy – differentsirlanmagan (random) va tasodifiy bo'lmagan (non-random) xatolikni tushuntirib bering.

135. Statistik kattaliklar haqida tushuncha.

136. Nisbiy miqdorlarni tibbiyot statistikasida qo'llanilishi.

137. Intensiv ko'rsatkich va uni hisoblash uslubi.

138. Ekstensiv ko'rsatkich va uni hisoblash uslubi.

139. Aloqadorlik ko'rsatkich va uni hisoblash uslubi.

140. Yaqqollik ko'rsatkich va uni hisoblash uslubi.

141. Mutloq miqdorlar va ularning qo'llanilishi chegarasi. Variatsion qatorga ta'rif bering.

142. Variatsion qator turlarini aytib bering.

143. O'rtacha miqdorlar va ularnii tibbiyot amaliyotida qo'llanilishi.

144. O'rtacha miqdorlarning turlarini sanab o'ting.

145. Moda va medianaga tushuncha bering.

146. O'rtacha arifmetik miqdorlar qachon oddiy usuli yordamida hisoblanadi ?

147. O'rtacha arifmetik miqdorlar qachon vazn usuli yordamida hisoblanadi ?

148. O'rtacha arifmetik miqdorlar qachon lahza usuli yordamida hisoblanadi ?

149. O'rtacha kvadratik og’ish va uni hisoblash usuli qanday ?

150. O'rtacha kvadratik xatolik va uni hisoblash usuli qanday? Variatsiya koeffitsienti va uni hisoblash formulasi.

151. Grafik tasvirlar nima uchun qo'llaniladi?

152. Grafik tasvirlarning tibbiyot statistikasidagi ahamiyati.

153. Grafik tasvirlarga qanday asosiy talablar qo'yiladi?

154. Grafik tasvirlarning asosiy turlari.

155. Ishonchlilik chegarasini hisoblash yo'lini ko'rsating

156. Standartlashtirish usuli qachon qo'llaniladi ?

157. Standartlashtirishning qanday usullari mavjud ?

158. To'g’ri usulning mohiyati nimada ?

159. Qachon bilvosita usuli qo'llaniladi ?

160. Qachon teskari usul qo'llaniladi ?

161. To'g’ri usul qanday hisoblash bosqichlaridan iborat ?

162. Qanday usullar orqali standart tanlanadi ?

163. Standartlashtirilgan ko'rsatkichlar nimani anglatadi va ularning tibbiyot statistikasidagi ahamiyati ?

164. Hodisalar va belgilar o'rtasida qanday bog’lanish turlari mavjud ?

165. Korrelyatsion bog’lanish va funktsional bog’lanish nima ?

166. Teskari va to'g’ri bog’lanishlarga ta'rif bering.

167. Korrelyatsiyaning yo'nalishi va xarakterini baholovchi mezon nima?

168. Korrelyatsiya koeffitsientini hisoblashning Spirmen usuli qachon qo'llaniladi?

169. Korrelyatsiya koeffitsientini hisoblashning Pirson usuli qachon qo'llaniladi?

170. Korrelyatsiya koeffitsientining xatosi va chinligi qanday hisoblab topiladi?

171. Regresssiya nima va regressiya koeffitsientini hisoblash uslubi.

172. Dinamik qatorlarga ta'rif bering.

173. Dinamik qatorlarni tibbiyot statistikasida qo'llanilishi.

174. Dinamik qatorlar turlari.

175. Murakkab dinamik qator va uning qo'llanilishi.

176. Oddiy dinamik qator va uning qo'llanilishi.

177. Lahzalik dinamik qatorlar.

178. Oraliq dinamik qatorlar.

179. Dinamik qatorlarni barobarlashtirish usullari.

180. Mutloq o'sish ko'rsatkichi va uni hisoblash.

181. Yiriklashish sur'ati ko'rsatkichi va uni hisoblash.

182. O'sish sur'ati ko'rsatkichi va uni hisoblash.

183. Aholi salomatligini o'rganishnima sababdan muhimdir?

184. Bir yoshli bolalarning ayrim ijtimoiy gigienik omillar bo'yicha kasallanish ko'rsatkichlarida qanday omillar hisobga olinadi?

185. P – barcha kompleks omillar ta'sirida kasalliklar kelib chiqishini ko'rsatuvchi integratsion havf ko'rsatkich yig’indisi formulasini yozib bering

186. Prognostik jadvalning tuzishdagi eng muhim shartlarni aytib bering.



187. Chaqaloq tug’ilgan paytdagi salomatligi va vaznini omil gradatsiyalarini aytib bering.

188. Bir yoshli bolalarning kasallanish istiqbolini kompleks baholovchi prognostik jadvalda ovqatlanish xarakteri qanday omil gradatsiyalariga bo'linadi?
Download 19,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish