«fаlsаfа» modulidan oʼquv-uslubiy mаjmuа



Download 481,06 Kb.
bet19/153
Sana13.11.2022
Hajmi481,06 Kb.
#864845
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   153
Bog'liq
FAlsafa UMK 2022-yil 11 ta mavzu\' LOTINCHASI

Postpozitivizm. Postpozitivizmning neopozitivizm bilan gʼoyaviy aloqasi shunda ifodalanadiki, ular asosan ilmiy bilim tahlili bilan shugʼullangan, tilga katta eʼtibor bergan. Biroq, mantiqiy pozitivizm asosan mavjud ilmiy bilim tuzilishini oʼrganishga eʼtiborni qaratgan boʼlsa, postpozitivizmning bosh muammosini ilmiy bilim dinamikasi tashkil etadi. Bu oʼzgarish fanni falsafiy oʼrganish masalalari doirasining ham oʼzgarishiga sabab boʼldi. Postpozitivizmni avvalo ilmiy bilimning ijtimoiy-madaniy omillari, yangi nazariyalarning yuzaga kelishi, ularning olimlar hamjamiyati tomonidan qabul qilinishi, raqobatlashuvchi ilmiy kontseptsiyalarni taqqoslash va tanlash mezoni qiziqtiradi.
Аgar mantiqiy pozitivizmga empirik bilimni ishonchli va barqaror bilim sifatida ishonchsiz va oʼzgaruvchan nazariy bilimga qarshi qoʼyish xos boʼlsa, postpozitivizmga esa, aksincha, bilimning bu ikki darajasi bir-biriga oʼtishi haqidagi qarash xosdir. Zero postpozitivizm taʼlimoti nazariyaning empiriyaga taʼsiri kuchli emasligi, dalillarni aniqlash uchun nazariya talab etilishi, shu sababli dalillar nazariyaga maʼlum darajada bogʼliq boʼlishi yoki hatto ularni belgilashi yoritib berilgan.
Postpozitivizm kontseptsiyasining navbatdagi xususiyati – shundaki ilmiy bilimning rivojlanishini talqin qilishda kumulyativizmdan voz kechilgan. Ilk pozitivizm ilgari surgan kumulyativistik yondashuv fanning izchil rivojlanishi, bilimlarning asta-sekin toʼplanib borishini nazarda tutadi. Postpozitivizm fan haqidagi bunday tasavvurdan voz kechadi. U fan tarixida inqilobiy oʼzgarishlar yuz berishi muqarrarligini asoslashga harakat qiladi. Postpozitivistlar fikriga koʼra, inqilob natijasida fanda ilgari eʼtirof etilgan va asoslangan bilimlar, nafaqat nazariyalar, balki metodlar va omillar ham qayta koʼriladi.
Uchinchi va toʼrtinchi pozitivizm oʼrtasida fanni soxta fan (metafizika)dan farqlash masalasida ham jiddiy tafovutlar mavjud. Pozitivizm metafizikani fandan chiqarib tashlashni bosh vazifalardan biri deb hisoblagan. Postpozitivizm esa ilmiy bilim va falsafa oʼrtasida qatʼiy chegara oʼtkazishdan bosh tortadi. U falsafiy qoidalarning asosliligini va ularni fanlardan chiqarib tashlash mumkin emasligini tan oladi.
Fan falsafasida keng qoʼllaniluvchi «paradigma» (T.Kun), «ilmiy tadqiqot dasturi» (I.Lakatos) kabi tushunchalar falsafiy (metafizik) unsurlardan iborat. Shuningdek, postpozitivizmning ayrim namoyandalari (P.Feerabend) fan, falsafa va afsona oʼrtasida biron-bir farqni koʼrishdan butunlay bosh tortadi.
Postpozitivizm fan tashqi (ijtimoiy, madaniy) omillar bilan belgilanishi haqidagi gʼoyani tan oladi. Bu jihatdan ham postpozitivizm mazkur falsafiy yoʼnalishning oldingi shakllaridan ancha farq qiladi. Quyida postpozitivizm vakillarining qarashlari bilan tanishamiz.
Ingliz falsafasi. Oʼsha davr falsafasining asosiy vakillaridan biri F. Bekon (1561-1626) yuqoridagi masala haqida shunday degan edi: «Moddiy dunyo, mamlakatlar, dengizlar, planeta juda keng boʼlgani holda insonlarning maʼnaviy dunyosini eski chegaralar bilan oʼrab qoʼyilishi sharmandalikdan boshqa narsa emas» («Yangi Organon» kitobi). Bekon ingliz falsafasining oʼrta asrlardagi taraqqiyotiga eng katta hissa qoʼshgan olimlardan biridir. Uning taʼlimoticha, fanning yangi binosini koʼrish uchun, toʼgʼri fikrlashga oʼrganish kerak. Bekon taʼlimoticha, tabiatni bilishda bir necha «idollar» insonga halaqit beradi. Ular inson aqlini oʼrab tashlaydi. Ular asosan toʼrtta. Birinchisi urugʼ idollari, bular inson zotiga, butun odamlarga xosdir. Masalan, Bekon shunday deydi: «insonning aqli qiyshiq koʼzguga oʼxshaydi. U narsalarning tabiati bilan oʼz tabiatini aralashtirib yuborib narsalarni qiyshiq, buzuq koʼrsatadi. Ikkinchisi, gʼor idollari. Bu har bir odamnning oʼz spetsifik xususiyatlari natijasida yanglishishi. Ular fikrlash ufqining cheklanishidan tugʼiladi. Bu narsa hamma narsani oʼz nuqtai-nazari bilan ifodalash, oʼzinnig tor doirasi bilan oʼlchash natijasida vujudga keladi. Uchinchisi, maydon idollari, boʼlib, u maʼlum boʼlgan tasavvurlarga tayanish odati, notoʼgʼri yoki noaniq termonologiyalarga tanqidiy yondoshmaslik oqibatida vujudga keladi. Bu masalaga Bekon juda ham katta ahamiyat beradi. Masalan, u shuni taʼkidlaydiki, real borliqni ifodalamaydigan yoki uni noaniq, mavhum ifodalaydigan soʼzlar soxta tushunchalarni tugʼdiradiki, ular tafakkurga teskari taʼsir qiladi. Toʼrtinchisi, teatr idollari: ular avtoritetlar fikriga koʼr-koʼrona ergashib qadimgilarning falsafiy sistemalarini davom ettiraveradilar.
Bekon tomonidan sxolastikaga qarshi qaratilgan idollarning tanqidi katta metotologik ahamiyatga egadir. Bekon bilish nazariyasining birinchi bosqichi esa tajribadir, ikkinchi bosqichi aqldir. U tajriba maʼlumotlarini Ratsional qayta ishlaydi va umumlashtiradi. Bekon taʼlimoticha, olim chumoliga oʼxshab faqat yigʼish va yigʼilganlar bilan kifoyalanmasligi kerak, oʼrgimchakka oʼxshab hayotdan ajrab, faqat oʼzining shaxsiy aqli bilan oʼzining makrli falsafasini toʼqimasligi kerak. Bekon taʼlimoticha, olim asalariga oʼxshab gullardan olib keyin ularni asalga aylantirishi lozim.
Bekon oʼzining ijtimoiy-siyosiy qarashlari boʼyicha kuchli markazlashgan davlat tarafdori boʼlgan. Jamiyat hayotida asosiy rolni Bekon fikricha sanʼat va savdo rivojlanishi oʼynaydi.
Uning taʼlimotini Tomas Gobbs (1588-1679) takomillashtirgan va rivojlashtirgan. Gobbs moddiylikni asosiy substantsiya deb hisoblagan, materiyaning abadiyligi, harakatning esa mexanistik tarzda amalga oshishining tarafdori boʼlgan olimdir. U matematik sifatida borliqning namoyon boʼlishini geometriya fani nuqtai nazaridan tushuntirgan. Bilish nazariyasida Gobbs koʼproq empirik jihatlarga oʼz eʼtiborini qaratgan, sezgilarning bilimlar hosil qilish jarayonidagi ahamiyatini tahlil qilgan. Jamiyat taraqqiyoti va unda davlatning oʼrni hamda kelib chiqishi masalasida Gobbs koʼproq xususiy mulkchilikka asoslanadi. Shu bilan birga uning fikricha davlatning monarxiya shakli maqsadga muvofiq boʼlib hisoblanadi.
Ingliz falsafasida Jon Lokk (1632-1704) qarashlari alohida oʼrin tutadi. U tajribani bilishning asosiy manbai deb hisoblaydi. Bunda ichki va tashqi tajriba ajratib koʼrsatiladi. 1690 yilda Lokk tomonidan yozilgan «Inson aqli haqida tajriba» nomli asarida R. Dekartning «tugʼma gʼoyalar» toʼgʼrisidagi qarashlariga qarshi chiqadi. Lokkning fikricha bilish tabiat va inson oʼrtasidagi munosabatlardan iborat boʼlib, haqiqatlar esa kishilarning bu jarayonda hosil qilgan tushunchalari, gʼoyalari va xulosalarining olamga mos kelishidan iboratdir.
Ijtimoiy-siyosiy qarashlariga koʼra Lokk davlatning oʼziga xos quyidagi tamoyillarini taʼriflaydi:
1. Hokimiyatni qonun chiqaruvchi tizimi; 2. Hokimiyatning ijro etuvchi organlari; 3. Ittifoq federativ hokimiyati. Аna shu tamoyillar uygʼun boʼlganida davlatning faoliyati samarali amalga oshadi.

Download 481,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish