«fаlsаfа» modulidan oʼquv-uslubiy mаjmuа



Download 481,06 Kb.
bet21/153
Sana13.11.2022
Hajmi481,06 Kb.
#864845
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   153
Bog'liq
FAlsafa UMK 2022-yil 11 ta mavzu\' LOTINCHASI

Nemis falsafasi. XVII Iasrning oxiri va XIX asrning boshlarida Germaniya boshqa Gʼarbiy Yevropa mamlakatlariga nisbatan iqtisodiy va siyosiy jihatdan qoloq edi. Аmmo frantsuz inqilobining kuchli taʼsiri ostida shunday falsafiy taʼlimot vujudga keldiki, uning shakllanishida tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlarning rivoji asosiy oʼrinni egalladi. Fizika va ximiya fanlari yutuqlarga erishdi, tabiatni oʼrganishga katta eʼtibor berila boshlandi. Matematika fanida yangi ixtirolar qilindi. Bu ixtiro va yutuqlar hamda insoniyat jamiyatining rivoji haqidagi nazariyalar borliqni oʼrganishning uslubi va nazariyasi boʼlib xizmat qiladigan rivojlanish haqidagi gʼoyalarni ishlab chiqishni tarixiy bir zaruriyat qilib qoʼydi. Mana shunday tarixiy sharoitlar taqazosi bilan XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asr boshlarida nemis falsafasi vujudga keldi.
Nemis falsafasining asoschilaridan biri Immanuil Kant (1724-1804) faqat mashhur faylasufgina boʼlib qolmasdan, yirik tabiatshunos olim hamdir. Kant tomonidan yaratilgan gaz holatidagi ulkan tumanlikdan quyosh sistemasining kelib chiqishi haqidagi nazariya hozirgi davrda ham astronomiya sohasidagi eng muhim taʼlimotlardan biridir. Kantning tabiiy-ilmiy qarashlari tabiat hodisalarini metafizik ruhda tushuntiruvchi taʼlimotlarga zarba berdi. Kant oʼz davri tabiatshunosligi erishgan yutuqlarni faqat Koinot tuzilishi masalasiga emas, shu bilan birga Koinot genezisi va rivojlanishi masalalariga ham tatbiq qildi.
Kantning inson irqlarining tabiiy kelib chiqishi haqidagi nazariyasi ham muhim ahamiyatga ega.
Kant taʼlimoti boʼyicha, falsafaning eng muhim muammolari boʼlmish — borliq, axloq, degan masalalarini tahlil qilish uchun eng avvalo, inson bilimining imkoniyatlari va chegaralarini aniqlamoq kerak. Bizning bilimlarimiz narsaning hodisasini, yaʼni bizga qanday holatda namoyon boʼla olishini (fenomen) bila oladi. Ular bizning tajribamiz mazmunini tashkil qiladi. «Narsa oʼzida»ning bizning sezgi aʼzolarimizga taʼsiri natijasida sezgilar xaosi vujudga keladi. Bu xaos bizning aqlimiz quvvati bilan tartibga solinadi va bir butunga aylantiriladi. Biz tabiat qonunlari deb bilgan narsalar aslida aql tomonidan hodisalar dunyosiga kiritilgan aloqadir. Boshqacha qilib aytganda, bizning aqlimiz tabiatga qonunlar kiritadi. Lekin hodisalar dunyosiga inson ongiga bogʼliq boʼlmagan narsalarning mohiyati, yaʼni «narsa oʼzida» mos keladi. Ularni mutlaq bilish mumkin emas. «Narsa oʼzida» biz uchun faqat aql bilan bilish mumkin boʼlgan, lekin tajribadan kelib chiqmaydigan mohiyatdir. Kant inson aqlining cheksiz qudratiga ishonchsiz qaraydi. Inson bilimining nisbatan cheklanganligiga u maʼlum axloqiy maʼno beradi. Uningcha, agar inson mutlaq bilimga ega boʼlsa, unda axloqiy burchni bajarishi uchun kurash ham, intilish ham boʼlmasdi.
Kant taʼlimoti boʼyicha, makon va zamon gʼoyalari insonga uning tasavvurlaridan oldin maʼlumdir. Makon va zamon real emas, balki faqat tushunchada, gʼoyalardadir. Bilish nazariyasida Kant dialektikaga katta oʼrin beradi. Qarama-qarshilikni bilishning zaruriy omili sifatida qaraydi.
Kant falsafada katta oʼrin qoldirdi. Uning vafotidan keyin nemis falsafasining rivoji Gegel (1770-1831) ijodida oʼzining yuksak choʼqqisiga erishadi. Gegel dialektikaning qonunlari va kategoriyalari haqidagi taʼlimotni rivojlantirdi. Falsafa tarixida birinchi marta bir tizimga solgan holda dialektik logikaning asosiy qoidalarini ishlab chiqdi. Oʼsha davrlarda hukmron boʼlgan metafizik fikrlash uslubini tanqid qildi. Kantning «narsa oʼzida» haqidagi taʼlimotiga qarama-qarshi qilib, shunday taʼlimotni ilgari surdi: «Mohiyat namoyon boʼladi, hodisa mohiyatdan ajralmasdir». Gegelning taʼkidlashicha, kategoriyalar borliqning obʼektiv shakllaridir. Borliqning asosida esa, «Dunyoviy aql», «mutlaq gʼoya» yoki «dunyo ruhi» yotadi. Oʼz-oʼzini anglash jarayonida



Download 481,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish