«fаlsаfа» modulidan oʼquv-uslubiy mаjmuа


Makonning uch oʼlchovliligi



Download 481,06 Kb.
bet29/153
Sana13.11.2022
Hajmi481,06 Kb.
#864845
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   153
Bog'liq
FAlsafa UMK 2022-yil 11 ta mavzu\' LOTINCHASI

Makonning uch oʼlchovliligi. Makonning uch oʼlchovliligi hanuzgacha ilmiy-nazariy jihatdan aniq isbotlanmagan. Makon va vaqtning cheksizligi hamda tuganmasligi, makonning uch oʼlchovliligi, vaqtning bir yoʼnalishliligi, orqaga qaytmasligi makon va vaqtning asosiy xossalari sifatida qaralishi lozim. Biz makroskopik tajribada koʼradigan obʼektlar uch oʼlchovli koʼlamlilikka – uch oʼlchovdagi oʼlchamlilikka ega. Makonning har qanday nuqtasi uch soni yordamida beriladi. Аmmo makonning uch oʼlchovliligi faylasuflar uchun amalda jumboq boʼlib qolamoqda. Ular uchun bu asoslashga urinishlar natija bermayotgan empirik postulat sifatida qabul qilinadi. Makonning uch oʼlchovliligini taʼriflab bergan Аristotel pifagorchilarning gʼoyalari yordamida uni asoslashga harakat qilgan. U uch oʼlchov eng mukammal va tugallangan boʼlib, aynan 3 soni shunday xususiyatga ega ekanligini qayd etgan.
Sxolastlar Pifagor va Аristotel gʼoyalariga tayanib, uch oʼlchovlilikni dunyoning mukammalligi nuqtai nazaridan tushuntirganlar. Bunda uzunlik chizigʼiga kenglik tutashadi va yuza hosil boʼladi, soʼngra balandlik tutashadi va jism dunyoga keladi. Bundan boshqa oʼlchovlarga oʼtishni aniq tasavvur qilish mumkin emas. Uch oʼlchovlilik dunyoning mukammalligidan dalolat beradi.
G.Galiley uch oʼlchovlilikni asoslashga nisbatan mazkur yondashuvni tanqid qilgan. G.Galiley dialoglarining amalda muallif fikrini ifodalovchi qahramonlaridan biri shunday deydi: «3 soni mukammal ekanligi va uch oʼlchovli hamma narsaning mukammalligidan darak berishga qodirligini tan olishga hech bir asos koʼrmayapman».
Nemis faylasufi I.Kant oʼz faoliyatining tanqidiy bosqichidan oldingi davrda makonning uch oʼlchovliligini tabiat kuchlarining oʼziga xos xususiyatlari bilan tushuntirishga harakat qilgan. U makonning uch oʼlchovliligini fizik dalil sifatida tushunishga uringan. Аmmo keyinchalik I.Kant makon va vaqtning aprioristik tabiati haqidagi xulosaga kelib uni hissiy kuzatish shakllari sifatida tavsiflagan.
Shunday qilib, makonning uch oʼlchovliligi empirik postulatdir, u haqdagi xulosa bizning intuitsiyamizga asoslanadi, fikrlashning qulayligi, maqsadga muvofiqligi, tejamliligiga intilish, estetik moyilliklar yoki dunyoning mukammalligiga ishonchdan kelib chiqadi, degan maʼnoni anglatmaydi. Makonning uch oʼlchovliligi moddiy oʼzaro taʼsirlar bilan belgilanadi.
Biz yashaydigan makon uch oʼlchovlidir. Bu boshqa makon mavjud boʼlishi mumkin emas, degan maʼnoni anglatmaydi, lekin boshqa makonda atomlar ham, molekulalar ham, Quyosh sistemasi ham boʼlmasligi mumkin. Аgar makon uch oʼlchovli boʼlmaganida, amaldagi barcha fizik qonuniyatlar buzilgan boʼlar edi; narsalar biron-bir sababsiz paydo boʼlishi va yoʼq boʼlishi mumkin edi (ularning sabablari boshqa oʼlchovlarda boʼlar edi); atomlar mavjud boʼlishi mumkin emas edi, chunki elektronlar darhol yadrolar ustiga tushar edi. Butun dunyo boshqacha boʼlishi lozim boʼlar edi.

Download 481,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish