«fаlsаfа» modulidan oʼquv-uslubiy mаjmuа



Download 481,06 Kb.
bet25/153
Sana13.11.2022
Hajmi481,06 Kb.
#864845
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   153
Bog'liq
FAlsafa UMK 2022-yil 11 ta mavzu\' LOTINCHASI

Ontologiya tushunchasi. Oʼquv kurslarida asosiy falsafiy muammolarni oʼrganish odatda ontologiyadan boshlanadi. Ontologiya falsafiy bilimlarning alohida sohasi boʼlib, unda borliq va yoʼqlik, mavjudlik va nomavjudlik muammolariga doir masalalarning keng doirasi oʼrganiladi, shuningdek mavjudlik sifatiga ega boʼlgan barcha narsalarning mohiyati aniqlanadi.
«Ontologiya» atamasi falsafada faqat XVII asrdan beri ishlatiladi, lekin u yunoncha oʼzaklarga ega boʼlib (ontos – borliq, logos – soʼz, taʼlimot), borliq haqidagi taʼlimot degan maʼnoni anglatadi. Ontologiya falsafada alohida oʼrin egallaydi. Ikki yarim ming yillik faol falsafiy izlanishlar natijasida falsafiy bilim tizimida ontologiyadan tashqari falsafaning muhim falsafiy mazmun kasb etadigan gnoseologiya, aksiologiya, ijtimoiy falsafa, axloq, Estetika, mantiq kabi tarkibiy qismlari paydo boʼldi. Lekin ularning barchasi zamirida ontologiya yotadi. Oʼz navbatida ontologiya har qanday falsafiy dunyoqarashning negizi hisoblanadi va shu tariqa oʼz tarkibiga kirmaydigan boshqa falsafiy muammolar talqinini koʼp jihatdan belgilaydi.
«Borliq» kategoriyasi. Аksariyat falsafiy tizimlarning kategoriyalar apparatini tashkil etadigan koʼp sonli falsafiy kategoriyalar orasida «borliq» kategoriyasi doimo markaziy oʼrinni egallaydi. Chunki u har qanday predmet, hodisa, voqea va shu kabilarning eng muhim xususiyatini, aniqroq aytganda, ularning mavjud boʼlish, bevosita yoki bilvosita namoyon boʼlish, oʼzaro taʼsirga kirishish qobiliyatini aks ettiradi.
Bu inson oʼzligini va oʼzini qurshagan borliqni anglashga ilk urinishlaridayoq duch keladigan har qanday obʼektning, borliq har qanday qismining umumiy xossasidir.
Inson aqlli jonzot sifatida shakllanish jarayonining ilk bosqichlaridayoq oʼz dunyoqarashining negizini tashkil etadigan muhim savollarga javob topish zaruriyati bilan toʼqnash keladi:
1. “Men kimman?”
2. “Meni qurshagan borliqning mohiyati nimada?”
3. “Borliq qanday va qaerdan paydo boʼlgan?”
4. “Dunyoni nima yoki kim harakatlantiradi?”
5. “Dunyoning rivojlanishida biron-bir maqsad, maqsadga muvofiqlik, moʼljal bormi?”
Inson bunday savollarga javob berishga kirishar ekan, uning ongi avvalo oʼzi nima bilan bevosita ish koʼrayotganini qayd etadi. Buni aniq anglamasdan, u oʼzining dunyo haqidagi mulohazalarini aniq-ravshan narsalarni qayd etishdan boshlaydi. Shu tariqa inson va uning ongi oʼzini qurshagan barcha narsalar avvalo mavjud boʼlish qobiliyatiga ega ekanligiga ishonch hosil qiladi.
Shunday qilib, borliq masalasi insonning dunyoni oqilona anglash yoʼlidagi ilk urinishlaridayoq duch kelgan barcha masalalarning negizi hisoblanadi. Muayyan narsalar mavjudligi yoki mavjud emasligi masalasi inson falsafiy mulohaza yurita boshlagani zahotiyoq uning diqqat markazidan oʼrin oldi. Mifologiyaning bosh vazifasi – «borliqni kim yaratgani» haqida gapirib berishni falsafa «borliqning nimaligi, u qaerdan paydo boʼlgani va qaerga yoʼqolishi»ni oqilona tushuntirish bilan almashtirgani tasodifiy emas. Bunday tushuntirishga urinish jarayonida faylasuflar barcha zamonlarda quyidagi savollarga javob topish zaruriyati bilan toʼqnash kelganlar:
• falsafiy kategoriya sifatidagi «borliq» nima?
• bu atama nimaga nisbatan tatbiq etilishi mumkin?
• unga qanday falsafiy maʼno yuklanadi?
Bu savollarga keng javob berish falsafa tarixiga ham, mazkur tushunchaning etimologiyasiga ham murojaat etishni nazarda tutadi. Mazkur dastur boʼyicha taʼlim oluvchilar tarixiy-falsafiy kurs bilan tanish boʼlishlari lozimligini hisobga olib, bu yerda faqat falsafiy tafakkur tarixiga qisqacha toʼxtalamiz va mazkur muammoni anglab etish jarayonidagi muhim bosqichlarinigina qayd etamiz.
Falsafa tarixida borliq muammosi. Borliq muammosini falsafiy anglab etishga ilk urinishlar miloddan avvalgi birinchi ming yillikda vujudga kelgan qadimgi hind va qadimgi xitoy falsafalaridayoq kuzatiladi. Xususan, Vedalar va ularga diniy-falsafiy sharhlar – Upanishadalarda yaxlit maʼnaviy substantsiya, oʼlmas jon haqidagi gʼoyalar, shuningdek dunyo haqidagi materialistik va ateistik tasavvurlar oʼz aksini topgan. Soʼnggi zikr etilgan tasavvurlarga muvofiq butun borliqning negizini tabiiy asoslar – olov, havo, suv, yorugʼlik, makon, vaqt tashkil etadi. Qadimgi Hindiston mutafakkirlari borliq sirining tagiga etishga harakat qilar ekanlar, quyosh tunda qaerga ketadi, yulduzlar kunduzi qayoqqa yoʼqoladi kabi savollarga javob topishga uringanlar va bu tasavvurlarni eng qadimgi kitob – Rigvedalarda aks ettirganlar.

Download 481,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish