O‘qitish uslubi va texnikasi
|
Ma’ruza, muammoli usul, aqliy hujum, munozara, birgalikda o‘qish, tezkor-so‘rov, taqdimot
|
O‘qitish vositalari
|
Ma’ruzalar matni, proektor, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali materiallar, baholash mezonlari jadvali.
|
O‘qitish shakli
|
Ommaviy, jamoaviy, guruhli ishlash.
|
O‘qitish shart-sharoiti
|
Guruhlarda ishlashga mo‘ljallangan, maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan xona
|
MA’RUZA MASHG‘ULOTINING TEXNOLOGIK KARTASI
Bosqichlar,
vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O‘qituvchi
|
Talaba
|
|
1.1. Mavzuning nomi va rejasi bilan tanishtiradi. Mazkur mashg‘ulot muammoli tarzda o‘tishini e’lon qiladi
1.2. O‘quv mashg‘ulotining maqsadi talabalarni G‘oyaviylik va g‘oyasizlikka doir bilimlarni berish ekanligini tushuntiradi.
1.3. Mavzuga doir asosiy ilmiy atamalar va tayanch tushunchalarning izohini beradi.
1.4. Mavzuni to‘la o‘zlashtirishga ko‘maklashuvchi asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni tavsiya etadi.
|
1.1. Mavzu va reja bilan yozib oladi.
1.2. O‘quv mashg‘uloti maqsadini tushunib yetadi.
1.3. Mavzuga doir ilmiy atamalarni tushunib oladi va bu borada o‘zini qiziqtirgan savolari bilan o‘qituvchiga murojaat qiladi.
1.4. Tavsiya etilgan adabiyotlarni o‘zida qayd etadi.
|
|
2.1. O‘qituvchi vizual materiallardan foydalangan holda reja asosida ma’ruzani bayon etadi.
2.2. Talabalarni kichik guruhlarga bo‘ladi. “Utopik g‘oyalar va mafkuraviy illyuziyalar” masalasini muammo sifatida qo‘yadi.
2.2. Faollashtirilgan bilimlar asosida talabalarni mashg‘ulotda yechiladigan muammoga “olib kiradi”, va uni ifodalaydi. Uni yechishni tashkillashtiradi. Talabalar bilan birga tahlil qiladi, ularda paydo bo‘lgan qiyinchiliklarni aniqlaydi.
2.3. Muammoni yechish yo‘llarini izlashni tashkillashtirishga o‘tadi: birinchi kichik muammoni ifodalaydi, so‘ngra muammoli savollarni berib va ular javoblarini muhokama qilib, talabalarni uni yechish yo‘lini izlashga, ya’ni birinchi oraliq xulosaga olib keladi. Shu tarzda keyingi muammolarni yechish yo‘llarini izlashni tashkillashtiradi. Mashg‘ulotni tashkillashtirish uchun yordamchi savol va xulosalar (2-ilova), ko‘rgazmali materiallardan (3-ilova) foydalanadi.
|
2.1.O‘qituvchi ma’ruzasini diqqat bilan tinglaydi.
2.2. Muammoni yechish bo‘yicha o‘z fikrlarini beradilar. Kichik muammoni yechish bo‘yicha fikrlar bildiradilar, munozara qiladilar, tahlil qiladilar, xulosa chiqaradilar.
2.3. Guruhlarda tuzilmaviy-mantiqiy chizma “Echimlar daraxti” tasvirlaydilar. Guruh vakillari taqdimot qiladilar, yakuniy xulosani beradilar, daftarga yozadilar
|
|
3.1. Mavzuga hulosa yasaydi va talabalar e’tiborini mavzuning asosiy hamda nozik tomonlariga qaratadi.
3.2. Mashg‘ulot davomida faol ishtirok etgan talabalarni rag‘batlantiradi.
3.3. Quyidagi mavzularni mustaqil ish tavsiya etadi:
“rim imperiyasi va umum yevropa yagona makon to‘g‘risidagi g‘oyalar”, “g‘oyasizlikka qarshi kurashning ahamiyati”.
|
3.1. O‘qituvchi ma’ruzasi yuzasidan qo‘shimcha savollar beradi.
3.2. Mustaqil ish mavzularini yozib oladi. Mavzular yuzasidan o‘zini qiziqtirgan savollarini berib, mavzuni tanlashda o‘qituvchi bilan maslahatlashadi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |