Mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishning texnologik kartasi



Download 22.67 Kb.
Sana22.06.2017
Hajmi22.67 Kb.

Aim.uz

Mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishning texnologik kartasi

Texnologik karta ayrim ekin turlari bo`yicha mahsulot yetishtirish bilan bog`liq ishlarni tashkil etishning asosiy hujjati hisoblanadi. U har bir korxona, brigadaning aniq sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda ekin turlari bo`yicha tuziladi. Texnologik karta bo`yicha korxonaning mashina va uskunalar, ishchi kuchlari va mehnat xarajatlari, yoqilg`i va moylash materiallariga bo`lgan talabi, mexanizatsiya ishlarining hajmi, traktor va qishloq xo`jaligi mashina va uskunalari ta’miri hamda texnika qurollari aniqlanadi. Texnologik kartani tuzishda qishloq xo`jaligi ekinlariga ishlov berish va hosilni yig`ib olish ilg`or agrotexnika va mashinalar tizimiga asoslanishi talab qilinadi.

Tuzilgan texnologik karta mashina va uskunalar, ishchi kuchlaridan yuqori unumli foydalanishni ta’minlash, ishlarni yuqori sifatli va belgilangan agrotexnika muddatlarida o`tkazish orqali ekinlar hosildorligini oshirish va mahsulot birligiga bo`ladigan sarflarni kamaytirish imkonini berishi kerak. Texnologik kartani tuzishda shu hudud (ya’ni korxona joylashgan hudud) uchun ishlab chiqarish va tavsiya qilinadigan dehqonchilik yuritish tizimi asos qilib olinishi kerak. Chunki, dehqonchilik tizimi yerning unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirish uchun talab qilinadigan agrotexnika va tashkiliy xo`jalik tadbirlarini o`z ichiga oladi.

Texnologik karta mavjud agrotexnika, mashinalar tizimi, istiqbol texnologiyasi va mashina tizimida tuzilishi mumkin. Ishlab chiqarish joriy yilga rejalashtirishda texnologik karta mavjud texnika va texnologiyaga asosan tuziladi. Xo`jalik taraqqiyotining istiqbol rejalarini tuzish, ya’ni 5 yillik va tashkiliy xo`jalik tuzilish rejalarini ishlab chiqishda texnologik kartalar istiqbol texnologiyasi va mashinalar tizimiga asosan tuziladi.

Hozirgi paytda paxtachilik bo`yicha tabiiy iqlim, tuproq sharoitlari, agrotexnika, mashinalar tizimi va ularga qo`yilgan talablarga ko`ra tuproq ma’lum hududga bo`linib, shu hududlar uchun namunaviy istiqbol texnologik kartalar ishlab chiqilgan va xo`jaliklar uchun tavsiya etilgan.

Ekilgan paxtani mashina bilan ikki marta terib olish samarali hisoblanadi. Birinchi mashina terimi jami hosilning 55-60% ochilganda, ikkinchi mashina terimida qolgan hosil terib olinadi. Qolgan hosil (podborchi) terib oluvchi va qo`l bilan terib olinadi. Hosilning 5% ko`rakka to`g`ri keladi. To`kilgan hosil va ko`rakdan ajratib olinadigan sof paxta (kondension og`irlikda) 50% tashkil etadi. Hamma maydondagi g`o`zapoyani maydalab, yerga ko`mib, haydab yuborish ko`zda tutiladi. Boshqa ekin turlari bo`yicha texnologik kartani tuzishda shu ekinlar agrotexnikasi va uni takomillashtirish vazifalari ko`zda tutiladi.

Texnologik karta tuzishda asosiy e’tibor ekinga ishlov berish bilan bog`liq agrotexnika tadbirlarini to`g`ri belgilash, ya’ni qanday ish turlarini o`tkazish kerakligiga qaratish kerak. Bu masala har bir aniq sharoitda tuproqning tuzilishiga, yerning relyefi, tabiiy iqlim sharoiti, ekiladigan ekin naviga, yer osti suvlarining sayoz va chuqurligiga bog`liq. Shu bilan bir qatorda texnologik kartadagi eng asosiy mashinada bajariladigan ishlarning jismoniy hajmini aniqlashdir. Chunki ishlarning hajmiga ko`ra, mashina va uskunalarga, mehnat xarajatlari va ishchi kuchlari, yoqilg`i, moylash, materiallariga bo`lgan talablar aniqlanadi. Ishlarning hajmi rejalashtirilgan ekin maydoniga, hosildorlikka va texnologiya bo`yicha ishlarni bajarish sifati ko`rsatkichlariga bog`liq.

Traktor ishlarining jismoniy hajmi bilan bir qatorda shartli etalon gektar hajmida aniqlanadi. Buning uchun traktor ishlarining har bir turi bo`yicha jismoniy hajmi, shartli etalon-gektarga aylantirish koeffitsiyentlariga ko`paytiriladi. Ishlarni bajarish usuli va traktor agregatlari tarkibi shu ishlarni bajarish talabiga, korxonadagi mavjud traktor va qishloq xo`jaligi mashinalari turiga bog`liq. U yoki bu ish turini bajarish uchun traktor agregatini belgilashda ishni bajarishning iqtisodiy samaradorligi va traktorlardan yil davomida bir me’yorda, to`la foydalanish hisobga olinadi. Xizmat qiluvchilarning soni agregat tarkibi va ishning bajarish usuliga bog`liq.

Agar traktor agregatiga bir kishi xizmat qilsa, xizmat qiluvchilar birga, agar bir necha kishi xizmat qilsa, shu ishchilar soniga teng bo`ladi. Masalan, ekish uchun agregatda uch kishi band bo`lsa, xizmat qiluvchilar soni uchga teng bo`ladi. Smena koeffitsiyent, taxminiy agrotexnika muddati, ish kunlarining sonini belgilashda har bir aniq xo`jalikda ko`p yillik ma’lumotlarga hamda agrometeorologiya bulletenlariga ko`ra texnikadan, ishchi kuchlaridan samarali foydalanishni ko`zda tutgan holda belgilanadi.

Ishlarni bajarish me’yori texnologik karta tuzishdan oldin har bir ish turi bo`yicha me’yorlarini tashkil qiluvchi omillarni hisobga olgan holda texnik yo`l bilan belgilanishi kerak. Agrotexnika muddatda bajariladigan ish hajmi har bir ish turi bo`yicha bir soat uchun belgilangan ish me’yorini, smena davridagi vaqtga (qishloq xo`jaligida bir smena ish davri 7 soatga belgilangan), smena koeffitsiyent va agrotexnika davrdagi ish kuniga ko`paytirish yo`li bilan aniqlanadi. Ayrim ish turlarini bajarish uchun talab qilinadigan traktor va qishloq xo`jaligi mashinalari shu ish turlari bo`yicha jismoniy ish hajmini agrotexnika muddatida bajariladigan ish hajmiga bo`lish orqali aniqlanadi.



bunda:


Tsoni - ish hajmini bajarish uchun talab etiladigan traktor soni;

JIX - bajariladigan jismoniy ish hajmi, ga;

Sagr - agregatning soatli unumi

7 - bir smena vaqti, soat;



Ks - smena koeffitsiyent

Iaik - agrotexnika muddatidagi ish kunlari.

Ish birligiga sarf qilinadigan kishi soatiga mehnat sarfini aniqlash uchun xizmat qiluvchilar sonini ishni bir soatda bajarish me’yoriga ega bo`lish orqali aniqlanadi. Ishning jami hajmiga sarf qilinadigan mehnat xarajati bir ish birligiga sarf qilinadigan mehnat xarajatining jami jismoniy ish hajmiga ko`paytirish orqali aniqlanadi.

Mexanizatorlar va qishloq xo`jaligi mashinalarida xizmat qiladigan ishchilar soni talab qilingan traktor agregatlari sonini bir traktor agregatiga xizmat qiluvchi ishchilar soniga ko`paytirish orqali aniqlanadi. Masalan, jami maydonga paxta ekish uchun 80 ta traktor agregati talab qilinadigan bo`lsa, bir agregatga 3 kishi xizmat qilishi kerak, jami, xizmat qiluvchilar 240 kishiga (180 x 3) teng bo`ladi. Bunda 80 kishi traktorchi 160 kishi oddiy ishchilardan iborat bo`ladi.

Qo`lda va ot-ulovda bajariladigan ishlarga talab qilinadigan ishchilar soni har bir ish turi bo`ycha ish hajmini bir ishchi agrotexnika muddatida bajaradigan ishi hajmiga bo`lish orqali aniqlanadi. Ish haqi fondini rejalashtirish uchun har bir ish turi bo`yicha bajariladigan smena me’yorlar soni, ishchilar tarif razryadi va tarif stavkalarini aniqlash talab qilinadi.

Smena me’yorlari soni jismoniy ish hajmini bir smenada (bir soatdagi ish me’yorini 7 soatga ko`paytirish) bajariladigan ish me’yoriga bo`lish orqali aniqlanadi. Ishlarning tarif jadvalini qaysi razryadga o`tkazilganligi tarif malaka qo`llanmasidan, tarif miqdorlar tarif stavkasidan olinadi. Tarif ish haqi fondini aniqlash uchun ish turlarini har bir ishchi kategoriyasi bajarishi kerak, bo`lgan smena me’yorlarini shu ishlar tarif razryadini miqdoriga ko`paytirish orqali aniqlanadi.

Qisqacha xulosalar

Dehqonchilik qishloq xo`jaligining yetakchi tarmoqlaridan biri. Dehqonchilik tizimi tuproq unumdorligini oshirishga, qishloq xo`jaligini samarali sohaga aylantirishga qaratilgan tashkiliy-agrotexnik tadbirlar yig`indisidir.

Dehqonchilik tiziminining asosi ekinlarga ishlov berish texnologiyasi va u almashlab ekishda ifodalanadi. Almashlab ekish turlari va sxemalari tuproq sharoitlaridan, ekinlar xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tashkil etiladi.

Ekinlar hosildorligini rejalashtirish biznes-rejaning asosiy ko`rsatkichlaridan bo`lib, uni tug`ri asoslab berish dehqonchilik tizimi talablaridan kelib chiqadi. Tuproq unumdorligini saqlash va surunkali oshirib borish ish jarayonlarini to`g`ri tashkil etishga bog`liqligi uchun ushbu bobda bu masalalarga katta e’tibor berilgan.



Nazorat va muhokama uchun savollar

1. Dehqonchilik tizimi va uning asosiy qismlari nimalardan iborat?

2. Qanday dehqonchilik tizimlarini bilasiz?

3. Almashlab ekish nima va uning qanday sxemalari, turlarini bilasiz?

4. Ekin maydonlarini rejalashtirishning qanday usullarini bilasiz?

5. Qishloq xo`jaligida hosildorlik qanday rejalashtiriladi?

6. Chigit ekishda selkani chigit bilan to`ldirish nuqtasi qanday aniqlanadi?

7. Dehqonchilikda texnologik karta tuzish tartibi qanday?


Adabiyotlar


  1. Samatov G`.A. va boshq. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish. - T.: O`zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2005.- 507 b.

  2. Jo`raev F. Qishloq xo`jalik korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish. - T.: Istiqlol, 2004.

  3. Hamdamov Q.S. Qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish. - T.: O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot Jamg`armasi, 2004.

  4. Макаветс Л.И., Макаветс М.Н. Экономика производства и сельскохозяйственного производства. – Санкт-Петербург, 2002.

  5. Никляев В.С. Основы технологии сельскохозяйственного производств: земледелие и растениеводство. - M.: Былина, 2000.

  6. Попов Н.А. Основы рыночной агроэкономики и сельского предпринимательства. - M.: Тандем, 2002.

  7. http://family.taukita.ru/item.html



Aim.uz



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa