23-Mavzu:Introdusentlarni tashqi muhit omillariga munosabati.
Reja:
1 Tuproq sharoiti
2 O'simliklar dunyosi.
Tuproq sharoiti. O'zbekistonning tuproqlarining tuzilishi to'g'risida ko'pgina olimlar N. Pankov, A.N. Rozanov, N.V. Kimberg va boshqalar tamonidan ilmiy ishlar qilingan. Olimlarning tahkidlashlaricha, har bir mintaqada tuproq sharoitlari yer yuzasining balandligiga qarab bir necha pog'onalarga bo'linganligi qayd etilgan.
Masalan, Namangan viloyati misolida keltirgan (A.N. Rozanov, N.V. Kimberg) mahlumotlarga ko'ra, relhefining birinchi pog'onasi viloyatning janubiy qismini va Sirdaryoning hozirgi o'zanigacha bo'lgan 300-400 m absolyut balandlikdagi yerlarni egallagan. Bu pog'onada asosan shurxok yerlar, ko'llarning o'rni va qum tepaliklar uchraydi.
Viloyatning ikkinchi pog'onasi daryo va soylarning keng yoyilmalarini egallagan tosh-shag'alli maydonlardan tashkil topgan 400-600m balandlikdagi yerlardan iborat.
Relhefining uchinchi pog'onasini 600-1200 m bo'lgan adirlar tashkil etgan bo'lib, asosan tosh-shag'allardan, loy va gil aralash jinslardan iborat, suv yuvgan jarliklar, qulamalar va past-balandliklar bu pog'ona uchun xos belgidir. Adirlardan yuqoriroqda bo'lgan tekisliklar allyuvial jinslar bilan koplangan.
Mualliflarning tahkidlashlaricha, Namangan viloyatining tuprog'i hilma-xil bo'lib, Sirdaryo sohilidan tog' yon-bag'irlarigacha o'zgarib boradi. Daryolar sohillaridan boshlab, uning yuqori (400 m) terrasalarida (ko'hna qayir) o'tloqi, o'tloqi-botqoq, turli darajada sho'rlangan sho'rxok tuproqlar mavjud.
Yuqorirokda (400-800m) tekisliklar va soylar yoyilmalarida bo'z va qo'ng'ir, 800-1200 m balandliklarda esa och bo'z, to'k bo'z tuproq va tipik bo'z tuproklar tarkalgan. Ularning tarkibidagi chirindi mikdori 1,5-2,5% ni tashkil etadi. Bo'z tuproqli yerlar deyarli to'la sug'oriladi, u yerlarda mevali daraxtlar, donli, sabzavot va poliz ekinlari yetishtiriladi.
O'simliklar dunyosi. O'zbekiston asosan ikki daryo, yahni Amudaryo va Sirdaryo oralig'ida joylashgan. O'zbekiston florasi o'simliklar dunyosining xibma-xilligi bilan alohida ajralib turadi. Ular cho'l poyasidan boshlab, tog' cho'qqilari va hattoki yaylov mintaqqalarigacha tarqalgan.
Qoraqolpog'istondagi Ustyurt tekisliklarini hisobga olmaganda, u O'rta Osiyoning Turon past tekisligiga kiradi. Turon pasttekisligi iqlimning xarakterli tomoni- uning keskin kontinental-o'zgaruvchanligi bo'lib, asosiy yog'in miqdori yilning ikki faslida–qish va bahorda yog'adi. Yog'in miqdorining yil davomida bunday notekisligi , yozda xaroratning ko'tarilishi gidrometrik rejimning bir xilda bo'lmasligiga olib keladi.
SHunga asoslangan xolda Respublikamiz iqlimini ko'p yillar davomida o'rganib, yer yuzidan ko'tarilgan sari iqlim sharoitining o'zgarib borishini hisobga oldilar va uni quydagi to'rt zonaga arid, ekstra arid, gumid va subnival iqlimlarga bo'linadilar. (Arid- lotincha - quruq yerlardir, ekstra arid- haddan tashqari quruq, o'ta issiq, kam yog'in. Gumid- lotincha xumidus- namlik, seryog'in, Subnival – lotincha sub ostida, nival- seryog'in o'simliklarga boy yerlardir).
Odatda bo'lingan poyasalar mahlum bir taksonomik birlikka asoslangan. Bu birlik to'rt belgi: shu yerning o'simliklar qoplami, tuprog'i, relg'efi va dengiz sathidan balandligi bilan xarakterlanadi.
Respublikamiz maydonining poyasalar bo'yicha taqsimlanishi quyda berilgan (1-jadval).
Poyasalar
|
Ming/ ga
|
%
|
CHo'l
|
27594,8
|
61,16
|
Adir
|
2479,7
|
9,5
|
Tog'
|
961,9
|
2,13
|
Yaylov
|
701,8
|
1,55
|
Ekin ekiladigan yerlar
|
11577,7
|
25,66
|
jami
|
45115,9
|
100
|
Jadvaldan ko'rsatilishicha, O'zbekiston respublikasi maydonining katta qismini cho'l poyasi tashkil qiladi. Aynan respublikamizda ekin maydonlari ana shu cho'llar hisobiga kengayib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |