Metodik ko’rsatma. G’ovdan o’tayotganda ikkala oyoq (ayniqsa depsinuvchi oyoq)ning to’xtovsiz va faol harakat qilishiga e’tibor berish kerak. G’ovgacha yurib yoki yugurib kelish oyoq uchida bajariladi. Qo’llar siltanmay, bir tekis harakat qilishi kerak. Ayniqsa g’ovdan keyin erga tushib, birinchi qadam qo’yayotganda, depsinuvchi oyoq tomondagi qo’lni orkaga keskin yo’naltirish yaramaydi. Oyoq bilan qo’l harakati mos kelishi uchun, oldin g’ovni minib turib, oyoqlar harakatini o’zlashtirib olish, undan keyin esa bunga qo’llar harakatini moslash kerak bo’ladi.
3-vazifa. Yugurib kelib g’ovdan o’tayotganda, gavdani engashtirishni qo’l va oyoqlar to’g’ri harakati bilan bog’lab o’rgatish (baland g’ov osha yugurish uchun).
Do'stlaringiz bilan baham: |