Metodik ko’rsatma. Shug’ullanuvchilar g’ov ustiga o’tayotgan-da gavdani barvaqt engashtirmasliklariga e’tibor berilsin. Yugurib borayotganda gavda «normal engashgan» bo’lib, g’ovdan o’tish uchun depsinish oxirida iloj boricha ko’p engashmoq kerak. Bu mashq bajarishda silkinch oyoq to’g’rilanib, unga teskari tomondagi qo’l odinga uzatiladi. Baland g’ovlarlarda depsinuvchi oyoqni tortayotganda, gavda barvaqt to’g’rilanib ketmasligi uchun, gavdaning engashgan holatini saqlab qoladigan qo’shimcha kuch sarflash kerak bo’ladi. Oyoq uchida yugurishga e’tibor beriladi.
4-vazifa. Startdan birinchi g’ovgacha va g’ovlar orasida talab qilinadigan ritmda yugurishni o’rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |