2.4. Kichik toifali g’ovlar osha yuguruvchilarning mashg’ulotlari
Asosiy vazifalar:
1. Umumiy jismoniy tayyorlik darajasini yaxshilash.
2. G’ovlar osha yugurish talabiga muvofiq yuguruvchining kuchini, egiluvchanligini, tezkorligini va epchilligini oshirish.
3. G’ovlar osha yugurish talabiga muvofiq umumiy va maxsus chidamlilikni oshirish.
4. 100,200 va 400 m ga yugurish tezligini oshirish.
5. Yugurish va g’ovlardan o’tish texnikasini bilib olish.
6. Axloqiy va irodaviy fazilatlar darajasini oshirish.
7. “Tezlikni his etishni” va ko’zda mo’ljal olishni tarbiyalash.
8. Nazariy tayyorgarlik ko’rish.
Yuqori ko’rsatilgan vazifalarni hal etish vositalari, mashg’ulot taxminiy dozalari va rejalashtirish yillik tenirovka rejaida berilgan.
Tayyorlov davrida haftasiga har biri 1,5-2 soatdan 4 ta mashg’ulot o’tkazish ko’zda tutiladi. Dastlabki ikki oyda mashg’ulotlarning bir qismi zalda o’tkazilib, bunday mashg’ulotlar tobora kamaya boradi va tayyorlov davrining oxirida barcha mashg’ulotlar ochiq havoda o’tkaziladi.
Dastlabki oylarda kuchni, egiluvchanikni va umumiy chidamlilikni oshirishga ko’proq e’tibor beriladi. Yugurish tezligi asosan zalda va manejda o’tkaziladigan mashg’ulotlarda takomillashtiriladi. Sakrovchanlikni oshirishga katta ahamiyat beriladi, bu g’ovlardan va suv to’ldirilgan chuqurlardan o’ta olish uchun kerak bo’ladi.
G’ovlar osha yuguruvchilar uzoq masofalarga yuguruvchilvr bajaradigan katta ishdan tashqari, g’ovlardan o’tish texnikasi bilib olishga ham ko’p vaqt beradilar.
Bu davrning boshida kross tekisroq joylarda, keyinchalik esa past-baland joylarda ko’proq o’tkaziladi.
Mashg’ulotlar jadalligi astag’sekin oshirib boriladi. Bahorda barcha mashg’ulotlar ochiq havoda o’tkaziladi (mashg’ulot mashg’ulotlarining ko’pchilik qismini o’rmonda, bog’larda o’tkazgan ma’qul). Mashg’ulotning bahorgi bosqichida mashg’ulot vositalarining hajmi asta-sekin kamayadi, ammo yugurish jadalligi oshadi (takroriy va o’zgaruvchan metod bilan).
Shuningdek, kontrol yugurish o’tkazib,yuguruvchining mashq qo’rganlik darajasi aniqlanadi.
Mashg’ulotlar ochiq joyga ko’chgandan keyin, yuguruvchilar har xil g’ovlardan “odimlab”, sakrab ”bosib”, g’ov osharcha odimlab o’tadigan bo’ladilar. Umumiy va maxsus chidamlilikni o’stirish uchun bitta mashg’ulotda yugurib o’tiladigan masofalarning umumiy yig’indisi asosiy masofadan 1,5-2 barobar, hatto undan ham ziyod ortiqroq bo’ladi.
Musobaqalashuv davrida ham mashg’ulotlar haftada 4 marta o’tkaziladi. Yuklamalar hajmi va jadalligi juda yuqori darajada bo’lishi nazarda tutilgan kunlarda.
Tekshiruv mashqlar namunasi:
Do'stlaringiz bilan baham: |