1. Umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasini yaxshilash
2. G’ovlar osha yugurish talabiga muvofiq yuguruvchilar kuchini, egiluvchanligini, tezkorligini va epchilligini oshirish.
3. 100, 200 va 400 m ga yugurish tezligini oshirish.
4. Yugurish va g’ovlardan o’tish texnikasini bilib olish.
5. Axloqiy va idoraviy fazilatlar darajasini oshirish.
6. «Tezlikni his etish» va ko’zda mo’ljal olishni tarbiyalash.
7. Maxsus jismoniy tayyorgarlikni oshirish.
8. Nazariy tayyorgarlik ko’rish.
Yuqorida ko’rsatilgan vazifalarni hal etish vositalari mashg’ulot taxminiy miqdorlari va rejalashtirish yillik tayyorgarlik rejada berilgan.
Tayyorlov davrida haftasiga har biri 1,5-2 soatdan 4 ta mashg’ulot mashg’uloti ko’zga tutiladi. Dastlabki ikki oyda mashg’ulotlarning tobora kamaya boradi va tayyorlov davrining oxirida barcha mashg’ulotlar ochiq havoda o’tkaziladi.
Dastlabki oylarda kuchni, egiluvchanlikni va umumiy chidamlilikni oshirishga ko’proq e’tibor beriladi. Yugurish tezligi asosan zalda va manejda o’tkaziladigan mashg’ulotlarda takomillashtiriladi.
Bahorda barcha mashg’ulotlar ochiq havoda o’tkaziladi. Mashg’ulotning bahorgi bosqichida mashg’ulot vositalarining xajmi asta-sekin kamayadi, ammo yugurish jadalligi oshadi. Shuningdek, nazorat yugurish o’tkazib, yuguruvchining mashq ko’rganlik darajasi aniqlanadi. Mashg’ulotlar ochiq joyga ko’chgandan keyin, yuguruvchilar har xil g’ovlardan odimlab, sakrab, bosib, g’ov osharga odimlab o’tadigan bo’ladilar. Umumiy va maxsus chidamlilikni o’stirish uchun bitta mashg’ulotda yugurib o’tiladigan masofalarining umumiy yig’indisi asosiy masofadan 1,5-2 barobar, hatto undan ham ziyod bo’ladi.
Yuklamalar hajmi va jadalligi juda yuqori darajada bo’lishi nazarda tutilgan kunlardan, mashg’ulot mashg’ulotlarini bir kunda ikki marta o’tkazgan ma’qul. Bundan keyingi kunda mashg’ulot mashg’uloti yuklamasi kamroq bo’lishi kerak. 3-4 xafta og’ir mashg’ulotdan keyin sportchi o’z kuchini to’liq tiklab olishi uchun, bir hafta yengilrok trenrovka qilinadi.
Boshlang’ich mashg’ulotning asosiy vazifalari va undagi ko’pgina ko’rsatmalar yuqori darajali sportchilar uchun ham taalluqlidir. G’ovlardan oshish texnikasini takomillashtirayotganda yugurishning yuqori tezligini saqlab qolishga intilish ayniqsa, muhim.
Musobaqaga bir hafta qolganda mashg’ulot tartibini aniqlash, ma’lum bir harakat qilinadigan bo’lish, masofada yugurishning bir qancha taktik variantlarini, marraga kelishni uzoqdan yoki yaqinroqdan boshlab tekshirib ko’rish zarur. Yuguruvchilar har kuni ertalab badan qizitish uchun yurish va yugurishdan umumiy rivojlantiruvchi mashqlardan va yuguruvchi bilan g’ov osharning maxsus mashqlardan iborat ixtisoslashgan «badan qizdirish» qiladi. Ixtisoslashgan «badan qizdirish» ga sakrash mashqlari ham kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |