Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport


Kichik toifali g’ovlar osha yugurchilar mashg’ulotining xususiyatlari



Download 6,57 Mb.
bet44/54
Sana01.02.2022
Hajmi6,57 Mb.
#421148
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54
Bog'liq
G’ovlar osha yugurish texnikasi asoslari

2.2. Kichik toifali g’ovlar osha yugurchilar mashg’ulotining xususiyatlari

Mashg’ulotning asosiy vazifalari:


1. G’ovlar osha yugurish texnikasini egallash.
2. Qisqa masofali tekis yugurishda tezlikni va texnikani oshirish.
3. Umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish.
4. Maxsus jismoniy tayyorlikka erishish: muskullar kuchi va elastikligini, harakatdagi tezkorlikni, bo’g’imlar harakatchanligini, maxsus chidamlilikni rivojlantirish.
5.Turli xil tezlikda yugurayotganda g’ovdan dadil o’tish va g’ov osharda zarur boshqa irodaviy fazilatlarni tarbiyalash.
6.Yengil atletikaning boshqa turlari, ayniqsa uzunlikka va uch xatlab sakrash oddiy texnikasini bilib olish.
7. Nazariy tayyorgarlik ko’rish.
Ko’rsatilgan vazifalarni hal etish vositalari va dozalar g’ov oshar boshlang’ich mashg’ulotsining yillik rejasi namunasida ko’rsatilgan Bu rejada haftada 4 marta mashg’ulot, bir yilda esa 140- 160 mashg’ulot o’tkazish nazarda tutilgan. Bir yilgi musobaqalar miqdori taxminan quyidagicha: sprintcha yugurishda-10, uzunlikka va uch hatlab sakrashda-8 va g’ovlar osha yugurishda-10 marta.
Kichik toifali sportchilar mashg’ulotsida g’ovlar osha yugurish texnikasini egallashga alohida e’tibor beriladi.
Tayyorlov davridagi mashg’ulotning birinchi oylarida max­sus va umumiy jismoniy tayyorlik darajasini anchagina oshirishga yordam beruvchi mashqlar g’ov osharning maxsus mashqlari maxsus sprintcha va sakrash mashqlari ko’proq qo’llaniladi. Maxsus mashqlarning to’g’ri bajarilishiga yaxshiroq e’tibor berilsa, bu g’ovlar osha yugurish texnikasini puxtaroq bilib olishga yordam beradi.
Gimnastika snaryadlari g’ovdan o’tish texnikasini egallash uchun zarur dadillikni oshirishga yordam beruvchi mashqlarni-oyoqni turli tomonlarga o’tkazish, sakrab tushish va boshqa elementlarni ko’proq bajarish kerak. Agarda yopiq binoda sharoit bo’lsa, qisqartirilgan masofada 2-3 g’ov ustidan yugurib o’tishni mashq qilish kerak.
Mashg’ulot tayyorlov davri kuzgi-qishki bosqichining ikkinchi yarmi ko’proq maxsuslashtiriladi: g’ov osha va g’ovsiz maxsus mashqlar qilish, past startdan g’ov osha va tekis yugu­rish, bir nechta g’ov osha yugurish, sprintcha tayyorgarlikka katta e’tibor beriladi. Shu bilan birga avvalgidek g’ov osharning, umumiy jismoniy tayyorlik darajasini yaxshilash ham davom ettiriladi.
Bahorgi tayyorlov bosqichidagi mashg’ulotlar stadionda, sport maydoncha-larida, bog’da yoki o’rmonda o’tkaziladi. Bu bosqichda g’ov osharning maxsus tayyorgarligiga-tezkorlik-kuchlilik fazilatini oshirish, g’ovdan o’tish texnikasini yaxshilash, sprintcha tezligini va harakatdagi tezkorligini oshirishga-asosiy e’tibor beriladi. Jismoniy tayyorlik darajasini yaxshilashni ham unutmaslik kerak.
Tayyorlov davridagi mashg’ulot kirish va tayyorlov qismidan (razminka) iborat bo’lishi kerak. Bunga g’ov oshar va sprintchining maxsus mashqlari, g’ovlar osha yugurishni o’rgatish va g’ov osharga kerakli kuch va maxsus fazilatlarni oshirish uchun, snaryadlar bilan va snaryadlarda mashqlar bajarish kiradi. Mashg’ulot oxirida kamroq tezlikda yugurish hamda muskullarda elastiklikni va bo’g’imlardagi harakatchan-likni oshiruvchi mashqlar bajariladi.
Ilk musobaqalashuv bosqichidagi mashg’ulotlarga yaqinlashgan sari sprintcha yugurish va g’ovlarni ko’paytirib g’ovlar osha yugurish (110, 80, 200 m ga- 7-8 tagacha 400 m ga - 6 tagacha) mashqlari ko’paya boradi. Avvalgidek oyoq muskullarini, ayniqsa oyoq tagi muskullarini kuchaytirishga ko’p e’tibor beriladi.
Yuguruvchi stadionga chiqqanda, 80, 110, 200 m masofaga g’ovlar osha yugurib, o’zini sinab ko’rishi kerak.
Musobaqalashuv davrida g’ov osharning asosiy e’tibori musobaqalarga maxsus tayyorgarlikka qaratiladi. Shu bilan birga g’ovlar osha yugurish texnikasini yaxshilashga, umumiy va max­sus jismoniy tayyorlik darajasini oshirishga e’tibor berila­di.
Mashg’ulotning bir yillik rejaida ko’rsatilgan boshqa vazifalar ham hal etiladi.
Mashg’ulotlar odatda razminkadan boshlanadi. Yugurish-lardan keyin, g’ovlar osha yugurish texnikasini takomillashtirish va g’ovlar osha yugurishdan mashg’ulot qilishga mo’ljallangan maxsus va (sprpintcha mashqlar, shuningdek, jismoniy tayyorlik darajasini saqlab qoladigan mashqlar o’tkaziladi.
Musobaqalashuv davrida g’ovlar osha yugurish masofalarini (ayniqsa 200 va 400 m masofani) asosan faqat musobaqalarda yugurib o’tish kerak.
Mashg’ulot mashg’ulotlari, ayniqsa dastlabki 2-3 oyda 1,5-2,5 soat davom etishi kerak.
Yuklamalar hajmi va jadalligi endi boshlanayotgan g’ov osharlar kuchiga munosib bo’lishi kerak. Ish hajmi tez oshiriladigan bo’lsa, silkinish oyoq suyak pardasi yallig’lanib ketishi mumkin. Mashg’ulot yuklamasini yuguruvchi kelasi mashg’ulotgacha kuchini tiklay oladigan qilib belgilash lozim. Albatta, qaysilar vazifani hal etish uchun yillik rejada ko’rsatilgan vositalarning hammasini bir mashg’ulotda ishlatib bo’lmaydi.
Rejaning “o’rtacha dozalar” xonasida bo’laklarning 200-400 m ga mashg’ulot qilish hisobidagi eng ko’p uzunligi ko’rsatilgan (masalan, 200 m gacha; 30 min. gacha; 200 martagacha va boshqa.) Boshqa masofalar uchun dozani bir qancha kamaytirish kerak. Bu xonada uchta raqam yozilgan bo’lsa, ular turgan joylari tartibida 80-100, 110, 200-400 m masofalarga taalluqli deb tushunmoq kerak (masalan, 15, 20, 25 min, yoki 3,5,8 marta va sh.k.).
Sportchi mashg’ulotdan tashqari har kuni ertalab zaryadka (30minutgacha) qilishi kerak. Unga jismoniy taraqqiyotni yaxshilashga hamda g’ovlar osha yugurish texnikasini takomillashtirishga qaratilgan mashqlar kiritiladi. Shu maqsadda g’ov osharlarning maxsus mashqlari keng qo’llaniladi.



Download 6,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish