F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”


 Aksyelyerasiyaning gigiyenik muammolari



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

 

6.3. Aksyelyerasiyaning gigiyenik muammolari 

 

Hozirgi  zamon  odamlar  populyatsiyasi  jismoniy  rivojlanish  ko’rsatkichlarini 



avvalgi avlodga nisbatan ancha yuqoriligiga e’tiborni qaratganlar. Hozirgi avlodda 

avvalgi avlodga nisbatan jismoniy rivojlanishni tezroq rivojlaninishi va uni yuqori 

ko’rsatkichlarini tavsiflovchi jarayon «Akseleratsiya»ni kuzatdilar.  

 

Akseleratsiya



 

–  lotincha  so’zdan  olingan  bo’lib,  bolaning  o’sish  va 

rivojlanishini tezlashishi degan ma’noni anglatadi. Bu nemis olimi Kex tomonidan 

qo’llanilgan.  U  izlanishlari  natijasi  maktab  yoshidagi  bolalar  tana  vazni  va  tana 

uzunligi ko’rsatkichlariga binoan 1921 yilgi bolalar, 1980 yilgacha nisbatan 1 yilga 

ilgarilab  ketganlar,  oxirgi  yillar    davomida  shunday  ma’lumotlar  A.Zeltser 

tomonidan  ham  olingan.  Uning  ma’lumotlariga  binoan  Shimoliy  Amerika, 

Angliya,  Shvetsiya,  Polshada  5  yoshdan  7  yoshgacha  bo’lgan  bolalarning  bo’y 

o’sishi  jadallashib  1,5-2  sm  gacha  oshgan,  bunday  o’sishni  jadallashuvi  (Eron, 

Norvegiya,  Shotlandiyada  va  bkasalligi  bo’lishiga  qaramay  kam  kasal  bo’ladigan 

hamda yuqori ish qobiliyatiga ega bolalar



 

270 


 

O’zbekistonda  bolalar  va  o’smirlarning  jismoniy  rivojlanganligini  dastlabki 

tekshirish  ishlari  25  yil  davomida  (1925-1950)  prof.  Shirokov-Divaev  V.P. 

keyinchalik  Mirzamuhamedov  M.A.,  Ismailov  M.N.  tomonidan  olib  borilgan.  Bu 

ishlarning  natijasida  bolalarning  jismoniy  rivojlanganligiga  hayotning  ijtimoiy-

gigiyenik omillari, ovqatlanishini ta’siri borligi aniqlandi. 

O’zbekistonda  birinchi  marotaba  bolalar  jismoniy  rivojlanganining 

akseleratsiya  belgilari  Shirokova  -.Divaeva  V.P.,  Ushnurtseva  O.,  Ismoilov  M.N. 

lar  tomonidan  qayd  etilgan.  XX  asrning  30  inchi  yillaridan  boshlab  akseleratsiya 

muammosini  morfologik,  funktsional,  ruhiy,  genetik  va  boshqa  nuqtai  nazardan 

yoritila boshlandi. 

Akseleratsiya  belgilari  yosh  bolalarda  dastavval  sut  tishlarining  muddatidan 

ilgariroq  chiqishidan  boshlanadi,  keyin  doimiy  tishlarni  muddatidan  bir  yil  oldin 

chiqishi  bilan  namoyon  bo’ladi,  shuningdek,  skelet  suyaqlarini  suyaqlanishini 

tezlashishi kuzatiladi.  

Bolalar  yoshi  kattalashgani  sari  akseleratsiya  jadallashib  boradi,  pubertat 

davrida  akseleratsiya  eng  maksimal  holatga  yetadi.  Tannerning  ma’lumotiga 

binoan, 1880-1960 yillarda har o’n yillikda 5-7 yoshli bolalarning bo’y uzunligiga 

o’rtacha 1,5 sm dan qo’shilgan, vazni 0,5 kg, 13-15 yoshli bolalarda bo’yi 2,5 sm 

va vazni 2 kg ortgan. 

1925-1990  yillarda  olib  borilgan  bolalarimizning  jismoniy  rivojlanganligini 

ko’p  sonli  tekshirish  ishlari  turli  millatli  bolalarimiz  orasida  akseleratsiya 

jarayonlarini kechishi bir-biriga o’xshash ekanligidan dalolat beradi (6.3.1-jadval). 

6.3.1-jadval 

13 yoshli turli millatga mansub bo’lgan o’g’il bolalarni bo’yini o’sishi  

(1925-1990 yillar) 

Millati 

Tekshirish yillari 

Tana uzunligi sm 

Tana  uzunligining 

o’sishi sm 

O’zbeklar  

1928, 1968, 1990 

137,8, 


 

147,4,  


149,1 

9,6     9,6     10,3 

Tatarlar 

1928, 1964 

133,4    146,0 

12,6 



 

271 


 

Komi 


1927, 1967 

137,2      149,4 

12,2 

Ruslar 


1925, 1965 

141,2   152,8 

11,6   11,6 

 

17 yoshli o’spirinlar 



 

                                      1970y               1980                  1990 

Morfologik va funktsional akseleratsiyalar farqlanadi 

a)  Morfologik  akseleratsiya  ona  qornidagi  davridan  boshlanadi.  Oxirgi  30-40  yil 

ichida  homila  va  chaqaloqlarning  vazni  0,5  kg  gacha  va  tana  uzunligi  esa  1,5  sm 

gacha,  bosh  o’lchamlari  ham  ortgan,  demak  chaqaloqlar  yiriklasha  boshladilar. 

O’zbekistonda  ham  chaqaloqlarning  vazni  va  bo’y  uzunligi  orta  boshladi. 

(M.A.Mirzamuhamedov,  N.M.Maxmudova  va  b.  1973).  Akseleratsiya  tishlarning 

yorib  chiqish  davrini  qisqarishi  va  skeletni  suyaqlanishini  1-2  yil  oldin  sodir 

bo’lishi,  bolalarni  panja  suyaqlarini  suyaqlanishini  1-7  yoshda  sodir  bo’lishi. 

Hamma  yoshdagi  bolalar  va  o’smirlarning  tana  o’lchamlarining  kattalashganini 

kuzatiladi,  yoshga  binoan  jinsiy  tafovuti  tezlashadi,  jinsiy  rivojlanish  va  tana 

qismlarining  tez  rivojlanishi  (baland  bo’ylik,  keng  yelkalik)  kuzatiladi. 

Akseleratsiya  o’sish  va  rivojlanishning  balog’at  yoshiga  yetishdan  oldin  (11-12 

yosh) davrida yaqqol ko’zga tashlanadi. 

b)  Funktsional  akseleratsiya.  Hozirgi  zamon  bolalarida  funktsional  rivojlanish 

kuzatiladi,  bunga  jinsiy,  aqliy  va  ruhiy  yetilishlar  kiradi.  Qizlarning  jinsiy 

rivojlanganligining  birinchi  belgilari  –  hayz  ko’rish,  ko’krak  bezlarining 




 

272 


 

kattalashuvi,  qo’ltiq  ostida,  qorin  pastki  sohasida  tuklarning  o’sishi  muddatidan 

oldinroq  sodir  bo’ladi.  Qadimgi  Rimda  va  Italiyada  hayz  ko’rish  –  14  yoshdan 

boshlangan.  Yevropada  -15  yoshdan,  shimol  tomondagi  davlatlarda  –  16-17 

yoshdan. 

Ruhiyatning  rivojlanishi  va  tarbiyalanishi  o’qish  va  tarbiyalash  jarayonida  sodir 

bo’ladi, keyingi davrgacha davom etgan, hozirgi vaqtda esa akseleratsiya jarayoni 

munosabati bilan oldingi surilgan. 

 

Shu  bilan  birga  akseleratsiyani  ikki  turi  tafovut  etiladi:  epoxal  va 



ichkipopulyatsion.  Epoxal  akseleratsiya  hamma  avlodni  qamrab  oladi, 

ichkipopulyatsion  akseleratsiya  esa  bir  populyatsiyaning  taxminan  20%  gina 

xosdir. 

Akseleratsiyani 50 ga yaqin sabab va nazariyalari mavjud, ya’ni masalan: 

-  Iqlim  –  geliogen  nazariyasi  (Kax  Mayter,  Mius).  Akseleratsiyani  iqlimga 

bog’liqligi, ya’ni o’sishni tezlashuvi yer sharining janubiy kengliklarida yashovchi 

bolalarga  tegishlidir.  Lekin  akseleratsiya  haqidagi  geliogen  nazariyasini  ba’zi  bir 

olimlar rad etishadi, chunki shimolda yashovchi bolalarda ham janubda yashovchi 

bolalardagi  singari  akseleratsiya  kuzatiladi.  Kosmosdan  keladigan  ionlashtiruvchi 

radiatsiyaning  mikrodozasi  hayvonat  dunyosining  to’qima  va  hujayralaridagi 

hayotiy  jarayonlarni  tezlashtiradi.  Elektromagnit  to’lqinlari  tana  hujayra  va 

to’qimalarning ta’sirlaydi, natijada o’sish va rivojlanish tezlashadi (Trautenberg). 

- Ovqatlanish tarkibi va sifatiga bog’liq bo’lgan nazariya yoki alimentar nazariya. 

A.Pokrovskiy,  Dekastro,  M.N.Ismoilov  va  boshqalar.  Tekshirishlar  natijasida 

aniqlanishicha  urushlar  bo’lgan  davrlarda  bolalarning  rivojlanishi  ancha  orqada 

qolgan,  chunki  bu  davrlarda  bolalar  ba’zi  bir  oziq-ovqat  mahsulotlari,  ayniqsa 

hayvon  mahsulotlari  bilan  yetarli  taminlanmaganlar,  bunday  holat  Afrika,  Osiyo 

mamlakatlarida  ham  kuzatilgan.  Akseleratsiyani  rivojlanishi  ovqatlanishni 

yaxshilashga  bog’liq  bo’ladi,  degan  fikr  mavjud.  Ba’zi  bir  tekshiruvlar 

akseleratsiyaning  asosiy  sababi  vitaminlarni  ko’p  iste’mol  qilish,  ayniqsa  vitamin 

«D»  va  ultrabinafsha  nurlarining  organizmga  ta’sirini  ko’payishidan  deb 



 

273 


 

hisoblashadi.  Lekin  bu  nazariyalar  akseleratsiyaning  sababi  degan  savolga  to’liq 

javob  bo’la  olmaydi,  chunki  iqtisod  jihatdan  kam  rivojlangan,  bolalar  taomida 

oqsil,  yog’  va  vitaminlar  kam  bo’lgan  mamlakatlarda  ham  akseleratsiya 

kuzatilmoqda.  Bizning  olimlarimizning  fikricha  akseleratsiyaning  rivojlanishida 

hayvon  oqsilini,  sut  va  sut  mahsulotlarining  ahamiyati  katta  (qaerda  shu 

mahsulotlar  ko’p,  yetarli  bo’lsa  shunchalik  o’sish  va  rivojlanish  yuqori  bo’ladi). 

G.M.Maxkamov,  N.A.Romanchenko,  A.Shomaxmudovlarning  ta’kidlashlaricha 

muvozanatlashgan  taom  bilan  ta’minlanganda,  sport  bilan  shug’ullanuvchi 

bolalarda  jismoniy rivojlanganligi yaxshi bo’ladi. 

-  Urbanizatsiya  ta’siri  nazariyasi,  ya’ni  shahar  hayoti  (yashash  sharoitlari, 

televizor, radio, kino) va jismoniy tarbiya (sport) bilan shug’ullanish, bu nazariya 

tarafdorlari Berxold va Pexter (GDR). Ko’pchilik tekshiruvchilarning fikricha sport 

bilan  shug’ullanuvchi  o’quvchilar  o’zlarining  o’sish  va  rivojlanishi  darajalarini 

yuqoriligi  bilan,  sport  bilan  shug’ullanmaydigan  o’zlarining  tengdoshlaridan 

keskin farq qiladilar. 

-  Genetik  nazariyasi:  bu  nazariya  tarafdorlari:  Vlastovskiy,  Angliyani  –  Landaer, 

frantsiyalik  –  Sel  kabi  olimlar.  Antropolog  olim  Bunak  armiyaga  chaqirilgan 

bolalarni  tekshirish  natijasida  quyidagilarni  aniqladi.  Akseleratsiyani  faqatgina 

moliyaviy  turmush  sharoiti  emas,  balki  genetik  jarayonlar  ham  o’zgartirar  ekan. 

Frantsuz olim  Seleni  tekshirishlarini natijasi shuni  ko’rsatadiki  –  genlar bir-biriga 

mos  kelgan  egizaqlar  bo’yi  va  vazni  bo’yicha  bir  xil  yuqori  ko’rsatkichlarga  ega 

bo’ladi.  Turli  tuxumli  egizaqlar  sharoit  yaxshi  bo’lishiga  qaramay  turlicha 

rivojlanishiga ega bo’ladi. 

 

Bulardan xulosa qilib aytganda, akseleratsiya jarayonini ko’p omilliligidan 



darak  beradi  va  hech  biri  alohida  akseleratsiya  sababini  to’liq  bera  olmaydi. 

Ko’pchilik  tadqiqotchilarning  fikricha  aholini  ijtimoiy  gigiyenik  yashash 

sharoitlarini yaxshilanishinida deb ta’kidlaydilar. 



 

274 


 

 

Akseleratsiyani  faqat  unga  ijobiy  deb  qarab  bo’lmaydi;  xususan, 



akseleratsiya bilan bir qatorda revmatizm, uzoqni ko’ra olmaslik, qandli diabet va 

boshqa kasalliklarni “yosharishi” ham kuzatilmoqda. 

 

Akseleratsiya  qator  umumbiologik  va  gigiyenik  muammolarni  yuzaga 



kelishiga olib keldi: 

-  bolalar  va  o’smirlarni  jismoniy  rivojlanishi  va  salomatlik  holatining  nazoratini 

mukammallashtirish.  Xususan  jismoniy  rivojlanish  standartini  muntazam  ko’rib 

chiqish (har besh yilda 1 marotaba) 

-  fiziologik  ko’rsatkichlarni  hisobga  olgan  holda  jismoniy  yuklama  reglamentini 

qayta ko’rib chiqish zaruriyati  

-jinsiy tarbiya borasida ishlar olib borish zaruriyati 

-mebel, kiyim, oyoq kiyimlarga standartlarni qayta ko’rib chiqish zaruriyati.  




Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish