255
6-BOB
BOLALAR VA O’SMIRLAR GIGIYENASI
Bolalar va o’smirlar gigiyenasi — profilaktik yo’nalish sohasi bo’lib,
bolalarni yashash va hayot faoliyati sharoitlarini o’sib kelayotgan organizmning
funktsional holati, jismoniy rivojlanishi, salomatligiga ta’sirini o’rganuvchi,
bolalar va o’smirlar salomatligini saqlash va mustahkamlash, yaxshi
rivojlanishinini ta’minlovchi sharoitlarni yaratishga yo’naltirilgan ilmiy asoslar
va amaliy tadbirlar ishlab chiquvchi fandir.U o’sayotgan organizmga ko’p xilli
atrof muhit omillari ta’sirini har tomonlama va chuqur o’rganadi.Bolalar va
o’smirlar gigiyenasining asosiy muammolari o’smirlarni o’qitish, tarbiyalash
gigiyenasi, mehnat gigiyenasi, bolalar va o’smirlar muassasalari gigiyenasi,
jismoniy tarbiya gigiyenasi, bolalar va o’smirlar salomatligini o’rganish va
korrektsiya qilish hisoblanadi. Bolalar va o’smirlar gigiyenasi o’qitish va
tarbiyalash sharoitlariga ilmiy asoslangan sanitariya gigiyenik talablar asosida
o’sib kelayotgan avlodni salomatligini muhofazalash va mustahkamlash
vazifalarini hal qiladi. Patologik holatning ko’p shakllari atrof muhitning nobop
omillari ta’sirida bolalik yoshlarida rivojlanadi. Masalan, ateroskleroz, qandli
diabet va ayniqsa hafaxonlik kasalligi bolalik yoshidan boshlanishi kuzatiladi.
O’tgan yuz yil avval o’qitish sharoitlari bilan bog’liq maktab kasalliklari
degan tushuncha tarqalgan. Maktab kasalliklariga shunday kasalliklar va
patologik holatlar kiritilganki, qaysiki o’quvchilar orasida keng tarqalgan bo’lib,
uchrash chastotasi kichik sinflardan katta sinflarga oshib borish qonuniyati
aniqlangan (uzoqni ko’ra olmaslik, qaddi qomatni buzilishi, nevrasteniya,
anemiya va b.). Bu avval maktab gigiyenasi deb nomlangan kelgusida esa
bolalar va o’smirlar gigiyenasi deb nomlangan gigiyenik fanning sohasini ajralib
chiqishiga asos bo’lib xizmat qildi.
O’tgan yuz yil oxirida F.F. Erisman Peterburgda o’quvchilarni tekshiruvdan
o’tkazganda 7 sinf o’quvchilarida 42,8% uzoqni ko’ra olmaslikni aniqladi.
Shuningdek uzoqni ko’ra olmaslik atrof muhit sharoitlariga va ko’rish bilan
256
bog’liq ishlarni bajarishda toliqish bilan, ayniqsa jihozlarni noto’g’ri
tanlanganda, gigiyenik talablarga javob bermaydigan sharoitda uy vazifalarni
bajarishga ham bog’liq. Bolalar va o’smirlarda yoshi katta bo’lgan sari surunkali
kasalliklar ortib borishi kuzatiladi. Bular asab tizimi va sezgi a’zolari
kasalliklari, ovqat va modda almashinuvi buzilishlari, nafas olish, qon aylanish,
ovqat hazm qilish, siydik tanosil a’zolari patologiyalari va boshqalar. Bu
kasalliklar yoshlik davrida shakllanib kelgusida mehnatga layoqatsizlik,
nogironlik va o’limni yetakchi sababchilariga aylanishi kuzatilishi mumkin.
Shuning uchun atrof muhit, bolalar va o’smirlarni kun tartibi, ularni
ovqatlanishi, harakat faolligi va chiniqtirish tadbirlarini qo’llash ustidan
gigiyenik nazoratni rolini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Qaddi qomatni buzilishi va umurtqa pog’onasini qiyshayishi odatda maktab
jihozini bolani bo’yiga mos kelmasligi yoki dars vaqtida bolani partaga va uyda
bolani uy vazifasini bajarishida to’g’ri o’tirishini pedagog va ota onalar
tomonidan nazorat qilinmasligi sabab bo’lishi mumkin.
Asab tomonidan buzilishlar, ularni boshlang’ich bosqichida davolash juda
muhim hisoblanadi; ko’p hollarda ularni kelib chiqishi dars berilishini noto’g’ri
yo’lga qo’yilishidan deb tushuntiriladi. Kun tartibiga qo’yilgan gigiyenik
talablarni bajarilmasligi, yil, hafta va o’quv kuni davomida mashg’ulotlar o’quv
jadvalini maqsadga muvofiq holda tuzilmasligi, o’quv dasturi yuklamasini ortib
ketishi o’quvchilarni toliqishiga olib kelishi mumkin. Ayrim yuqori sinf
o’quvchilarida arterial qon bosimini oshishini ham o’quv mashg’ulotlar o’quv
yuklamasini oshishi bilan bog’lash mumkin. Surunkali tonzillit nafas a’zosi
kasalligi hisoblanadi. Surunkali tonzillit kelib chiqishida o’tkir respirator
infektsiya asosiy o’rin tutadi, ayniqsa tez-tez qaytalansa (yil davomida 4
marotaba va undan ko’p).
Bunday hollarda murtaqlarni surunkali yallig’lanishiga olib keluvchi
mahalliy va umumiy o’zgarishlar yuzaga keladi. Surunkali jarayonni
rivojlanishiga organizmning o’tkazgan yuqumli kasalliklar natijasida umumiy
257
immunoreaktivligini pasayishi, toliqish, vitaminlar yetishmovchiligi va
boshqalar hisoblanadi.
Bolalar organizmini yetarli darajada chiniqmaganligi keskin termik ta’sirlar
va hamda burun halqumning shilliq qavatini nafas olganda havo bilan kiruvchi
kimyoviy moddalar bilan ta’sirlanishi surunkali tonzillit rivojlanishiga olib
keladi.
Shuni qayd etish lozimki, bolalar va o’smirlar kasallanishining umumiy
strukturasidagi burun halqum holati bilan bog’liq revmatik, toksiko-infektsion
kardiopatiyalar, qaysiki bolalar organizmini chiniqtirish bo’yicha ishlarni
kuchaytirilishi zaruriyatini taqozo qiladi.
Semirish kasalligi - bolalarni ham chetlab o’tmagan. Bolalarda semirish –
miqdor va sifat jihatdan noratsional ovqatlanish, kam harakatchanlik, ayniqsa
shahar sharoitidagi bolalar orasida, yetarli bo’lmagan jismoniy yuklama bilan
bog’liq gigiyenik muammo hisoblanadi. To’g’ri jismoniy tarbiya gipokineziyani
profilaktik chorasidir.
Miopiya (uzoqni ko’ra olmaslik) — keng tarqalgan surunkali kasallik bo’lib
kichik sinfdan yuqori sinfga qarab o’sib borishi kuzatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: